Bog'liq Mavzu 8. Cho‘kish va elektr tokidan shikastlanish, kuyish va sovuq olishi, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
Elektr tokidan jarohatlanishning turlari. Elektr tokining organizmga ta’sirini 2 ta guruhga ajratish mumkin:
Elektr jarohatlanishlar;
Elektr toki zarbasi yoki tok urishi.
Elektr jarohatlanish - inson tanasiga bevosita elektr toki yoki elektr yoyi ta’sir qilishi natijasida yuz beradi. Elektr jarohatlanish asosan organizmning yuza qismi – terining zsararlanishi shaklida yuzaga keladi. Lekin ba’zi holatlarda elektr jarohatlanish organizm to‘qima va paylarining hamda suyak to‘qimalarining ham funktsional buzilishi shaklida sodir bo‘lishi mumkin.