9
Qochirishning dastlabki 4-5 kunlarida suruvga hamma qо‘chqorlarni qо‘yib
yuborish
yaramaydi, masalan, 600 boshli otarlarga 15 bosh naslli qо‘chqor
talab etilsa,
dastlab
shularning 5 boshini qо‘yib, suruvdagi qо‘ylarning jinsiy maylini uyg‘otish, 4-5 kundan
keyin esa hammasini qochirishga qо‘yish, kechasi qо‘chqorlarni ajratib, alohida (quchli
ozuqalar va tovuq tuxumi bilan) oziqlantirish tavsiya etiladi. Bu qisir qolish miqdorini
kamaytiradi, egiz qо‘zilar tug‘ishlar soni ortadi, ona qо‘ylar qisqa muddatlarda natijali
urug‘lanadi va qо‘chqorlarning otalantirish darajasi yuqori bо‘lib, qisir qolishning oldi
olinadi.
Qо‘chqorlarni
oziqlantirishdan tashqari, qochirish salqinda
amalga oshirilishi zarur,
chunki qochirish paytida yuksak harorat (issiqlik) qо‘ylar va qо‘chqorlarga salbiy ta’sir
kо‘rsatadi. Shuning uchun yozda qо‘ylarni tunda о‘tlatish va qochirishni salqinda
tashkillashtirish samaralidir. Qо‘chqorlarning erkak jinsiy a’zolaridagi junlarini qirqish
ularni urug‘ samaradorligini orttiradi.
Berilgan ozuqa aralashmasida yetarli miqdorda almashinuv energiyasi - 13, MDj/kg QM
mavjud. Lizin/energiya nisbati (9,5 gl13,4 MDj AB=0,71g) talab yetilgan hajmdajavob
beradi. Xom kletchatka konsentratsiyasi 5,6% bo'lib, yuqori yo'lga qo'yilgan hududda va
ozuqa komponentlarini yig'ish: arpaning yetarli darajada katta hissasi va raps shrotidan
foydalanish aniqlanadi. Aralashrna xom proteinining hazm bo'luvchanligi 77% ni tashkil
qilishi ham yo'l qo'yilgan chegaradir. Ona qo‘ylarning to‘yimli moddalarga bo‘lgan
tabiiy talabi ularning
zoti fiziologik holati, bug‘ozlik davri, sut berish davri (emizikli
davri) sut bermayotgan paytdagi davrlarga va olinayotgan mahsulotiga qarab belgilanadi.
Ona qo‘ylarning nasl berish qobiliyati ularni urug‘lantirish davridagi semizlik darajasi
bilan aniqlanadi. Agar yuqori darajada semizlikdagi qo‘ylarning nasl berish qobiliyati
100% deb hisoblansa, o‘rtacha semizlikdagi qo‘ylarning nasl berish qobiliyati 85-90%
o‘rtachadan past semizlikdagi ona qo‘ylarning nasl berish qobiliyati 60-65% ni tashkil
etadi. Ozg‘in qo‘ylarda nasl berish qobiliyati boshqa ona qo‘ylarga nisbatan 4-5 marta
kam bo‘lishi tajribalarda isbotlangan. Bundan tashqari ona qo‘ylarni o‘z vaqtida 1,5-2
oylik davrida qo‘zilardan ajratish ham ularni ko‘zlangan
semizlik darajasiga qisqa
muddatlarda chiqarish imkoniyatini beradi. Buning uchun
bolasidan ajratilgan ona
10
qo‘ylarning ozuqa ratsioniga asosiy me’yorga 0,2-0,3ozuqa birligi qo‘shib berish tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: