Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Oksidlanish –qaytarilish reraksiya tenglamalarini tuzish.
haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy.
Darsning usuli: Tushuntirish. Masalalar yechish
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
Bir xil molekuladagi, oraliq oksidlanish darajasidagi atomning bir qismi yuqoriroq, ikkinchi qismi esa quyi, oksidlanish darajasiga o'tishi bilan boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari disproportsiyalanish reaksiyalari deyiladi.1-misol: Har qanday birikmada shu birikma tarkibiga kiruvchi elementlarningoksidlanish darajalarini yig‘indisi nolga tengligini bilganholda, formulalari KMnO4 va K2Cr2O7 bo‘lgan birikmalardagi marganets va xromning oksidlanish darajalarini aniqlang.Yechish: Har qaysi modda tarkibiga kiruvchi elementlarning oksidlanish darajalarining yig‘indisi nolga teng.Kaliyning oksidlanish darajasi doimo +1 ga
eng.Kislorodning oksidlanish darajasi bu birikmalarda -2 ga teng.Marganets va xromning oksidlanish darajasi noma’lum. KMnO4 da +1+x+(-2)・4=0 +1+x-8=0 dan x=+8-1=+7
Demak, KMnO4 da Mn ning oksidlanish darajasi +7 ga teng.
K2Cr2O7 da +2+2x+(-2)∙7=0 +2+2x-14=0 2x=+14-2=+12 X=+12:2=+6
Demak, K2Cr2O7 da Cr ning oksidlanish darajasi +6 ga teng. 2-misol: Oddiy moddalar orasida boradigan quyidagi reaksiyalarda qaysi element oksidlanadi va qaysi biri qaytariladi?
1. 2Hg + O2 = 2HgO; 2. N2 + 3H2 = 2NH3
3. 2Ca + Cl2 = 2CaCl2 4. Cl2 + H2 = 2HCl
Yechish: Elektron bergan element qaytaruvchi bo‘ladi va oksidlanadi.
Elektron qabul qilgan element oksidlovchi bo‘ladi va qaytariladi.
misol.Aluminiy metali xlorid kislotada eritilsa, aluminiy xlorid tuzi hosil bo'lib, vodorod ajralib chiqadi. Sodirbo'lgankimyoviyreaksiyaoksidlanish- qaytarilishreaksiyasiekanligima'lumbo'lsa, tenglamanielektron-balansusulibilantenglang.Yechish. Bu kimyoviy jarayonda ishtirok etayotgan, oksidlanish darajasi o'zgargan elementlarning ostiga chizib, oksidlanish darajasini elementning belgisi ustiga yozib olamiz.
Al°+ H+1 CI= Al+3 Cl3+H° Al°+ H+1 CI =Al+3 Cl3+H°
(Kimyoviy jarayonda ishtirok etayotgan xlorning oksidlanish darajasi reaksiyadan avval ham, reaksiyadan keyin ham o'zgargan emas.)Kimyoviy jarayonda ishtirok etayotgan oksidlovchi va qaytaruvchini olgan, yoki bergan elektronlarini ifoda etuvchi sxemani tuzib olamiz.
| Al° - 3e —>Al+3 | 3 (qaytaruvchi — oksidlanadi)
| 2H++ 2e —>H" | 2 (oksidlovchi — qaytariladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |