Attestatsiya. Jarayonning hatto chegara darjasidagi zo'riqishli ish tartibida ham yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni kafolatlaydigan barcha tegishli protseduralar o'tkazilganda, hujjatlar, xodimlarni o'qitish va tayyorlash dasturlari, o'lchashlarni olib borish uslublari, nazorat va o'lchash jihozlari va ishlab chiqarish jarayonining bir maromdaligini ta'minlaydigan dasturlar mavjud bo'lganda jarayon attestatsiyalangan hisoblanadi. Biroq bu jarayonning optimal darajaga erishganini yoki to'xtab qolishlar ehtimolining bartaraf etilganini anglatmaydi. Tashkilotning nazoratga e'tibor qaratishidan xatolarning oldini olish g'oyasiga o'tishini ta'minlovchi eng samarali vositalardan biri jarayonlarni tizimli attestatsiyalash sanaladi.
Attestatsiya o'tkazishning murakkabigi jarayonning o'ziga bog'liq. To'liqroq tasavvurga ega bo'lish uchun yangi kimyoviy materialni ishlab chiqarish jarayonini attestatsiyalash talablarini ko'rib chiqamiz. Jarayonning odatdagi ishlab chiqarish davri uch bosqichni o'z ichiga oladi:
Nazariya yoki g'oyani tekshirish uchun murakkab laboratoriya jihozida tajriba namunalari ishlab chiqiladi.
Mahsulotning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va sifatini baholash uchun tajribaviy ishlab chiqarish liniyasi yaratiladi.
Iste'molchiga mo'ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish liniyasi tuziladi va bir yoki bir nechta sinov partiyalari undan o'tkaziladi.
Attesatsiya rejasi. Attestatsiya ikki bosqichda o'tkaziladi:
Ishlab chiqarish operatsiyasi yoki jihozni sertifikatlash. Ishlab chiqarish operatsiyasi yoki jihozning texnik hujjatlarning talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishini tasdiqlash uchun ular sertifikatlashtiriladi.
Attestatsiya sertifikatlashtirishning hamma bosqichlaridan o'tgan turli operatsiyalarni o'z ichiga oluvchi jarayonning maqbul sifatini aniqlaydi. Jarayonni attestatsiyalash uchun barcha operatsiyalar va foydalaniladigan jihozlarni sertifikatlashtirish lozim. Bundan tashqari, jarayonning iste'molchilar talablariga javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishiga ishonch hosil qilish kerak.
Jarayonni attestatsiyalashni o'tkazish uchun javobgarlik odatda sifatni ta' minlash xizmatiga yuklanadi.
Jarayonni attestatsiyalash uchun javobgarlik esa jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha guruhning zimmasiga yuklanadi. Bu guruh tomonidan taftish to'rt bosqichda o'tkaziladi:
Jarayon ishlab chiqish bosqichida baholanadi. Bu bosqichda nazoratning asosiy nuqtalari belgilanadi, ma'lumotlar to'planadi va ishlab chiqarish imkoniyatlari o'rganiladi.
Buyumni tajribaviy ishlab chiqarish va texnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun mo'ljallangan tajribaviy jarayonning tahlili. Bosqichning asosiy maqsadlari: a) baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun foydalanilayotgan jihozlar va jarayonlarning xususiyatlarini aniqlash; b) jarayon va mahsulotning texnik ko'rsatkichlarini baholash uchun zarur sharoitlarni yaratish; c) ishlab chiqarish jarayoni uchun ma'lumotlar omborini yaratish; d) jarayonni tajriba - konstruktorlik ishlaridan doimiy ishlab chiqarishga o'tishga tayyorlash; e) texnologik imkoniyatlarni baholash usullari va ishlab chiqarish tartibiga rioya qilinishini ta'minlash.
Yangi jarayonning iste'molchi va firma talablariga muvofiqligini baholash. Ko'p hollarda cheklangan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo'lgan ishlab chiqarish liniyasi tekshiriladi. Bu liniya yaratilganidan so'ng jarayon kengaytiriladi. Buning natijasida ishlab chiqarish qo'shimcha jihozlarga ega bo'ladi va avtomatlashtiriladi. Jihozlarga o'rnatilgan talablarning chegaralarini va xom ashyo, boshlang'ich materiallarning xususiyatlaridagi o'zgarishlarni baholash uchun mahsulotning yetarli miqdori ishlab chiqariladi.
Iste'molchilarning talablariga javob beradigan jarayonni va mahsulotni seriyali ishlab chiqarish imkoniyatlarini nazorat qilish.