O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari:
- byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi;
- byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari ijrosi;
- byudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari hisobidan to’lovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va to’liqligi;
- davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi;
- O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag’lardan to’g’ri va maqsadli foydalanilishi;
pensiyalar va nafaqalar to’g’ri tayinlanishi, hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi;
- tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining faoliyati;
- byudjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
- O’zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;
- insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish mablag’laridan maqsadli foydalanilishi;- davlat xaridlari bo’yicha tender (tanlov) savdolarining to’g’ri o’tkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati.
Davlat soliq xizmati organlari davlat moliyaviy nazoratini soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.Davlat moliyaviy nazorat organlarining o’zaro hamkorligi. Byudjet tashkilotlarini nazorat qilish rejalari davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan tasdiqlanadi.Davlat moliyaviy nazorat organlari moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat alomatlari bo’lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi.
Moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat organlariga topshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo’lgan umumiy nazorat tizimidagi muhim o’rni va ahamiyati shundaki, birinchidan, moliya o’zi iqtisodiy kategoriya sifatida obyektiv tarzda nazorat funksiyasini bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo’jalik yuritishning barcha pog’onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan, moliyaviy nazorat universal qurol sifatida amal qiladi. Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning obyekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim.
Davlat moliyaviy nazoratining mohiyatini ochib berishi uchun bir qator holatlarni hisobga olmoq lozim:
1. Moliyaviy nazorat davlat hokimiyati va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini faoliyatining bir shakli, ko’rinishi sifatida namayon bo’ladi.
2. Moliyaviy nazorat ma’lum darajadagi moliyaviy ishlab chiqarish munosabatlarini boshqarish va tartibga solish shaklida amalga oshiriladi.
3. Moliyaviy nazoratning ta’sirchanligi uni moliyaning boshqa barcha funksiyalari bilan o’zaro bog’likda amalga oshirilgandagina ta’minlanadi.
4. Moliyaviy nazorat xo’jalik sub’yektlari va aholi tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Haqiqatan ham, qat’iy va samarali moliyaviy nazoratsiz moliyaviy intizomni mustahkamlash qiyin. Moliyaviy intizom bo’lmagan joyda esa iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining yashash darajasini yaxshilashga qaratilgan muhim vazifalarni hal etib bo’lmaydi. Ayniqsa o’sish harakteridagi iqtisodiyotda ilgari ma’lum bo’lmaganlar va uchramagan moliyaviy buzilishlarning aniqlanishi ularni amaliyotda moliyaviy nazoratning barcha dastak va vositalarini qo’llab bartaraf etish talab qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati o’z ichiga davlat byudjeti va davlatning byudjetdan tashqari fondlari mablag’larining shakllanishi va ishlatilishi ustidan quyidagi vakolatga ega:
• Pul muomalasini tashkil etish ustidan nazorat;
• Davlatning ichki va tashqi qarzlari ustidan nazorat;
• Davlat kredit resurslaridan foydalanish ustidan nazorat;
• Davlat mulkidan foydalanish ustidan nazorat;
• Davlat zahiralari ustidan nazorat;
• Moliyaviy engilliklar va imtiyozlar berish ustidan nazorat.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazoratiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: davlat moliyaviy nazorati davlat xokimiyati organlarining hamda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining huquqiy normalari bilan tartibga solinadigan davlat moliyaviy resurslarining shpkllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy tarzda foydalanish ustidan nazorat qilish yuzasidan moliyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat qilinadigan ob’yektlar faoliyatidagi kamchiliklarni topish va mansabdor shaxslarni jazolashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning oldini olish, ularga yo’l qo’ymaslik, ogohlantirishdan iboratdir.
Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning muhim vazifalari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Davlat byudjeti va davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish; 2.Davlat moliyaviy resurslarining maqsadga muvofiq ishlatiishini, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy ravishda va oqilona foydalanishini nazorat qilish; 3. Xo’jalik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotni to’g’ri yuritilishini nazorat qilish, xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriya xujjatlarida to’g’ri aks etirilishini tekshirish; 4. Soliq va soliqqa tortish, valyuta, bojxona va bank faoliyatida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish.