Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Oksidlanish –qaytarilish reraksiyalari.
haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
Kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etayotgan moddalar tarkibiga kiruvchi atomlarning oksidlanish darajalarini o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligiga qarab kimyoviy reaksiyalar ikkiga bo‘linadi.
1. Mis (II)-oksidning sulfat kislota bilan o‘zaro ta’siri. CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O.
Reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar tarkibiga kiruvchi atomlar ningoksidlanish darajalari reaksiyadan avval qanday bo‘lsa, reaksiyadan keyin ham bir xil.Bunday kimyoviy reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga mansub emas.2. Natriyning xlor bilan reaksiyasi.Na +Cl = NaClBu reaksiyada natriy atomlari o‘zining tashqi energetik qavatidagi valent elektronlarini xlor atomlariga beradi. Reaksiya natijasida natriy atomlari 1 ta elektron berib, +1 oksidlanish darajasini hosil qiladi, xlor atomlari esa elektron qabul qilib olib -1 oksidlanish darajasiga o‘tib oladi.Kislorodning kimyoviy xossalarini o‘qish davomida “kislorod oksidlovchi” degan tushunchani o‘rgangansiz. Ushbu tushunchaga atomlarni electron tuzilishi nuqtai nazaridan e’tibor bersangiz. Demak, kislorod metallar, metalmaslar va murakkab moddalar bilan reaksiyaga kirishganda tashqi energetik qavatini 8 ta elektronli tugallangan qavatga o‘tkazishi uchun ikkita
elektron qabul qilib olib -2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Musbat oksidlanish darajasidagi metallar vodoroddan elektron olib nol holatga o‘tadi, vodorod esa elektron berib +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Elementlarni oksidlanish darajalarini o‘zgarishi bilan boradigan
reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion oksidlovchi, elektron bergan elementi ion qaytaruvchi deb ataladi. Oksidlovchi ayni kimyoviy jarayonda elektron olib qaytariladi. Qaytaruvchi ayni kimyoviy jarayonda elektron berib oksidlanadi. Oksidlovchi va qaytaruvchi bitta modda tarkibida bo‘lib, elektronlarning almashinuvi shu modda tarkibidagi zarrachalar orasida sodir bo‘ladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining bunday turlari ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish deb ataladi. Bir xil molekuladagi, oraliq oksidlanish darajasidagi atomning bir qismi yuqoriroq, ikkinchi qismi esa quyi, oksidlanish darajasiga o‘tishi bilan boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari disproportsiyalanish reaksiyalari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |