Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



Download 0,67 Mb.
bet71/163
Sana28.11.2020
Hajmi0,67 Mb.
#52804
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163
Bog'liq
Dars konspekti

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

nutqini oshirish va tarbiya berish;



3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,

dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



Dasrning turi:An`anaviy.

Darsning usuli: Nazariy. Savol- javob

Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsning bayoni.

Qutbli kovalent va ionli birikmalarda kimyoviy bog‘lanishda ishtiroketayotgan elektronlar elektrmanfiyligi katta atomga tomon siljigan yoki butunlay o‘tib ketgan bo‘ladi. Elektronlarni o‘zidan siljitgan atomlarni “elektron bergan” atomlar, elektronlarni o‘ziga tortgan atomlarni

“elektron olgan” atomlar deb ataladi. Atomlarning bergan yoki olgan elektronlar soni shu atomning oksidlanish darajasi deb ataladi. Agar element:

1 ta elektron bersa +1, olsa -1,2 ta elektron bersa +2, olsa -2,

3 ta elektron bersa +3, olsa -3 oksidlanish darajalarini hosil qiladi.

I zoh: ionlarning zaryadini yozishda zaryad miqdori “+” yoki

“-” ishoralarining oldiga yoziladi. Masalan: 2+ 2− 3+ , , Elementlarning

oksidlanish darajasini yozishda esa oksidlanish darajasi qiymati “+” yoki “-” ishoralaridan keyin yoziladi. Masalan, Na+1, Al+3, S-2 va hokozo.

Qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar ya’ni oddiy moddalarda elementning

oksidlanish darajasi nolga teng, chunki bunda atomlar orasida hosil bo‘lgan umumiy juft elektronlar hech qaysi atomga tomon siljimagan. Masalan : H2, Cl2, N2, Sn, Fen

Birikmalardagi elementlarning oksidlanish darajalarini topish uchun

quyidagi amallarni bajaramiz. Alyuminiy sulfid molekulasidagi atomlarning oksidlanish darajalarini aniqlash.1) Elektron bergan element (elektromusbat) ning belgisi avval, electron olgan element (elektrmanfiy) belgisi keyin yoziladi. Al2S3.Demak, alyuminiy elektron beradi, oltingugurt elektron oladi. 2) Alyuminiyni sirtqi energetik qavatida uchta, oltingugurt atomining sirtqi energetik qavatida oltita elektron bor. Oltingugurt atomi alyuminiyga nisbatan elektrmanfiy, u tashqi qavatiga ikkita elektron olib – 2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Alyuminiy atomi esa tashqi energetik qavatidagi uchta elektronni berib +3oksidlanish darajasini hosil qiladi. Ikkita alyuminiy atomi, har biri 3 tadan jami oltita eleektron beradi, alyuminiy atomlari bergan elektronlarni har biri ikkitadan uchta oltingugurt atomlarioladi: + −2Kimyoviy birikmalarni tashkil etuvchi atomlarning oksidlanish darajalari yig‘indisi hamisha nolga teng bo‘ladi. Fosfat kislota H3PO4 dagi fosforning oksidlanish darajasini aniqlash zarur bo‘lsa quyidagi amallarni bajaramiz. 1) Fosfat kislotada eng elektrmanfiy element kislorod.

Kislorod ikkita elektron olib –2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Vodorod +1 oksidlanish darajasiga ega. –2 Fosfat kislotani namoyon qilgan atomlarning oksidlanish darajalarining yig‘indisi nolga teng.3(+1) + x+4(-2)=0 3 + x – 8 = 0 X = + 8 – 3 = + 5

Demak, fosforning oksidlanish darajasi +5. H3 +1 P+5O4 –2. Kimyoviy elementlarning oksidlanish darajalarini aniqlashda quyidagilarni esda tuting. Oddiy moddalarda atomlarning oksidlanish darajasi nolga teng. (N2, O2, Cl2, N2, O3, P, S, C, Na, Mg, Al, Fe ...)

Metall atomlari hamisha musbat oksidlanish darajasiga ega. Metalmaslardan ftor faqat –1 oksidlanish darajasiga ega. Qolgan metalmaslar ham manfiy, ham musbat oksidlanish darajasini

namoyon qila oladi. Masalan, vodorod metallar bilan hosil qilgan gidridlarida –1, qolgan birikmalarda esa +1 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Kislorod atomi esa ftorga elektron beradi

va +2, qolgan birikmalari da –2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Peroksidlarda esa -1

oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan, H2O2 H+1 – O-1 – O-1 – H+1

Asosiy guruhcha elementlarining yuqorioksidlanish darajasi, shu elementning guruh raqamiga teng. Na+, Mg+2, Al+3, Si+4, P+5, S+6, Cl+7 Qo‘shimcha guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasiham guruh raqamiga teng bo‘ladi. Masalan, Marganes – Mn. . Marganes VII-guruh elementi, shuning uchun Mn ni yuqori oksidlanish darajasi +7.Elementning quyi oksidlanish darajasi sakkizdan valent elektronlarining ayirmasiga teng. Masalan, oltingugurt VI guruh elementi bo‘lib valent elektroni oltita.

Demak: Oltingugurt quyi oksidlanish darajasi (8-6=2)-2 ga teng.




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish