Mavzu: Chatlardan ta`limda foydalanish. Soha idoralarining axborot tizimlari
Reja:
Axborot asrining globallashuvi.
Chatlardan ta`limda foydalanish usullari.
Axborot tizimlari haqida tushuncha.
Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi va Internet tarmog‘i imkoniyatklarining tatbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda.
Shu bilan bir qatorda, olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi.
Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan.
Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma» shubhasiz muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 7-apreldagi qo‘shma qarori asosida tasdiqlangan bo‘lib, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Respublika «Kamolot» YoIH Markaziy kengashi bilan kelishilgan.
O‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan «Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma» voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallab, tayyorlangan bo‘lib, bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Jumladan, qo‘llanmada voyaga yetmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo‘linib, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan.
Qo‘llanmadan mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari va oila muhitida foydalanib, bolalar va yoshlarni Internet tarmog‘idagi salbiy kontentlardan himoyalanish usullarini o‘rganishlari, ota-onalar esa farzandlarining Internet tarmog‘idan to‘g‘ri va samarali foydalanishlarini ta’minlay olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘llanmada yoshlarning Internet resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilish, ularda axborot olish va uzatish madaniyatini shakllantirish, yosh avlodning ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan muhofaza qilish, xavfsiz internet muhitini shakllantirish va bunga zarur sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlangan. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, yoshlarga salbiy ta’sir etuvchi, yoshlar kamolotiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ota-onalar ogohligi borasida alohida batavsil fikrlar bayon etilgan.
Xulosa qilib aytganda, global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida tayyorlangan ushbu qo‘llanmaning mazmuni aynan ushbu masalani hal etish masalalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga etmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan. Qo‘llanma yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga molik bo‘lishiga shubha yo‘q.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, qolaversa, yoshlarni Internetda himoya qilishni nazarda tutgan holda, Internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlarni tavsiya qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida individual shaxs ekanligi va ularga alohida yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar bolalar va o‘spirinlarni quyidagi toifalarga ajratishdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |