TOKARLIK GURUHIDAGI RDB DASTGOHLARINING XUSUSIYATLARI.
RDB stanoklarni yaratishda ularning yuqori unumli, yuqori darajada aniq, ishlov beradigan va puxta bo`lishiga aloxida e’tibor beriladi. RDB tokarlik stanoklarining ko`pchiligida asosiy, yordamchi, tayyorlanish-yakunlanish vaqtlarini va texnik sabablarga ko`ra to`xtash vaqtlarini qisqartirish xisobiga, shuningdek yaroqli buyumlarning chiqish koeffitsientini oshirish yo`li bilan haqiqiy ish unumini oshirish asosiy yo`nalish qilib olingan.
Zamonaviy RDB tokarlik stanoklarining ish unumini oshirish yo`llaridan biri asosiy vaqt bilan bog`liq bo‘lib, shpindelning aylanish chastotasini pog`onasiz rostlashga imkon beruvchi asosiy harakat yuritmasini qo`llanishdan iborat. Bunday yuritma Pog`onali yuritmalarga xos kamchiliklardan xoli bo`lib, ish unumining oshishini ta’minlaydi. Odatda pog`onali yuritmalarda shpindelning qabul qilingan (haqiqiy) aylanish chastotasi xisoblangan chastotadan kam bo`ladi. Shpindelning aylanish chastotasini pog`onasiz rostlash uchun yuritmada o`zgarmas yoki o`zgaruvchan tokda ishlaydigan rostlanma elektrodvigatellar avtomatik almashib qo`shiladigan ikki, uch yoki to`rt pog`onali tezliklar qutisi bilan birga ishlatiladi.
Misol tariqasida «Duplomatic» (Ispaniya) firmasining birxillashtirilgan revolver kallagi ko‘rsatilgan:
2- rasm. «Duplomatic» firmasi (Ispaniya)da tayyorlagan revolver
kallak.
Bu kallak aylanuvchi asboblar (parma, zenker, razvertka, freza) bilan to‘rt pozitsiyaga, keskichlar bilan esa sakkiz pozitsiyaga ega. Kallak mustaqil uzel bo`lib, unda kallakni burish, shuningdek asbobni ish pozitsiyasida aylantirish yuritmasi bor.
RDB tokarlik stanoklarining tuzilishidagi ikkinchi xususiyat kesish tezligini oshirish yo`li bilan asosiy vaqtni kamaytirishdan iborat. Buning uchun stanoklar ko`p o`rinli revolver kallaklar (yoki keskich tutkichlar) ko‘rinishidagi asboblar magazini, katta sig`imli qo`shimcha magazinlar va yeyilgan asbobni avtomatik almashtirish qurilmalari bilan jixozlanishi lozim. Stanoklar asboblar bilan bu xilda jixozlanganda asbobning chidamliligini pasaytirish xisobiga kesish tezligini oshirish imkoniyati tug`iladi.
RDB tokarlik dastgohining surishlar yuritmasi 3-rasmda ko`rsatilgan. Bu yuritmaga katta momentli elektrodvigatel 1 ga mufta (silfon) 3 yordamida birlashtirilgan dumalanma vint-gaykali uzatma 4 va 5 kiradi. Uzatmani chang va qirindidan muxofazalash uchun burma jild 7 dan foydalaniladi. Uzatmada taranglik xosil qilish uchun gaykaning ikkala yarmini bir-biriga nisbatan burish va ularni o`zlarining yon tomonlaridagi tishlar vositasida maxkamlab qo`yish kerak.
3- rasm. RDB tokarlik dastgohining surishlar yuritmasi.
1 - katta momentli elektrodvigatel; 2 - kronshteyn; 3 - birlashtirish muftasi (silfon); 4 - vint; 5 - gayka bilan zoldirlar; 6 - support;
7 - ximoyalovchi burma jild.
RDB stanoklarni asboblar magazini bilan jixozlash xam yordamchi vaqtni kamaytirishga qaratilgan. Qurilmalarning tez ishlashi tufayli asboblarni almashtirish vaqti jiddiy qisqaradi. Bundan tashqari, magazinlarning sig`imi kattalashishi bilan detalga bir stanokning o`zida to`liq, ishlov berish imkoniyati paydo bo`ldi, bu esa detalni qayta o`rnatishga sarflanadigan vaqtni tejab qolishga va uni bir operatsiyadan ikkinchisiga tashib keltirish vaqtni qisqartirishga imkon beradi.
RDB stanoklarning unumdorligini oshirishning ustuvor yo`nalishlaridan biri stanoklarning texnik sabablarga ko`ra xususiy bekor turib qolish vaqtini qisqartirishdan iborat. Bunga RDB stanoklarni ularga texnik xizmat ko‘rsatishga mo`ljallangan turli avtomatlashtirilgan qurilmalar: qirindilarni yig`ishtirish, ishlatilgan asbobni almashtirish (yuqorida bayon etilganlarga qarang), ishqalanuvchi sirtlarni moylash qurilmalari va boshqa jixozlash orqali erishiladi.
Qirindi yig`ishtirish muhim, lekin murakkab vazifadir. Faqat qirindini yig`ishtirishning o`zi emas, balki uni moylash-sovitish suyuqligidan va boshqa chiqindilardan tozalash xam lozim bo`ladi. RDB stanoklarda qirindini yig`ishtirish uchun turli konveyerlar: po`lat yoki rezinalangan tasmali, kirgichli, tikanli, tebranma, shnekli konveyerlar ishlatiladi
Tasmali konveyerlar yuqori unumli bo`ladi va chiqindini katta masofaga tashishga imkon beradi. Bu konveyerlar oddiy tuzilgan, shovqinsiz ishlaydigan va tejamli bo`ladi. Ularning kamchiliklari shundan iboratki, tasma tez yeyiladi va qirindining bir qismi tasmaning salt tarmog`iga yopishib, ishdan chiqadi.
Kirgichli konveyerlar asosan cho‘yan, jez va boshqalardan chiqadigan mayda qirindilarni tashishda ishlatiladi. Bu konveyerlar ikki xil yasaladi: kirgichlar bilan jixozlangan cheksiz tasma yoki qaytma-ilgarilanma harakatlanuvchi kirgichlar bilan jihozlangan shtanga 2 ko`rinishda bo`ladi. Bunday konveyerlar ancha nishab xolatda xam qirindi tashishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |