MAVZU: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
Asosiy vositalar — dorixona tomonidan uzoq muddat davo-
mida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish,
ishlami bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud
ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalami amalga oshirish
maqsadida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
5-sonli BHMS «Asosiy vositalar» ( 0 ‘zR AV tomonidan
20.01.2004-yilda 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)da
asosiy vositalarga ana shunday ta’rif berilgan. Mazkur stan-
dart mulk, xo‘jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari
asosida xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‘lgan asosiy
vositalar hisobi tartibi va uslubiyatini belgilaydi.
Asosiy. vositalar tarkibiga bir yildan ko‘proq muddatda
xizmat qiladigan yoki xizmat muddatidan qat’iy nazar har
bir birligi (to‘plami)ning qiymati 0 ‘zbekiston Respublikasida
belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan
ko‘p bo‘lgan (sotib ohsh paytiga) aktivlar kiradi. Dorixo
na rahbari hisobot davri uchun buyumlami asosiy vositalar
tarkibida hisobga olish uchun ularning pastroq qiymatini,
buni hisob siyosatida aks ettirgan holda belgilash huquqiga
ega.
Asosiy vositalar — har qanday korxona va har qanday tad-
birkorlik faoliyatining moddiy-texnika bazasidir. Aniqrog‘i
asosiy vositalar, binolar, inshootlar, mashina va uskunalar,
xizmat muddati bir yildan ko‘p bo‘lgan boshqa mehnat vo
sitalari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalar, kelgusida iqti
sodiy naf olish ishonchi bo‘lganda, aktivning qiymatini aniq
belgilanishi imkoniyati tug‘ilganda va asosiy vositalar obyekti
foydalanishga qabul qilingan barcha birlamchi hujjatlar ras-
miylashtirilgan holda, aktiv sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Asosiy vositalarga quyidagi to‘rtta talabga javob beradigan
aktivlami kiritish mumkin:
1) qiymati 0 ‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam
ish haqining ellik baravar miqdoridan ko‘p bo‘lgan taqdirda;
2) bir yildan ko‘proq muddatda xizmat qilganda;
3) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ulardan kelgusi-
da iqtisodiy naf olish mumkin bo‘lganda;
4) ushbu aktivdan mustaqil ravishda foydalana olinish im-
koniyati tug‘ilganda.
Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Mansubligiga ko‘ra:
a) xususiy dorixona muassasalari balansida ifodalanadigan;
b) ijaraga olingan dorixona balansidan tashqaridagi.
2. Turlari bo‘yicha: imorat, qurilish, mashina jihozlar,
xo‘jalik va ishlab chiqarishdagi inventarlar, transport vosita
lari va h.k.
3. Foydalanishiga ko‘ra:
a) ishlatilayotgani, zaxiradagi;
b) harakatda bo‘lmagani — eskirgan;
d) ijaraga berilgani.
4. Ishlab chiqarishda ishtirok etayotganiga ko‘ra:
a) ishlab chiqarishdagi;
b) ishlab chiqarishda bo‘lmagani.
Xo‘jalik vositalari shakllanish manbalari 2 ga bo‘linadi:
a) xususiy,
b) yollangan (qarz).
I. Xususiy o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi:
1.Asosiy faoliyat vositalarining ustav fondi, ya’ni korxo
naning asosiy mablag‘i, foyda va budjetga ajratilgan moliya
(mablag‘).
2. Maxsus maqsadlar sari vositalar.
Bunga amortizatsiya fondi, tashkilot fondi, maqsadli mab-
lag‘lar, kutilayotgan to‘lov rezervlari kiradi. Xususiy vosita-
lami davlat budjeti hisobidan yoki yuqori tashkilot hisobiga
tashkil topishi va korxona sof foyda hisobiga to'ldirish mum-
kin.
Davlat budjeti yoki yuqori tashkilot tomonidan ajratilgan
mablag‘ muddatsiz davrga foydalanishga beriladi. U asosan,
asosiy vositalar olish va qisman muomala mablag‘larini
qoplashga sarflanadi.
0 ‘zining natural-ashyoviy tarkibi bo‘yicha asosiy vositalar
quyidagi hisobvaraqlar bo‘yicha hisobga olinadi:
0110 - Yer;
0111 — Yemi obodonlashtirish;
0112 — Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha oli-
nadigan asosiy vositalami obodonlashtirish;
0120 — Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar;
0130 — Mashina va asbob-uskunalar;
0140 — Mebel va ofis jihozlari;
0150 — Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi;
0160 — Transport vositalari;
0170 — Ishchi va mahsuldor hayvonlar;
0180 — Ko‘p yillik o‘simliklar;
0190 - Boshqa asosiy vositalar;
0199 — Konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
Dorixona buxgalteriya xizmatining asosiy vazifasi — asosiy
vositalami qiymati bo‘yicha hisobga olish, ya’ni ulami baho-
lashda yagona tamoyilga rioya qilishdir.
Hisobga olish va hisobotda asosiy vositalar obyekti bosh-
lang‘ich qiymat, qoldiq qiymat, tiklash va tugatish qiymati
bo‘yicha aks ettiriladi.
Dorixona asosiy fondi buxgalteriya hisobi boshlangich —
birlamchi qiymatida, ya’ni ulami sotib olish, qurish, tayyorlash
uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalaming kelib tushish manbayiga bog‘liq holda
ularning boshlang‘ich qiymati deganda quyidagilar tushuni-
ladi:
—
ta’sischilar tomonidan ularning ustav kapitali (fondi)
ga ulushi hisobiga kiritilgan va kelishuv bo‘yicha belgilangan
asosiy vositalar qiymati;
— yetkazib berish, montaj va o‘matish xarajatlarini hisobga
olgan holda haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha hisobga olinuv-
chi qurilgan yoki haq evaziga xarid qilingan obyektlar qiymati;
— bepul, shuningdek hukumat subsidiyasi (yordami) si-
fatida olingan asosiy vositalar obyektlarining qiymati, ular
ekspert yo‘li bilan joriy qiymati yoki qabul qilish-topshirish
hujjatlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati faqat shu
obyektlarga nisbatan qo'shimcha qurilish, jihozlash, ta’mir-
lash amalga oshirilgan va tegishli obyektlar qisman tugatilgan
hollarda va qayta baholanganda o‘zgartirilishi mumkin.
Asosiy vositalar sotilgan va boshqa usulda ro‘yxatdan
chiqarilgan hollarda bu xizmatlar bo‘yicha zarar yoki daro-
mad dorixona xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Boshlang‘ich qiymatga asosiy vositalami sotib olish va tik-
lash, tashib kelish, o‘matish, qurilish loyihalash xarajatlarini
tayyorlash va boshqalar kiradi.
Boshlang‘ich qiymatdan amortizatsiya hisobiga ajratilgan
summa ayirib tashlansa, asosiy vositaning qoldiq summasi
kelib chiqadi.
Qoldiq (balans) qiymat — jamlangan eskirish summasini
chegirgan holda asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati.
Vaqt o‘tishi bilan asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati
ular qiymatining oshishi, shuningdek inflatsiya munosabati
bilan ko‘payishi mumkin. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan
asosiy vositalami qayta baholash va ularning tiklash qiymati
ni belgilash zarurati paydo bo'ladi. Tiklash qiymati — asosiy
vositalaming hoziigi narxlar sharoitidagi qiymatidir. U asosiy
vositalami qayta baholash natijasida shakllanadi.
Joriy qiymat — asosiy vositalaming ma’lum sanaga amal
qilayotgan bozor narxlari bo'yicha qiymati yoki aktivni al-
mashtirish mumkin bo‘lgan summa.
Bozor qiymatini aniqlashda tayyorlov tashkilotlaridan
yozma ravishda olingan shunga o‘xshash mahsulotlaming
narxlari to‘g‘risidagi m a’lumotlardan; davlat statistika idora-
lari, savdo inspeksiyalari va tashkilotlarida narxlar darajasi
to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan; ommaviy ax
borot vositalari va maxsus adabiyotda chop etilgan narxlar
to‘g‘risida m a’lumotlardan; asosiy vositalar alohida obyekt-
lari narxlari to‘g‘risida ekspert xulosalaridan foydalanish
mumkin.
Tugatish qiymati — asosiy vositalaming chiqib ketishi
bo‘yicha kutilayotgan xarajatlami chegiigan holda kutilayot-
gan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalami tugatish
chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |