Mavzu Cho‘kish va elektr tokidan shikastlanish, kuyish va sovuq olishi, ularda birinchi yordam ko‘rsatish. Reja


Cho‘kishda birinchi tibbiy yordam



Download 88,01 Kb.
bet4/17
Sana01.02.2022
Hajmi88,01 Kb.
#422384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Mavzu 8. Cho‘kish va elektr tokidan shikastlanish, kuyish va sovuq olishi, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.

Cho‘kishda birinchi tibbiy yordam.
Cho‘kishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish har bir fuqaroning va ayniqsa tibbiy xodimning vazifasi hisoblanadi. Cho‘kayotgan odamga yordam beruvchi avvalom bor o‘zi suzishni bilishi kerak. Suzishni bilmaydigan odam hech qachon cho‘kayotgan odamni qutqarishga tushishi mumkin emas. Bu vaqtda qirg‘oqdan qo‘l ostidagi vositalar yordamida, ya’ni arqon, taxta va hokazolarni tutishi kerak.
Cho‘kayotgan odamni suvdan olib chiqish uchun katta mahorat talab etadi.
Bir necha qutqarish usullari mavjud:
Birinchi usuli– cho‘kayotgan kishiga orqa tomondan suzib yaqinlashish, sochi va qo‘ltig‘i ostidan ushlab, yuzini tepaga qaratib, qutqaruvchini ushlab olishga yo‘l qo‘ymagan holda qirg‘oqqa qarab suzish kerak. Harakat usullaridan biri jabrlanuvchining changak quchog‘idan ushlab olishdir.
Ikkinchi usuli - cho'kayotgan odamni orqa tomondan qo'ltig'i yoki boshining orqasidan quloqlarini ushlab, qutqaruvchi oyoqlari bilan ishlagan holda suvdan olib chiqish.
Uchinchi usuli - cho'kayotgan odamni qutqaruvchi bir qo‘li bilan orqa tomondan qo‘ltiq sohasidan mahkam ushlab, ikkinchi qo‘li va oyoqlari yordamida suvdan olib chiqish.
Cho‘kayotgan odam hushida bo‘lib, qutqaruvchiga hamla qilish harakatida bo‘lsa, cho‘kayotganni bosh barmog‘ini imkon darajada orqaga qayirib, og‘riq refleksini hosil qilsa, suvdan olib chiqish oson bo‘ladi
Suvdan olib chiqilgan odamga yordam ko‘rsatishni boshlashdan oldin cho‘kkanning es-hushi joyidami, yo‘qmi, yurak va nafas faoliyati bormi, yoki yo‘qmi aniqlab olish kerak. Cho‘kkan odamning transportirovka qilish uni batamom terminal holatdan chiqargach amalga oshiriladi.
Agar cho‘kkan odamning es-hushi joyida bo‘lsa, uni tinchlantirib, isitiladi, ho‘l kiyimlari echilib, issiq choy, kofe beriladi. So’ng kasalxonaga yuboriladi.
Agar cho‘kkan odam behush bo‘lsa, lekin yurak va nafas faoliyati saqlanib qolgan bo‘lsa, nashatir spirti hidlatiladi, isitiladi, tanasi ishqalanadi. Kasalxonaga transportirovka qilinadi.
Agar cho‘kkan odamda hayot belgilari bo‘lmasa, nafas yo‘llarini suvdan, yot narsalardan tozalab, iloji boricha tez sun’iy nafas oldirib, yurakni yopiq massaj qilishni boshlash kerak.
Og‘iz bo‘shlig‘idan yot narsalarni barmoqlar yordamida olib tashlanadi. Ko‘rsatkich barmoqni hiqildoq qapqog‘igacha tiqib tekshirib ko‘rish kerak. Agar jag‘lar yumilib qolgan bo‘lsa, og‘izdan burunga sun’iy nafas oldirish kerak
Nafas yo‘llaridan suvni chiqarib tashlash uchun qutqaruvchi cho‘kkan odamni tizzasi bukilgan oyog‘iga qorni bilan yotqizib, orqasidan bosadi. Ko‘pincha bu yaxshi natija bermaydi.
Sun’iy nafas oldirishning og‘izdan-og‘izga va og‘izdan burunga usullari keng qo‘llaniladi.
Qon aylanishini tiklash, yurakni yopiq massaj qilishdan boshlanadi. Cho‘kishda o‘z vaqtida malakali ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam markaziy nerv sistemasi, nafas va yurak faoliyatini tiklashda muhim rol o‘ynaydi.
Cho‘kishni oldini olish uchun: suv havzalari yaqinida bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, ko‘priklar va boshqa suv qurilmalari bor joylarda, mast holda, ovqatlangandan keyin 1,5-2 soat o‘tmasdan, jismoniy va ruhiy charchoq holatida, uzoq vaqt quyosh nuri ta’sirida bo‘lganda cho‘milmaslik, sayoz suv havzalariga kalla tashlamaslik kerak.
Inson hayoti faoliyati davomida elektr xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati, еlektr tokining organizmga ta’siri, еlektr tokidan shikastlanish, elektr toki urishi, birinchi yordam ko‘rsatish.



Download 88,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish