Mehnatga to’lanadigan ish haqining ishbay shakli
Ishbay shaklida ishchilarning ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori va sifatiga qarab belgilanadi. Ish haqining bu shakli sanoatda asosiy hisoblanib, u mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi, chunki u har birishchining shaxsiy va ijtimoiy manfaatini hisobga olishni ta’min qiladi.
Ish hakining bu shaklida bajarilgan ish ishbay usulida to’lanadi. Ishbay ishlarning narxini topish uchun ishbay ishlovchi ishchilarning bir soatlik tarif stavkasini bir soatdagi ishlab chiqarish me’yoriga bo’lishi kerak.
Vaqt birligida ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan mahsulot miqdoriga mahsulot ishlab chiqarish me’yori deyiladi.
Ishbay ish haqi asosan quyidagilardan iborat: to’g’ri ishbay ilgor ishbay, akkord va ishbay mukofot tizimidan iborat.
To’g’ri ishbay tizimida ish haki ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga qarab yagona ishbay ish haqi narxlarida to’planadi va ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilish darajasi hisobga olinmaydi. Bunda ishchiga bajargan ishlariga beriladigan ish haqini hisoblash uchun uning ishlab chiqarilgan mahsuloti miqdori mahsulot birligiga belgilangan ishbay ish haqi narxiga ko’paytiriladi.
Ilg’or ishbay tizimida ishlab chiqarilgan mahsulotning belgilangan me’yordan ortiq qismiga yuqrri narxlar to’lanadi. Masalan, ilg’or ishbay tizimida ishlayotgan ishchi me’yor bo’yicha bir oyda 1000 dona mahsulot ishlab chiqarishi kerak edi, haqiqatda, u 1200 dona mahsulot ishlab chiqargan yoki me’yorni 20% ortig’i bilan bajargan.
Me’yordan 10% ortiq bajarilgan mahsulot uchun, masalan, asosiy ishbay ish haqi narxidan 20% ortiq to’lashch—20% ortiq bajarilganligi uchun 30% oshiqcha to’lash mo’ljallangan.
Ilg’or ishbay tizimi sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining asosan og’ir va ma’suliyatli uchastkalaridagina qo’llaniladi.
Akkord tizimida ishbay ish haki ishlab chiqarishning oxirgi natijasigina qarab hisoblanadi. Bunda ishbay ishning narxi har bir alohida operatsiyaga belgilanmay, balki hamma ish hajmiga ko’ra belgilanadi.
Akkord tizimida ishlayotgan jamoa a’zolariga beriladigan ish haqining u mumiy summasi oxirgi operatsiyadan keyin texnika nazorati bo’limiga "topshirilgan mahsulot miqdoriga qarab belgilanadi. Buning uchun brigadaning har bir a’zosi tomonidan bajariladigan operatsiyalarning ishbay ish narxlarining yig’indisidan tashkil topgan mag’sulot birligiga tegishli ishbay ishning narxi aniqlanib, ushbu ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi.
Bu tizimining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, brigadaning har bir a’zosi o’zining bajargan ishlarini yozib yuradi va bajargan operatsiyasi uchun ishbay ishlarning narxi unga oldindan ma’lum bo’ladi. Shuning uchun brigada a’zolari o’zlariga tegadigan ish haqini bilib yuradilar.
Hozirgi paytda bizning sanoatimizda eng keng tarqalgan ish haqi tizimi ishbay mukofot tizimidir. Bu tizimida ish hakining ishbay tizimi ma’lum ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining yaxshilanganligi uchun ishchilarni mukofotlash bilan birga qo’shib olib boriladi. Bunday mukofotlar masalan, texnikaviy asoslangan ishlab chiqarish me’yorlarining ortigi bilan bajarilganligi, mahsulot sifatining yaxshilanganligi va shu kabilar uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |