2.3. Klaviaturadan malumot kiritish Key point. Klaviaturadan malumot kiritish vositasida dastur foydalanuvchisidan malumot qabul qilib olinadi. 2.1. listingdagi dastur radius o`zgaruvchining faqat bitta qiymati (20) uchun ishlaydi. Dasturni boshqa qiymat uchun ishlatmoqchi bo`lsak, uning kodini o`zgartirib, 10-qatorda radius o`zgaruvchiga boshqa qiymat taminlab, dasturni qaytadan kompilyatsiya qilish kerak. Boshlang`ich qiymatning faqatgina bir varianti uchun ishlaydigan dastur yaxshi dastur hisoblanmaydi. Shuning uchun dasturda boshlang`ich malumotlarni klaviaturadan kiritishni yo`lga qo`yish kerak. Buni cin obyektini ishlatish orqali amalga oshirish mumkin.
2.2.- ro`yxat. Konsolga kiritish yuzahisob.cpp 1 #include 2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 // Step 1: Read in radius
7 double radius;
8 cout << "Enter a radius: ";
9 cin >> radius;
10
11 // Step 2: Compute area
12 double area = radius * radius * 3.14159;
13
14 // Step 3: Display the area
15 cout << "The area is " << area << endl;
16
17 return 0;
18 }
Doira radiusini kiriting: 25 Doira yuzi: 19.6349 ga teng
Doira radiusini kiriting: 23 Doira yuzi: 1661,9 ga teng
Dasturning 8-qatorida Doira radusini kiriting: satri konsolga chiqariladi. Uni dastur foydalanuvchisiga berilgan so`rov deyish mumkin. Foydalanuvchini klaviaturadan nimanidir kiritishga undaydi. Yaxshi dastur har doim foydalanuvchiga nima kiritish zarurligini aytib turadi.
Umuman olganda, foydalanuvchi va dastur o`rtasida muloqot o`rnatilishi, yani dastur tomonidan nima kiritilishi zarurligini yoki kiritilgan malumot noto`g`ri bo`lsa, tegishli malumot berilib, qaytadan kiritish holatiga o`tish kabi o`zaro tasirlashuv jarayoni tashkillashtirilishi zamonaviy zamonaviy dasturlashning eng muhim talablaridan biridir.
Dasturning 9-satrida cin obyekti klavituradan qiymat kiritish uchun ishlatilgan:
C++ tilida cin (inglizcha o`qilishi see-out) konsoldan kiritishni ifodalaydi. >> belgisi esa, kiritish oqimidan qymat o`zgaruvchiga taminlanishini bildiradi.
Dastur bajarilayotganda “Radiusni kiriting:” degan yozuv konsolga chiqarilib, so`ng dastur konsoldan qiymat kiritilishini kutish holatiga o`tadi. Foydalanuvchi 2.5 sonini klaviaturadan teradi va Enter tugmasini bosadi. Natijada 2.5 soni radius o`zgaruvchisiga taminlanadi.
cin obyekti klaviaturadan qiymat kiritilib, Enter tugmasi bosilgunga qadar dasturni kutish holatida ushlab turadi. Klaviaturadan kiritilgan belgilardan iborat qiymat avtomatik tarzda o`zgaruvchi turiga o`tkaziladi.