O‘zbekistonda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tashkil etilishi toʻgʻrisida
O‘zbekistonda Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi. Inspeksiya Davlat budjeti mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida ishlaydi.
Qayd etilishicha, Respublika Davlat budjeti mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Hisob palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari 2022 yildan boshlab nazorat ishlarining yillik dasturlarini qarorda nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiqlashtirishi kerak.
Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlangan:
budjet tashkilotlarida budjet mablag‘lari boshqarilishi va budjet hisobi yuritilishini maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida doimiy monitoring qilish;
masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish obyektlari va maqsadlarini aniqlash yo‘li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda budjet tashkilotlarini
tekshirish samaradorligini oshirish.
Bundan tashqari, hujjatda Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini tashkil etilish ko‘zda tutilgan.
Moliya vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda «Elektron nazoratchi-taftishchi» dasturiy majmuasini ishlab chiqish va joriy etish topshirig‘i berilgan.
Ishlar ikki bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2022 yil 1 sentabrga qadar vazirlik va idoralar bilan real vaqt rejimida axborot almashinuvi orqali budjet qonunchiligini buzish xavfini tahlil qilish maqsadida Moliya vazirligining moliyaviy nazorat ma’lumotlari bazasini ishga tushirish, 2023 yil yanvarga qadar esa davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish modulini yaratish rejalashtirDavlat moliyaviy nazorati mexanizmi
Mahsulot ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’molini qamrab olgan
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida moliyaviy nazorat qarama-
qarshiliklar va ularni jamiyat tomonidan tartibga solish maqsadida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini o’rganadi. Ushbu yirik doirada aynan ular nazorat obyekti hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini nazorat qilgan holda moliyaviy nazorat, insonning shaxsiy mehnati, mehnat predmeti va vositalarini o’z ichiga oluvchi maqsadga muvofiq
Davlat moliyaviy nazorati mexanizmi
Mahsulot ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’molini qamrab olgan
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida moliyaviy nazorat qarama-qarshiliklar va ularni jamiyat tomonidan tartibga solish maqsadida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini o’rganadi. Ushbu yirik doirada aynan ular nazorat obyekti hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini nazorat qilgan holda moliyaviy nazorat, insonning shaxsiy mehnati, mehnat predmeti va vositalarini o’z ichiga oluvchi maqsadga muvofiq faoliyati sifatida ijtimoiy mehnatdan samarali foydalanishi, uning amaldagi qonunchilik, me’yoriy-huquqiy xujjatlarga mos kelishini aniqlaydi. Xususan, respublika va mahalliy darajalardagi byudjet va byudjetlararo munosabatlari tekshiriladi. Кorxona va tashkilotlar darajasida jonli va ashyoviy mehnat sarflarining samaradorligi, asosiy fond va mablag’lardan foydalanish tekshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy nazorat predmetiga iqtisodiyot amal qilishini ta’minlovchi takror ishlab chiqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlari va qonuniy me’yoriy asos kiritiladi.
Nazorat tamoyillari- nazoratning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va amaliy faoliyatdan o’tgan siyosiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo’lib, ularga amal qilishligi nazoratning samaradorligini ta’minlaydi. Nazorat tamoyillari moliya sohasidagi nazoratning umumiy tartibini maqsadga yo’naltirilganligini belgilab beradi. Кo’p yillik tajriba asosida jahonda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning asosiy tamoyillari ishlab chiqarilgan bo’lib, har bir sivilizatsiyalashgandavlatlarga amal qilingan va intiladi. Bu tamoyillar qonuniylik, daxlsizlik, obyektivlik, malakalilik, oshkoralikni talab qiladi. Nazorat jarayoni – nazorat subyektlarining nazoratini oldiga qo’yilgan maqsadlarini eng samarali usullari bilan amalga oshirishga qaratilagan faoliyati jarayonidir. Mamlakat iqtisodiyoti va moliyasining tarmoq va sohalarida amalga oshirilayotgan va samarali hal etilishi ko’p jihatdan moliyaviy nazorat turlarini tashkil qilishga ,uni o’tkazish shakl va usullariga bevosita bog’liqdir
Adabiyotlar:
1. R.Dodj Kratkoe rukovodstvo po standartam i normam audita: Per. s angl., predislovie S.A.Stukova. (Audit: teoriya i praktika). – M.: Finansi i statistika; YuNITI, 2009.
2. Ibragimov A., Sugirbaev B. Byudjet nazorati va auditi. – T.: InfoCOM.UZ”2010.
3. Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamkulov A.X. Byudjet tizimi. O’quv qo’llanma. T.: “VORIS NASHRIYOT”., 2012 y.
4. Ostanaqulov M. Davlat sektori va buxgalteriya hisobi. - T.: "IQTISOD-MOLIYa", 2009. 132-b
* Internet saytlari:
www.gov.uz
www.mf.uz
www.tfi.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |