6
naslli qо‘zi olish uchun sovliqlarni tanlayotganda tanlanayotgan sovliqlarning onasi
kо‘pincha ekiz tuqqan qо‘ylardan bо‘lishiga e’tibor berish; naslli qо‘zi
olish uchun
qо‘chqorlarni tanlayotganda kо‘pincha ekiz tuqqan sovliqlardan tug‘ilgan
qо‘chqorchalarga e’tibor berish lozim.
.Yirik naslli qо‘zilarni tanlash paytida onalari gavdasining uzunligi va tanasining
yirikligiga hamda qо‘zilar sutdan ajratilgan paytda, erkak va urg‘ochi qо‘zilar tirik
vaznining yuqoriligiga e’tibor berish kerak .Qо‘ylarning sut berish xususiyatlariga qarab
tanlashda, yelin hajmiga va yirikliligiga hamda sut miqdori yuqori bо‘lgan sovliqlarga
e’tibor berish kerak. Qо‘ylarni jun berish qobiliyati bо‘yicha
tanlash ishlari olib
borilganda, ularni qirqimdagi jun og‘irligiga e’tibor berish tavsiya etiladi. Qо‘ylarda
tanlash ishlarini olib borishda ularning tez yetiluvchanligiga, о‘sish va rivojlanishiga,
tashqi muhit (iqlim) sharoitlariga va yaylov (tog‘, tog‘oldi, chо‘l va yarim chо‘l-yaylov)
sharoitlariga chidamliligiga e’tibor berish kerak..Tanlashda qо‘ylarning mahsuldorligi
(tirik vazni,
2-rasm. Yarimmayin jun beruvchi gо‘shtdor-serjun qо‘ylar
7
sut sog‘imi va jun miqdori) bilan tashqi tuzilishi ya’ni eks teryer, konstitusiyasi va tana
tuzilish shakliga ham e’tibor berish kerak.
Sut beruvchi qо‘y zotlari odatda uzun oyoqli, tanasi yirik va uzun, suyagi mustahkam,
yelin tuzilishi bezsimon va keng yelin oynasiga ega bо‘ladi. Gо‘sht uchun boqiladigan
qо‘y zotlari esa gavdasi yirik, sag‘risi keng, sog‘in qо‘ylarga
nisbatan suyagi yirik,
mustahkam va oyoqlari biroz kalta bо‘ladi. Pushtdorligida (homilasi tushgan,
urug‘lanmay qisir qolgan, jinsiy a’zolarida kamchiligi yoki kasalligi bо‘lgan)
muammolar bо‘lgan hamda qari (7-8 yoshdan katta) qо‘ylar suruvdan ajratib olinadi.
Sovliqni qochirish davrida juftlash rejasi ishlab chiqiladi va shunga kо‘ra qochirish
ishlari olib boriladi. Boshqa xо‘jaliklardan yoki о‘zida yetishtirilgan qо‘chqorlar
tanlanadi. Nasl uchun tanlangan qо‘chqorlar 1,5 yoshdan 3,5 yoshgacha bо‘lishi
maqsadga muvofiqdir. Chunki bu yoshlarda qо‘chqorning urug‘i xarakatchan bо‘ladi.
Mavsumda har 1 bosh naslli qо‘chqorga 35-40 bosh ona qо‘y tо‘g‘ri kelishi tavsiya
etiladi, shundagina qochirish uchun tanlangan qо‘chqor ozib ketmaydi, charchamaydi.
Qо‘ychilikda tabiiy (erkin va qо‘lda) urug‘lantirish hamda sun’iy urug‘lantirish
usuli
qо‘llaniladi.
Erkin qochirish tashkiliy jihatdan juda oddiydir. Bunda qо‘chqorlarni (har 25-30
sovliqqa bitta qо‘chqor) 2 oygacha sovliqlar bilan birga qо‘shib asraladi. Sovliqlar
kuyuka boshlagan sari qо‘chqorlar ularni qochira boshlaydi. Ammo qochirishning bu
usuli bir qator kamchilik larga ega, avvalo xо‘jalikda kо‘p miqdorda qо‘chqor asrashga
tо‘g‘ri keladi, mashhur qо‘chqorlardan keng foydalanish imkoniyatlari cheklangan
bо‘ladi, hisob-kitob va naslchilik ishlarini yuritib bо‘lmaydi.
Ustiga-ustak jinsiy
a’zolarning yuqumli kasalliklari hayvondan hayvonga yuqishi mumkin. Shu bilan bir
qatorda ba’zan bitta qо‘chqor ba’zi sovliqlarni doimiy tarzda qochirishi kuzatiladi,
oqibat qо‘ylarning bir qismi urug‘lanmay qolishi mumkin.
Qо‘lda qochirish. Qochirish davrida sovliqlar otariga har kuni sinovchi (fartuk boylab)
qо‘chqorlar qо‘yib yuboriladi, sо‘ngra ular suruvdagi kuyga
kelgan sovliqlarni izlab
topadi, suruv ichidan kuyga kelgan sovliqlar ajratib olinadi va maxsus og‘ilxonalarda
naslli qо‘chqorlar bilan qochiriladi. Bunda har 80-100 bosh sovliqqa bitta qо‘chqor
8
ajratiladi, bitta naslli qо‘chqor bir kunda kо‘pi bilan 2-4 ta sovliqni qochirishi mumkin.
Qо‘lda qochirishni nazorat qilib turiladi, bunda individual saralash, naslchilik hisobini
yuritish mumkin. Ammo qochirishning bunday usulida bitta naslli qо‘chqor 100 boshdan
ortiq sovliqni qochira olmaydi.
Sun’iy urug‘lantirish. Hozirgi zamon seleksiyasi talablariga javob beradigan eng
zamonaviy usuldir. Qо‘ychilikda bu usulni qо‘llab har bir naslli qо‘chqordan tabiiy
qochirishdagiga nisbatan 10-20 barobar kо‘p nasl olish mumkin. Brusellyoz, trixomonoz
kabi kasalliklar tarqalishiga barham beradi, sovliqlarning qisir qolishi kamayadi.
Keyingi yillarda sovliqlarni sun’iy urug‘lantirishning ikkita usuli, ya’ni
naslli
qо‘chqorlarning urug‘i olinib, shu yerning о‘zida kuyga kelgan sovliqlarni sun’iy
urug‘lantirish hamda naslli qо‘chqorlarning muzlatilgan urug‘lari bilan sun’iy
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron bо‘limi olimlari
tomonidan ilk bor xorij (Rossiya Federatsiyasi)dan Shimoliy Kavkaz gо‘shtdor-serjun
zotli naslli qо‘chqorlarining muzlatilgan urug‘lari olib kelinib, mahalliy sharoitda
О‘zbekistonning yarim mayin junli gо‘shtdor-serjun qо‘ylarida sun’iy urug‘lantirish
amaliyoti о‘tkazildi va ulardan naslli qо‘zilar olindi. Ilgari respublikamizga xorijdan
zotdor qо‘chqorlarning muzlatilgan urug‘i keltirilib, sovliqlar sun’iy urug‘lantirilmagan
edi.
Bu har tomonlama qulay, naslli qо‘chqorni olib kelishdan kо‘ra ming chandon
samaralidir. Naslli qо‘chqorni sovliqlarga qо‘shish uchun tayyorgarlik
Do'stlaringiz bilan baham: