LABORATORIYA MASH G’ULOTI.
TUPROQ MUHITI (рН) HAQIDA TUShUNChA VA UNI
ANIQLASh USULLARI.
M a sh g’ u l o t m a q s a d i: Tuproq reakstiyasining ya’ni muxitining kislotali, ishqorli holatda bo’lishi o’simliklar o’sishi uchun muxim ahamiyatga ega. Ko’pchilik o’simliklar, ayniqsa ekinlar, tuproq eritmasi 1 ishqorli va kislotali darajasi oshganda yaxshi o’sa olmaydi. O’simliklarning normal o’sishi uchun tuproqda reakstiya neytralga yaqin bo’lishi reakstiyasining holati odatda рН belgisi bilan ifodalanadi. Vodorod konstentrastiyasi gidroksil (OH) ioni konstentrastiyasi bilan teng bo’lsa neytral (pH =7), undan oshiq bo’lganda ishqorli (pH >7) kam bo’lganda (pH <7) kislotali reakstiya deb hisoblanadi.
Tuproq tarkibidagi (H) va (OH) ionlarining miqdori tuproq suspenziyasidan, suvli va tuzli so’rimidan aniqlanadi va рН ishorasi bilan ifodalanadi.
Tuproqning pH ini turli metodlar, jumladan universal indikatorda, N.I.Alyamovskiy asbobida, Zyorensenu (bufer bilan aniqlash) metodi bo’yicha va xlometrlik metod, Mixaelis asbobi asosida pH ni vodorodli elektrolitda, xingidron, oynali elektrolitda aniqlash va hokazo usullar yordamida aniqlanadi. Hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan va aniq ma’lumot beradigan elektrometrik, kalorimetrik va potenstiometrik usullar ko’p qo’llanilmoqda.
Kalorimetrik usulda pH faqat tiniq, rangsiz eritmada aniqlanadi.
pH ni elektrometrik metodda aniqlash uchun faqat tuproq suspenziyasidan foydalanamiz, bunda eritma tiniq va loyqa holda bo’ladi. Hozirgi vaqtda pH ko’proq potenstiometrik metodda aniqlanadi.
pH ni potenstiometrik metod bilan aniqlashda xingidron ishlatish tavsiya etilmayji, aks holda ishqoriylik intervali buzilishi mumkin.
pH ni potenstiometrik usulda aniqlash elektronning harakatlanish kuchiga asoslangan. Suspenziya, tuzli yoki suvli so’rimni aniqlash vaqtida har xil elektrodlar hosil bo’ladi (o’lchovchi va taqqoslovchi elektrod). Taqqoslash uchun olinadigan elektrodlardan konusli xlor elektrod va kalomelli elektrodlar ishlatiladi.
pH miqdori
|
Tuproq reakstiyasi
|
3-4
4-5
5-6
7
7-8
8-9
9-11
|
Kuchli kislotali
Kislotali
Kuchsiz kislotali
Neytral
Kuchsiz ishqoriy
Ishqoriy
Kuchli ishqoriy
|
Ish tartibi. Texnik tarozida 20 g tuproq tortib olib, 200 ml li kolbaga solinadi va unga 50 ml distillangan suv quyib 30 minut chayqatiladi, tindiriladi. Vaqt o’tgandan so’ng aralashma filtr orqali filtrlanadi. Filtradan pipetkada 5 ml olib, ustiga 3 ml universal indikatordan quyiladi, so’ngra yaxshilab aralashtirib rangli qog’oz shkalaga solishtiriladi (qog’oz shkalada pH miqdori 3,0 dan 8,0 gacha ko’rsatilgan).
Tuproqlarning muhiti (pH) ishqoriy yoki kislotali bo’lishi uchun nimalar sabab bo’ladi? Muammoning sabablari aniqlaniladi.
Sabab?
Muammo
Sabab?
Sabab?
Sabab?
Savol va topshiriqlar:
Tuproq muhiti (pH) nima va uning ahamiyati?
Vodorod (Н) ioni konstentrastiyasi gidroksil (OH) ioni konstentrastiyasiga teng bo’lsa qanday muhit yuzaga keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |