Bromometriyaning qo’llanishi. Bu usul turli organik birikmalar - jumladan, izoniazid, mezaton, rezorstin, salistilatlar, streptostid, sulfamidli preparatlar, timol, ҳamda aminobenzoy kislotalar, anilin, benzonaftol, fenol va boshқa farmastevtik preparatlarni aniқlashda қo’llaniladi. Ba’zi misollarni ko’rib chiқamiz. Timolni bevosita usulda aniқlash. Tarkibida timol S10N14O bo’lgan taҳlil etiluvchi eritmaga stexiometrik nisbatdan ortiқcha kaliy bromid, NS1 eritmasi, metiloranj indikatori қo’shib kaliy bromat standart eritmasi bilan, eritmaning қizil rangi yo’қolguncha, titrlanadi. Titrlash kolbasida қuyidagi reakstiyalar sodir bo’ladi.Bromning xosil bo’lishi:
KBrO3 + 5KBr + 6HC1 = 3Br2 + 6KC1 + 3H2O
Timolning bromlanishi:Timolning barchasi reakstiyaga kirishgach,titrantning ortiқcha, birinchi tomchisi indikatorni bromlab, uning rangini yo’қotuvchi, bromni xosil қiladi.Eritma rangsizlangach titrlash tugallanadi.Indikatorning bromlanishi uchun sarflangan titrant miқdorini aniқlash uchun,parallel ravishda, puch titrlash bajariladi.Timolni bromlanish reakstiyasida bromning ikki molekulasi ya’ni to’rt atomi qatnashmoqda.Bromning xar bir atomi bittadan elektron (n = 4) qabul қilgan.Shuning uchun mazkur reakstiyada timolning ekvivalnt omili 1/z = 1/n = 1/4. Timolning ekvivalent molyar massasi M (1/4S10N14O) = M (S10N14O) / 4 = 150,22 / 4 = 37,556 g/mol
Rezorstinni maҳsulotni titrlash usulida aniqlash. Tarkibida rezorstin C6H6O2 bo’lgan taҳlil etiluvchi eritmaga kaliy bromat standart eritmasidan ortiқcha ammo aniқ miqdori, kaliy bromid va sulfat kislotaning (50%) eritmalaridan ortiqcha қo’shiladi.Eritmalar aralashtirilib, bromlash reakstiyasi oxirigacha borishi uchun 15 daqiqa kutiladi
KBrO3 + 5KBr + 3H2SO4 = 3Br2 + 3K2SO4 + 3H2O
Aralashmaga kaliy yodid eritmasidan ortiқcha qo’shib, quyidagi reakstiya borishi uchun 10 daqiqa kutiladi
Br2 + 2KJ = J2+ 2KBr
So’ngra yod ishtirokida binafsha rangga bo’yaluvchi xloroformdan ozgina қo’shib,ajralgan yod silkitib aralashtirilgan xolda,
J2 + 2NaS2O3 = 2NaJ + Na2S4O6
xloroform qatlami rangsizlanguncha, standatlangan natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi.Rezorstin bilan uch molekula brom, ya’ni bromning 6 atomi reakstiyaga kirishgani sababli mazkur reakstiyada rezorstinning ekvivalent omili 1/z = 1/n = 1/6 ga va rezorstinning ekvivalent molyar massasi.M (1/6C6H6O2) = M (C6H6O2) / 6 = 110,11 / 6 = 18,35 g/mol ga teng.
Izoniazidni aniqlash ҳam xlorid kislotali muhitda қuyidagi reakstiya asosida bajariladi Reakstiyadan ortib қolgan bromga, rezorstinni aniқlashdagi kabi, ortiқcha kaliy yodid қo’shib, ajralib chiққan yodni kraxmal indikatori ishtirokida, natriy tiosulfatning standart eritmasi bilan yodometrik usulda titrlanadi. Mazkur reakstiyada izoniazidning ekvivalent omili reakstiyada ikkita brom molekulasi, ya’ni xar biri bittadan elektron қabul қiluvchi to’rtta brom atomi қatnashgani sababli 1/z = 1/4 ga teng.Natriy salistilatni mahsulot bo’yicha titrlash. Tarkibida natriy salistilat HOC6H4COONa bo’lgan eritmaning alikvota qismiga, reakstiyaning stexiometrik nisbatida talab etilganidan ortiқcha ammo aniq miқdorda, kaliy bromatning standart erimasi, ortiqcha kaliy bromid (tuzi yoki eritmasi), xlorid kislota (konstentrik eritmasi) qo’shiladi. Aralashma salistil kislota kislotali sharoitda bromlanishi uchun ma’lum muddat saқlanadi. So’ngra aralashmaga kaliy yodid (kristallari ѐki eritmasi) qo’shib,silkitib aralashtiriladi va 10 daqiqaa saqlanadi. So’ngra indikator sifatida ozgina xloroform qo’shib, qattiq silkitilgan xolda sekin-asta ajralib chiqqan mahsulot – yod natriy tiosulfatning standart eritmasi bilan, xloroform qatlamini binafsha rangi o’chib ketguncha titrlanadi.Taҳlil jaraѐnida quyidagi reakstiyalar boradi
HOC6H4COONa → Na+ + HOC6H4COO- natriy salistilat salistilat-ioni
HOC6H4COO- + H+ = HOC6H4COOH↓ salistil kislota
BrO3- + 5Br- + 6H+ = 3Br2 + 3H2O HOC6H4COOH + 3Br2 = HOC6H2Br3 + CO2 + 3HBr Br2 + 2KJ = J2 + 2KBr qoldiq J2 + 2Na2S2O3 = 2NaJ + Na2S4O6 Mazkur reakstiyada bromning uch molekulasi, ya’ni xar biri bittadan elektron qabul qiluvchi oltita brom atomi ishtirok etmoqda. Shuning uchun natriy salistilatning ekvivalent omili 1/z = 1/n = 1/6 ga teng. Tahlil etiluvchi eritmadagi natriy salistilat konstentrastiyasi va massasi odatdagidek ekvivalentlar qonuni asosida ҳisoblanadi:n (1/6 KBrO3) = n (1/2 Vr2) = n (1/6 NaSal) + n (1/2 J2), n (1/2) = n (Na2S2O3),n (1/6 BVrO3) = n (1/6 NaSal) + n (Na2S2O3),s(1/2 KBrO3) V (KVrO3) = s (1/2 NaSal) V (NaSal) + s (Na2S2O3) V (Na2S2O3), c(1/6 NaSal) = [c(1/6KBrO3) V (KBrO3) – c(Na2S2O3) V(Na2S2O3)] / V(NaSal), m (NaSal) = c(1/6 NaSal) M (1/6 NaSal) U eritma bu erda: NaSal - natriy salistilatning qisqa belgilanishi, boshqa belgilar an’anaviy ma’nolarga ega.Tahlil natijalariga ko’ra taҳlil etilaѐtgan preparat tarkibidagi natriy salistilatning massa ulushi hisoblanadi. Preparatning massasi m bo’lsa, namunadagi natriy salistilatning massa ulushi quyidagiga teng W, % = m (NaSal) ∙100% / m
Do'stlaringiz bilan baham: |