Usulning titranti. Titrant sifatida odatda KJO3 ning 0,1 mol/dm3 ekvivalent molyar konstentrastiyali eritmasi ishlatiladi. Titrant, tozalik darajasi "kimѐviy toza" bo’lgan, kaliy yodatni ~110°S ѐki ~160- 180°S da doimiy massagacha қuritib olingan, aniқ tortimi bo’yicha tayѐrlanadi.Suvsiz KJO3 turg'un saqlanadi.0,1 mol/dm3 ekvivalent molyar konstentrastiyali eritma tayѐrlash uchun (takriban 3,657 g) quritilgan kristallik kaliy yodat, xovonchada yanchilib tortim olinadi va ҳajmi 1 dm3 bo’lgan o’lchov kolbasida eritib, kolbaning belgisigacha suyultiriladi. Zarurat bo’lganda titrant қuyidagicha standartlanadi. Standartlanuvchi kaliy yodat eritmasining 20 sm3 ҳajmini shliflangan tiқinli kolbaga solib, 100 sm3 distillangan suv,25 sm3 suyultirilgan sulfat kislota, 2 g kristallik kaliy yodid қo’shib 10-15 minut қoronғi joyda saқlanadi. Bu muddatda quyidagi reakstiya boradi
KJO3 + 5KJ + 3H2SO4 = 3J2 + 3K2SO4 + 3H2O
Xosil bo’lgan molekulyar yod 0,1 mol/dm3 ekvivalent molyar konstentrastiyali natriy tiosulfat standart eritmasi bilan kraxmal indikatori ishtirokida titrlanadi.Kaliy iodatning standart eritmasi shliflangan tiqinli, jigarrang shisha idishda, qorong’i joyda, saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |