Birinchi yordam ko‘rsatish:
1. Muzlagan kishini sekin-asta, ehtiyotlik bilan isitiladi.
2. Iliq vannaga ( 170 S li suvga) tushirish va suvning haroratini sekinlik bilan
370 C gacha ko‘tarish kerak.
3. Ehtiyotlik bilan oyoq-qo‘llarni uqalash.
4. Yurak preparatlari beriladi, sun’iy nafas oldiriladi.
Tayanch iboralar: cho‘kish, oq va ko‘k falajlanish, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi, haqiqiy (nam) cho‘kish, yolg‘on (quruq) cho‘kish, sinkopal (oq) cho‘kish, traxeya, tok belgilari, tromboz, soxta o‘lim, kuyish, to‘qqizlar sistemasi, nekroz, o‘tkir toksemiya, nurdan kuyish, gipotermiya, giperemiya, regeneratsiya, gangrena, sovuq olishi.
Nazorat savollari:
Cho‘kish, sabablari, turlari, belgilarini va ularda qanday shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini ayting.
Kuyish, sabablari, turlari, belgilarini va ularda qanday shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini ayting.
Sovuq olish sabablari, darajalari, belgilarini va ularda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tushuntirib bering.
Elektr toki urishi sabablari, belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish printsipini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |