Bog'liq Mavzu 8. Cho‘kish va elektr tokidan shikastlanish, kuyish va sovuq olishi, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
Cho‘kish turlari. Cho‘kishning taxminan quyidagi asosiy turlari farqlanadi:
Haqiqiy (nam) cho‘kish: odamning nafas yo‘llari va o‘pkasi suv bilan to‘ladi,
terisi ko‘karib ketadi, og‘iz va burnidan ko‘piksimon suyuqlik ajralib chiqadi.
Tezlik bilan 3-6 daqiqa ichida yordam ko‘rsatilsa, cho‘kkan odamni hayotga
qaytarish mumkin
Yolg‘on (quruq) cho‘kish: ovoz boylamlarining qisqarishi (spazm) natijasida
suv o‘pkaga o‘tmaydi, teri ko‘karishi deyarli sezilmaydi. Bunday cho‘kishlarda
hushdan ketish kuzatilib, cho‘kkan kishi birdan suv havzasining tubiga tushib
ketadi
Sinkopal (oq) cho‘kish: yurak va nafasning birdan to‘xtashi oqibatida o‘lim
yuz beradi. Bunday cho‘kkan odamlarning terisi oppoq oqarib ketadi
Quruq va oq cho‘kishlarda reanimatsiya chora-tadbirlari 10-20 daqiqa ichida tez va to‘g‘ri ko‘rsatilsa, ijobiy natija berishi mumkin. Sovuq suvga cho‘kkanda organizmni himoya reflekslari hisobiga suv ichida 20 daqiqa qolib ketgan jabrlanuvchini ham hayotga qaytarish mumkin.