O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar.2
|
Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti
|
Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi:
-investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda chet el investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash
bo’yicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish;-davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va idoralar ishini tashkil etish.
|
|
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirliklar
|
Investitsiya siyosatini va dasturlarini ishlab chiqish
|
|
Davlat mulki Qo’mitasi
|
Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish
jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish.
|
|
Moliya Vazirligi
|
Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish.
|
|
Adliya Vazirligi
|
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ro’yxatga olish.
|
|
Tashqi ishlar vazirligi
|
Xorijiy investorlarga va O’zbekistonda ishlayotgan ajnabiy
fuqarolarga vizalar berish.
|
|
Ichki ishlar vazirligi
|
Xorijiy investorlarni va O’zbekistonda ishlayotgan ajnabiy
fuqarolarni turar joyi bo’yicha ro’yxatga olish.
|
|
Davlat soliq qo’mitasi
|
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va
ularning bojxona bilan bog’liq faoliyatini tartibga solish
|
|
Markaziy bank
|
Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning o’tkazilishini,
valyuta mablag’laridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati.
|
|
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank
|
Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati ko’rsatish va loyihani moliyalashni amalga oshirish.
|
|
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
|
-Mamlakat va xorij investorlarining investitsiya takliflari to’g’risida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
-xorijiy investorlarga axborot va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat va xorij investorlariga yordam ko’rsatish;
-chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining bajarilishini kuzatish (monitoring);
|
|
O’zbekinvest eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi
|
Chet el investitsiyalarini investitsiya tavakkalchiligidan sug’urtalash
|
|
«O’zbekinvestloyiha» milliy injiniring kompaniyasi
|
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslamani va investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslamalarini tayyorlash
|
|
Davlat mulki qo’mitasi huzuridagi qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
|
Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish. Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli qog’ozlarini sotib olish orqali majmua investitsiyalarini amalga oshirish.
|
Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish asosiy ustuvor yo’nalishlardan biridir. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda jiddiy sifat o’zgarishlari ko’zga tashlanmoqda. Ushbu o’ta dolzarb bo’lgan masalani yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko’rsatish sohasining turli shakllari joriy etildi.
Xorijiy investitsiyasi bo`lgan korxona amaldagi qonunlarga binoan o`zi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksportga chiqarish va o`z ishlab chiqarish extiyojlari uchun zarur mahsulotlar importini amalga oshirish huquqiga egadir. Xorijiy investorlarga tabiiy boyliklarni qidirish, ishlab chiqarish va foydalanish va boshqa xo`jalik ishlarini yuritish uchun kontsessiyalar berilishi mumkin. Kontsession shartnomalar xorijiy investorlar bilan O`zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakil qilingan organlari o`rtasida tuziladi. O`zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan korxonalar ustav sarmoyasiga xorijiy investorlarning hissasi sifatida yoki xorijiy xodimlarning o`z ehtiyojlar uchun olib kirilayotgan mulk bojxona to`lovidan ozod qilinadi va import solig`i undirilmaydi. Xorijiy investorlar O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning aktsiyalari, hissalari va paylarini, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni sotib olishlari mumkin. Xorijiy investitsiyalari bo`lgan korxonadan chiqish yoki bunday korxonanining tugatilish hollarida xorijiy investorlar shu korxona mulkidan o`zining hissasini korxona mulki bilan qiymatiga mutanosib ravishda pul yoki natura tariqasida qaytarib olish huquqiga ega bo`ladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalarning xo`jalik ishlarida hisob-kitoblar O`zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida olib borilishi lozim. Bu holatlar ham qonunda ko`rsatilgan. Hozirga kelib, O`zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazildi va amalda qo`llanilmoqda. Bu faoliyatni rag`batlantirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan.3
xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi;
texnikaviy qayta qurollanish;
xalq iste`moli va eksportga mo`ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish.
2.Investitsiyalar harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solishning amaldagi tahlili.
So’nggi yillarda mamlakatimizda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar o’sish tendensiyasiga ega bo’lmoqda. Bunga batafsil to’xtalib o’tsak.
2018 yil 1 oktabr holatiga faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 6960tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi xabar berdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1590taga yoki 29,6%ga o'sgan. Shuningdek Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko'rsatayotgan korxonalardan 3764tasi qo'shma korxonalar, 3196tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar 4394ta (63,1%), Toshkent viloyati 782ta (11,2%) va Samarqand viloyatlari 376ta (5,4%) hissalariga to'g'ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar Xorazm viloyati 66ta (0,9%), Qashqadaryo viloyati 72ta (1,0%), Navoiy viloyati 90ta (1,3%) va Qoraqalpog'iston Respublikasi 109ta (1,6%) hissalariga to'g'ri keladi. 2019-yilda xorijiy kompaniyalar soni 7560, 2020-yilda 11000, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko’ra esa 12300tani tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |