Burchaklar yasash va ularni teng bo'laklarga bo'lish Burchaklarni teng bo'laklarga bo'lishga doir misollarni kurib chikamiz.
Misollar sirkul yordamida bajariladi.
1-misol. Berilgan ABC burchak teng ikkiga bo'linsin, ya'ni bu burchakning bissektrissasi o'tkazilsin (5.8-rasm). Burchakni B uchidan ixtiyoriy R radius bilan burchak tomonlarini kesadigan qilib aylana yoyi o'tkazamiz. 1 va 2 nuqtalar topiladi. Bu yoy bilan burchak tomonlarining kesishish nuqtalari 1 va 2 dan ixtiyoriy R1 radius bilan yoylar chizib, ularning o'zaro kesishgan K nuqtasini belgilaymiz. K nuqta bilan B nuqtani tutashtiramiz. BK to'g'ri chiziq ABC burchakni teng ikkiga bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |