Shuningdek,
- mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʼyxatlar boʼyicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona toʼlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʼimlari bundan mustasno);
- oʼzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xom-ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona (bojxonada rasmiylashtirish yigʼimlari bundan mustasno) toʼlovlaridan ozod etilgan .
Ushbu imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
300 ming dollardan 3 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 3 yil muddatga;
3 million dollardan 5 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 5 yil muddatga;
5 million dollardan 10 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 7 yil muddatga;
10 million va undan koʼp АQSh dollari hajmidagi investitsiyalar soʼnggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad soligʼi va yagona soliq toʼlovi stavkalari qoʼllangan holda 10 yil muddatga beriladi.
3. Tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar hududlarini muhandislik-kommunikatsiya tizimlari (elektr-energiya, tabiiy gaz, ichimlik suv va oqova suvlar, avtomobil yoʼllari va aloqa tarmoqlari) davlat tomonidan barpo etiladi.
4. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tarkibida 918 gektar yer maydoni ajratilgan. Loyihalarni Samarqand viloyatining turli qismida joylashgan EIZ yer maydonlarida, loyihaning ishlab chiqarish turidan kelib chiqib tadbirkorga qulay hududda joylashtirish mumkin.
Urgut EIZ 69 kompaniyani o’z ichiga oladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 358 mln $ga teng. Xorijiy investitsiyalar hajmi 33,68 mln AQSH dollariga teng. Asosiy Eksport bozorlari Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Qozoqiston, Turkiya, Afg’oniston hisoblanadi. Yillik eksport hajmi 100,6 mln $. Yaratilgan ish o’rinlari soni 4004ta.
Bundan tashqari, mamlakatimizda investorlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha dastaklari paydo boʻldi:
birinchidan, investitsiyaga oid soliq krediti soliq majburiyatini bajarish muddatini oʻzgartirish shakli boʻlib, bunda soliq toʻlovchi boʻlgan investorga belgilangan muddat ichida ushbu investor toʻlashi kerak boʻlgan soliq toʻlovlarini kredit summasini va hisoblangan foizlarni keyinchalik bosqichma-bosqich toʻlagan holda kamaytirish imkoniyati beriladi (tartib Soliq kodeksida belgilangan);
ikkinchidan, investitsiya subsidiyalari – investitsiya faoliyati ob’yektiga oʻtkaziladigan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi yoki soliq va bojхona imtiyozlari tarzida Hukumat tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy koʻmak. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda investorning arizasini koʻrib chiqadi hamda Hukumatga taklif kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |