1. Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari majmuasi
2. Innovatsion jarayonning ma'muriy-iqtisodiy shakli
3. Sanoat firmalari strategiyasi tadqiqot va ishlanmalarda
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalarning hayotga keng tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va yangilanishida muhim omil sanaladi. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir.
Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish sohasidagi tartibga solish tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi zarur:
belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va ularning funksiyalarini;
boshqaruv funksiyalarini to‘liq amalga oshirishda tartibga solish ob’ekti va axborot beradigan axborot tizimini;
davlat boshqaruv organlarining qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish instrumentlari - davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning asosiy instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo‘ladi, balki davlatning ilmiy imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o‘rtasida byudjet va byudjetdan tashqari resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashni;
innovatsion jarayonlarning sub’ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim etishni (ham innovatsiyalarni amalga oshirayotgan bevosita tadbirkorlarga, ham ularni yoki bu darajada qo‘llab-quvvatlayotgan infratuzilma elementlariga);
iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy texnik axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatlash, statistika, xorijiy tajribani o‘rganuvchi tahliliy markazlar, ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta’minoti infratuzilmasi hamda ular asosida qaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy ti zimlar bilan ta’minlashdan iborat.