Mavzu: Davlat byudjetining shakillanishi. Byudjet daromadlari va xarajatlari. Reja



Download 55 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi55 Kb.
#538113
Bog'liq
Mavzu Davlat byudjeti shakillanishi.byudjet daromadlari va xarajatlari doc


Mavzu: Davlat byudjetining shakillanishi.Byudjet daromadlari va xarajatlari.


Reja:



  1. Davlat byudjetining shakillanishi.




  1. Byudjet daromadlari va xarajatlari.

Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. D.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab D.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi D.b. mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hoz. rivojlangan mamlakatlarda D.b.ning asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da AQShda soliq tushumlari D.b.ning 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim oʻrinda turadi.
Hoz. davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda D.b. daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining D.b. respublika D.b., Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi D.b. 1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun D.b. yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan D.b. qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng D.b.ning shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi D.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da 2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda D.b.ni shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi.
Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi hamda Agrar va suv ho‘jaligi masalalari qo‘mitalari tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi.
Parlament quyi palatasiga kiritilgan 2020 yilga mo‘ljallangan Byudjetnomani tasdiqlashda yangi amaliyot hayotga tatbiq etilmoqda va Oliy Majlis tomonidan birinchi marta Davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinmoqda.
Ya’ni “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini, shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag‘larining shakllanishi, sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tartiblari belgilanmoqda.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, 2020 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 5,5 foiz (2021 yilda 5,8 foiz, 2022 yilda 6,2 foiz) miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 6,5 foiz, qurilishda 9,3 foiz, qishloq xo‘jaligida 4 foiz va xizmatlar sohasida 5,6 foiz ko‘payadi, asosiy kapitalga investitsiyalar 10 foiz, tovarlar va xizmatlar eksporti hamda import 8 foiz o‘sadi.
2020 yilga mo‘ljallangan Byudjet siyosati puxta o‘ylangan fiskal siyosatni amalga oshirishga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosib o‘sishiga va mamlakat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi bilan byudjet mablag‘larini rejalashtirish samaradorligini, ulardan foydalanish natijadorligini oshirishga hamda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Byudjetni rejalashtirishning barqarorligini oshirish maqsadida prognoz yili uchun Davlat byudjeti va keyingi ikki yilga mo‘ljallangan byudjet yo‘nalishlarini tasdiqlash yo‘li bilan o‘rta muddatga mo‘ljallangan byudjetni rejalashtirish taklif qilinmoqda.
2020 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 653,5 trillion so‘mni, Davlat byudjeti daromadlarining tushumi 128,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 19,6 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinib, bu alohida sohalar rivojiga maqsadli xarajatlarni oshirish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni ta’minlaydi.
2020 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 131,1 trillion so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 24 foizga ko‘p bo‘lib, bunda Davlat byudjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. Jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 66 trillion so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 50,3 foizni tashkil etadi. Bunda ushbu xarajatlarning o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 24 foiz ko‘payadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 5,2 trillion so‘m, umumiy ta’limga 20,9 trillion so‘m yo‘naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lar 3,9 trillion so‘mni tashkil etadi.
Sog‘liqni saqlashga 14,8 trillion so‘m, madaniyat va sportni moliyalashtirish uchun 2,3 trillion so‘m, ilm-fanga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensatsiya to‘lovlari uchun xarajatlar o‘tgan yildagiga nisbatan 27 foiz oshgan holda 6,6 trillion so‘mni tashkil etadi.
Umuman olganda, 2020 yilgi Byudjetnomada nazarda tutilgan daromadlarning izchil o‘sishi, soliq siyosatida joriy etilayotgan tub o‘zgarishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasining asosiy yo‘nalishlari deputatlar tomonidan har tomonlama muhokama etildi.
Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishda ta’sirchan jamoatchilik va parlament nazoratini amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjetlarning daromad manbai mustahkamlanishi va ularning mustaqilligi izchil oshirib borilishini hisobga olgan holda, mahalliy vakillik organlari vakolat hamda im
koniyatlaridan oqilona foydalanishi, byudjetga tushumlar to‘liq bo‘lishini ta’minlash ishiga faol qo‘shilishi talab etiladi. Bu borada parlament xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari korpusiga har tomonlama yordam ko‘rsatishi ham ta’kidlab o‘tildi.
Davlat budjetining daromad va xarajatlari Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bos qichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar –  budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daro-madlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluvchi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umum- jamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi.
Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fondining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Yuqorida keltirilgan rasmda (6.3-rasm) biz YAIMning taqsimlanishi va budjet fondining shakllanish jarayonini kuzatgan edik, unga ko‘ra budjet daromadlari jamiyat milliy daromadining bir qismini, shuningdek, aholi shaxsiy daromadlarining bir qismini maj buriy va ixtiyoriy to‘lovlar vo sitasida davlat tomonidan jalb qilish yo‘li bilan taqsimlash va qayta taq simlash mahsulidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda «davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi so liqlardir», degan bizning nazarimizda birmuncha noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‘larni jalb qilish quroli esa soliqlardir. Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish obyekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hamma si davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, budjetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, budjet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomonlama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazinasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ishlatiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatilishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida shaxslarning manfaatlari kesishadi.
Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga  yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi nazarda tutiladi.
Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daromadlari» degan tushuncha bilan «davlat budjeti daromadlari» tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat daromadlari davlat budjeti daromadlari bilan birgalikda, davlatga qarashli maqsadli fondlarning daromadlarini, davlat mulkida bo‘lgan korxona va tashkilotlarning daromadlarini, shu ningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushuvchi daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Davlat budjetining soliqli daromadlari. Bizga ma’lumki, 2007-yilda qabul qilingan (№ O‘RQ-136, 25.12.2007) va 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq munosabatlarining qonuniy-huquqiy asosini tashkil qiladi. Ushbu ko deksning «Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari» nomli 23-moddasiga binoan, Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Soliq kodeksi 1997-yilda qabul qilingan edi.
Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish