Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va


Ona qо‘ylar uchun kunlik namunaviy oziqlantirish



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana25.04.2023
Hajmi0,95 Mb.
#931572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi kesta

Ona qо‘ylar uchun kunlik namunaviy oziqlantirish
Ko`rsatkichlar
O`lchov 
birligi 
Bu`g`oz 
sovliqlar
Ozuqa 
birligi 
Tuqqan 
sovliqlar
Ozuqa 
birligi 
Tabiiy 
o`tlar 
pichani 
Kg 
0,8 
0,32 
1,0 
0,40 
Beda pichani 
Kg 
1,5 
0,70 
2,0 
0,90 
Arpa pichani 
Kg 
0,3 
0,38 
0,4 
0,50 
Bug`doy 
pichani 
Kg 
0,5 
0,12 
0,5 
0,12 
Osh tuzi 
Gr 
13 
15 
Jami 
1,52 
1,92 


24 
Sovliqlar sut mahsuldorligiga kо‘ra, guruhlarga bо‘linadi. Ishlab chiqariladigan har bir 
litr sut uchun 400-600 g aralash ozuqa hamda quruq pichan beriladi.
Bu davrda sovliqlarga beriladigan aralash ozuqaning tarkibi protein, vitamin va mineral 
moddalarga boy bо‘lishi shart. Energiya manbai asosan ozuqa donlaridan olinadi.
Qо‘yxonani loyihalashtirishda e’tiborga olinadigan jihatlar:Tayanch maydonini 
hisoblashda ona qо‘ylar uchun 1,1-1,4 kvadrat metr va qо‘zi va qо‘ylar uchun 1,4-1,6 
kvadrat metr, qо‘chqorlar uchun 1,8-2,0 kvadrat metr va qо‘zilarni boqish uchun 0,6-0,9 
kvadrat metr hisoblanishi kerak; Podadagi urg‘ochi qо‘ylar bosh sonining kamida 10 
foizigacha issiqxona bо‘limiga (tug‘ruqxonaga) ajratish kerak; - Tug‘ruqxonada har bir 
katak 1,5-2,0 kvadrat metr bо‘lishi kerak. Qо‘raning tarkibiy xususiyatlari Pol. 
Qо‘ralarga odatiy va panjarali pol tо‘shash mumkin. Odatiy pol sirasiga beton, qoya 
toshlar ustiga qum, shag‘al va tuproqni zichlab qilingan pollar kiradi. Beton pol eng 
qulay va ma’quldir, tayyorlanishi oddiy 15 sm qoya tosh lar ustiga 5,8 sm beton quyiladi. 
Arzon tez bitadigan pol esa tuproqni zichlab qilingan pol hisoblanadi. Tuproqni zichlab 
qilingan pol siydikning singib ketishi uchun qulayligi, loy bо‘lib ketmasligi, hasharot va 
parazitlar yashashi uchun noqulayligi bilan ajralib turadi. 
Yomg‘ir suvlari qо‘ra poliga sizmasligining oldini olish uchun qо‘ra atrofida xandaqlar 
qazilishi yoki pol 20-30 sm baland bо‘lishi lozim. Shuningdek, qо‘ra poli old tarafga 
qarab 5 foizlik qiya qilib tо‘shalishini tavsiya etamiz. Panjarali pol. Buni intensiv 
qо‘ychilik bilan shug‘ullanadigan mulkdorlaru, qо‘zilarni bо‘rdoqiga boqayotgan 
fermerlarga tavsiya etamiz.
Panjaralar taxta, metal yoki betondan qilinadi. Taxta panjara о‘lchamlari (taxta eni) 4x5 
sm, 5x5 sm va 6x5 sm bо‘ladi. Orasidagi ochiqlik (2 taxta orasidagi masofa) 1,5x2 sm 
bо‘lib, taxtalar orasidagi masofani о‘rtacha 1,9 sm qilib belgilash mumkin. О‘lchamlari 
keltirib о‘tilgan mazkur taxta panjaralar 10x5 sm lik bruslar ustiga qoqib mahkamlanadi. 
Metal panjaralar yassi temirdan yasalganidek rulon simlardan ham tо‘qilishi mumkin. 
Tо‘qilganda ular orasidagi ochiqlik (masofa) 2x2 sm yoki 7,5x1,2 sm bо‘lishi mumkin. 


25 
Beton panjaralardagi о‘lchamlar: ustki tarafining eni 3,8 sm bо‘ladi, orasidagi ochiqlik 
2,5 sm, qо‘ylar beton panjarali pollarda boshqa pollardagiga nisbatan kо‘proq kirlanadi. 
Panjarali polning yerdan balandligi 50-70 sm bо‘lishi kerak. Bu balandlik bir yilga 
yetadi, undan sо‘ng yilda bir marta gо‘ngdan tozalanadi. 
Devor xomashyosi sifatida tosh, xom g‘isht, beton g‘isht va pishiq g‘ishtdan foydalanish 
mumkin. Xomashyo joyning tabiiy holati va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib 
tanlanadi. Devor balandligi boqish usullariga va iqlim sharoitlariga qarab о‘zgaradi. 
Qо‘ylar ishqalanadigan devorning balandligi kamida bir metrdan kam bо‘lmasligi 
chidamli, materiallardan tayyorlanishi kerak. Ba’zi hollarda devor balandligi chordoq 
balandligi barobarida ham bо‘lishi mumkin. 
Devor balandligini issiq mintaqalarda 3 metr bо‘lishini tavsiya etamiz, gо‘ngni tozalash 
traktor yordamida amalga oshiriladigan hollarda eng minimal balandlik 2,7 metrdir. 
Eshiklar odatda, og‘ilxonaning qiya burchagiga joylashtirilishi kerak, eshik kengligi 
uchun tavsiya etiladigan о‘rtacha о‘lcham 2,4 m. Tom qismining kengligi 7 metrgacha 
bо‘lgan qо‘yxonalarda tom bir nishabli, kengroq qо‘yxonalarda esa ikki nishabli bо‘lishi 
mumkin. Tomning nishabligi, tom yopmasi, chordoq uzunligi va qoplama materiallari 
qanday bо‘lishini oldindan aniqlab oling. Qiyaligi 2 nishabli tomlarda 25-40 foizgacha 
va qoplama materiallariga kо‘ra 10-40 foizgacha о‘zgarishi mumkin.
Tabiiy shamollatish nuqtai nazaridan tomning qiyaligi kamida 26 foiz bо‘lishi kerak.
Qо‘ra tomlarini yopishda turli xil usullardan foydalanish mumkin. Tom butunlay yopiq 
bо‘lgani kabi ustma-ust ikki qavatli, qavatlar orasi oynavand bо‘lishi mumkin. 
Qо‘yxonaning tomini yopishda har xil materiallardan foydalanish mumkin. Cherepitsa, 
shifer, allyuminiy, tunuka, shuningdek, tuproq, qamish kabilardan tom yopish materiali 
sifatida foydalanish mumkin. Qо‘ra uskunalari Oxurlar. Dag‘al xashaklar oxuri, omixta


26 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish