Genetik uzoq formalarni duragaylash deb har xil tur va turkumlar (avlodlar) o'rtasidagi chatishtirishga aytiladi. U genetik formalarni duragaylashda ayrim genlar kombinatsiyasi, har xil turlaming xromosomalari, ba’zan butun bir genomlar kombinatsiyasidan foydalaniladi, natijada ayrim hollarda duragaylarda sistematik va biologik jihatdan uzoq formalaming xossalarini mujassamlashtirish mumkin bo'ladi. - Genetik uzoq formalarni duragaylash juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Buning sabablari turlicha: ko‘payish muddatlarining bir-biriga mos kelmasligi, hayvonlarda bir tur individlarining boshqa tur indvidlarida jinsiy refleksni hosil qila olmasligi, jinsiy apparat tuzilishlarining mos kelmasligi, hayvonlarda bir tur individining spermasi ikkinchi tur individining jinsiy yo‘lida nobud bo‘lishi, o‘simliklarda chang nayi va urug‘chi to‘qimasining mos kelmasligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |