MAVZU: Buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari
Bozor munosabatlari sharoitida barcha tashkilot va korxonalar uz faoliyatini xo’jalik
hisobi asosida yuritib o’zini-o’zi mablag’ bilan ta'minlaydi. Shuning uchun ham
tashkilotlarning buxgalteriya hisobi faoliyat davrida sodir bo’layotgan barcha operatsiyalarni
hujjatlar bilan rasmiylashtirib, ularni tegishli schyotlarda qayd kilib, shartnomalarning
bajarilishi, moddiy resurslarning to’q’ri ishlatilishi, mulkning but saqlanishi o’stidan
nazoratni tashkil qilishi, boshqaruv organlarini uz vaqtida kerakli ma'lumotlar bilan
ta'minlashi zarur.
Har bir tashkilot korxonalarda buxgalteriya qsobining to’q’ri tashkil qilishning shartlari:
Konkret tashkilot, korxona, muassasa faoliyati o’ziga xos xususiyatlarni urganish; Korxona
raqbarlarini va yuqori tashkilotlarni korxona faoliyatiga tegishli ma'lumotlar bilan ta'minlash;
Xo’jalikda hisob ishlarini harakatdagi tegishli Qonun-qoida,nizom va buyruqnomalar asosida
yuritish; Buxgalteriya ishini,xo’jalikning boshqa bo’limlari bilan bo’ladigan o’zaro aloqalarni
to’q’ri tashkil qilish;
Buxgalteriya xodimlari o’rtaida hisob ishlarini to’q’ri taqsimlash va bu ishlarning
qajmi,bajarilishi muddatlarini to’q’ri aniqlash:
Korxona va tashkilotlarda qsob ishlari markazlashgan va markazlashmagan bo’lishi
mumkin.
Markazlashgan qsob ishlari bir necha qulayliklarga ega:
Hisob ishlari bir joyda yuritilganligi uchun hisobchining hisob ishlari uz vaqtida to’q’ri
olib borish uchun nazorat qilish qulay;
Xo’jalik faoliyatini nazorat va tashkil qilish uchun, boshqaruvga barcha ma'lumotlarni
shu joydan olish imkoniyati mavjud bo’ladi;
3. Hisob ishlarini elektron hisoblash mashinalar asosida to’liq avtomatlashtirish uchun
sharoit yaratiladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Markazlashtirilmagan buxgalteriya qgsobida tashkilot korxonalarning har bir
bo’limlarida hisob ishlari olib boriladi. Demak, bu usul bo’limlari bo’lgan tashkilog va
korxonalarda ko’p qo’llaniladi. Bo’limlarda bulagan operatsiyalar bo’yicha to’zilgan
hujjatlar, moddiy javobgar shaxslar hisobotlari shu joyning o’zida qabul qilinadi va ma'lum
darajada hisob ishlari olib boriladi. Xo’jalikning markazidagi buxgalteriya umumxo’jalikka
tegishli faoliyat ishlarining hisobini olib boradi, asosiy sintetik schyotlar bo’yicha registrlarni
yuritadi va bo’limdagi hisob ishlarining to’q’riligini nazorat qilib boradi.
Buxgalteriya hisobini markazlaiggirilgan va markazlashtirilmagan tarzda tashkil
qilishninig o’ziga xos ijobiy hamda salbiy tomonlari bor. Xozirgi paytda kichik elektron
mashinalarining ishlab chiqarilishi va hisobchining ish joyida ularning qo’llanilishi
buxgalteriya ishini markazlashmagan tarzda tashkil qilish uchun sharoit yaratmokda.
Bo’limlarda hisobchilar elektron mashinalarda analitik va ayrim sintetik schyotlar bo’yicha
hisob ishlarini olib boradilar.markaziy buxgalteriyadagi elektron mashinalarga esa kerakli
ma'lumotlar avtomatik tarzda o’tkaziladi.
Ushbu yuqorida qayd etilgan usullar banklarda va ayrim tashkilotlarda qo’llanilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |