1-MARUZA MAVZU: DASTURLASHNING ELEMENTAR TUSHUNCHALARI
Reja: C++da oddiy hisoblash dasturini yozish
Klaviaturadan kiritish orqali o`qitish
Identifikatorlarni o'zgaruvchilar va funksiyalar kabi nom elementlarida qo`llash
Malumotlarni yozishda o`zgaruvchilardan foydalanish
Belgilangan iboralar va ifodalarni ishlatish uchun dastur
O`zgarmaslar uchun const kalit so`zi
Raqamli ma'lumotlar turlarini ishlatib, o'zgaruvchilarni e'lon qilish
Sonlarning butun turlari, haqiqiy turlari va ilmiy birliklar
+, -, *, /, va % lar ishtirokida operatsiyalar bajarish
pow(a, b) funksiyasi yordamida darajaga ko`tarish amali
Kalit sozlar:
algoritm
bo`lish operatori
butun tur
C-stili
dizayn tizimi
haqiqiy nuqtali raqam
haqiqiy tur
identifikator
ifodalash
ifodani belgilash
ikkilik tur
increment kod va test
increment operator
KIN
malumot turi
o`zgarmas
o`zgarmas kalit so`z
o`zgaruvchi
o`zgaruvchi maydoni
o`zgaruvchilarni elon qilish
oddiy tur
operandlar
operator
operatorni belgilash
operatorni taqsimlash
postdekrement
postinkrement
predekrement
preinkrement
psevdokod
qisqa tur
so`zma-so`z
talablar spesifikatsiyasi
tizim tahlili
toshish
toshmagan
UNIX davri
uzun tur
yashirin tur
1. C++da oddiy hisoblash dasturini yozish Key Point. Dastur yozish masalani yechish strategiyasini loyihalashni taqozo etadi va o`sha strategiyani amalga oshirish uchun dasturlash tilidan foydalaniladi. Keling, dastlab oddiy masala doira yuzasini hisoblash masalasini ko`rib chiqamiz. Xo`sh buni bajarish uchun qanday dastur tuzish lozim?
Dastur yozish mos algoritmni loyihalash va uni dastur buyruqlari yoki kodlariga o`tkazishni talab etadi. Algoritm dastur tarkibidagi ko`rsatmalarning qanday harakatlanishi va bajarilish tartiblarini belgilash orqali masalani yechishni tavsiflaydi. Algoritm dasturchiga dasturlash tilida dastur yozishdan oldin uni rejalashtirishda yordam beradi. Algoritmlar tabiiy tilda yoki psevdokodlar (tabiiy tilning bazi dasturlash kodlari bilan kombinatsiyalangan ko`rinishi)orqali tasvirlanadi.
Doira yuzini hisoblash algoritmini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Doira radiusini kiritish;
Doira yuzini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
yuza = radius * radius * π
Yuzani ko`rsatish
Dastur foydalanuvchi tomonidan klaviatura orqali kiritilgan radiusni o`qishi kerak. Bunda ikki muhim bosqich bajariladi:
radiusni o`qish
radiusni dasturga yozish
Keling endi natijani hisoblash jarayonini ko`rib chiqamiz. Radius qiymatini olish uchun uchun dasturda o`zgaruvchi deb nomlanuvchi belgini elon qilish talab etadi.
Kichik o`lchamdagi x va y o`zgaruvchi nomlaridan ko`ra obyektni to`liq tavsiflovchi nomlarni: radius uchun radius nomini, yuza uchun yuza nomini qo`llaymiz. Kompilyator radius va yuza larni tushunishi uchun ularni malumot turlari sifatida ko`rsatish kerak. O`zgaruvchida turli xil malumotlar butun sonmi, haqiqiy sonmi yoki biror bir boshqa malumot turi yozilishi mumkin. Bu o`zgaruvchilarni elon qilish deb tushuniladi. C++ tili butun sonlar, haqiqiy sonlar, belgilar va mantiqiy qiymatlarni tanib olish uchun elementar malumot turlarini qo`llaydi. Bu turlar sodda malumot turlari yoki fundamental turlar deb nom olgan.
radius va yuza ni ikki karra aniqlikdagi (double-precision) nuqtali-haqiqiy sonlar turida elon qilamiz. Dasturda bu quyidagicha ifodalanishi mumkin:
int main()
{
double radius;
double area;
// Step 1: Read in radius
// Step 2: Compute area
// Step 3: Display the area
}
Dastur radius va yuza ni o`zgaruvchi sifatida elon qiladi. Oldindan qabul qilingan double so`zi radius va yuza ni kompyuterga nuqtali-haqiqiy sonlar turi sifatida kiritib yozadi.
Dastlabki qadam foydalanuvchini doira radiusini kiritishga undashdan boshlanadi. Foydalanuvchini qanday qilib qisqacha axborot orqali biror ish bajarishga undashni keyinroq ko`rib chiqamiz. Hozir muhimi, o`zgaruvchini ishlatishni o`rganish. Dasturda yozilgan kod talablariga ko`ra radius ga raqamli qiymat berish mumkin, keyinchalik dasturga foydalanuvchini undovchi axborotni joylashtirish uchun sozlashlar kiritsa bo`ladi.
Keyingi qadam yuza ni hisoblash. Bunda kiritilgan qiymatlar asosida quyidagicha formula bo`yicha hisoblash bajariladi:
yuza=radius * radius * 3.14159 So`nggi qadamda hisoblangan natija (yuza)ni cout << yuza buyrug`idan foydalanib, konsol oynada ko`rsatish amalga oshiriladi.
Dasturning to`1iq qismi 2.1-ro`yxatda keltirilgan.
2.1-ro`yxat. Yuzanihisoblash.cpp
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 double radius;
7 double area;
8
9 // 1-qadam: radius ni o`qish
10 radius = 20;
11
12 // 2-qadam: yuza ni hisoblash
13 area = radius * radius * 3.14159;
14
15 // 3-qadam: yuza ni ko`rsatish
16 cout << "Yuza = " << area << endl;
17
18 return 0;
19 }
Natija:
Yuza = 1256.64
radius va yuza kabi o`zgaruvchilar xotira joyiga o`xshaydi. Har bir o`zgaruvchi o`z nomiga, turiga, o`lchamiga va qiymatiga ega. Dasturning 6-satrida radius double qiymat qabul qila olishi keltirilgan. Qiymat esa biz tomonimizda berilmaguncha qabul qilinmaydi. 10-satrda radiusga 20 qiymat berilgan. Xuddi shunday, 7-satrda yuzaning turi ko`rsatilgan va 13-satrda uning qiymati hisoblangan. Agar 10-satrni izoh satri sifatida belgilasak, dastur kompilyatsiya bo`ladi, lekin kutilgan natija bermaydi. Chunki radius qiymat qabul qilmagan bo`ladi.
Dasturning 16-qatori Doira yuzi satrini, unga o`zgaruvchining qiymatini va ga tengsatrini konsolga chiqaradi. O`zgaruvchi nomi yuza qo`shtirnoqsiz yoziladi. Agar u qo`shtirnoq bilan yozilsa, o`zgaruvchi qiymat emas, balki yuza satrini konsolga chiqarilgan bo`lardi.
Nazorat: 2.1. Quyidagi kodning natijasini yozib ko`rsating:
double yuza = 5.2;
cout << yuza;
cout << yuza;