Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni


Federatsiyaning tashkiliy tuzilmasi



Download 3,65 Mb.
bet111/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Federatsiyaning tashkiliy tuzilmasi. Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha tuman va shahar jamiyatlari, shuningdek, jamiyatlarning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri xududiy birlashmalari federatsiyaning ishtirokchilari hisoblanadilar. Ular qonunlar, boshqa me'yoriy hujjatlar, federatsiyaning Nizomi asosida tuziladi va faoliyat ko'rsatadi.
Federatsiyaning maqsadlarini qo'llab - quvvatlovchi boshqa tashkilotlar ham federatsiya qatnashchilari sifatida uning tarkibiga kirishlari mumkin. Ular bilan munosabatlar qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma asosida o'rnatiladi.
Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha tuman va shahar jamiyatlarining tuzilmasining asosi bo'lib mahallalar, uy - joy mulkdorlarining shirkatlari, bozorlar, korxona va tashkilotlarda jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatadigan tayanch guruhlar hisoblanadi. Tayanch guruhlar uch kishidan kam bo'lmasligi kerak.
Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining a'zolari. Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha tuman (shahar) jamiyatlariga 18 yoshga to'lgan shaxslar a'zo bo'lishlari mumkin. Fuqaroning arizasi jamiyatga a'zo bo'lishga asos bo'ladi.
Jamiyatning a'zolari iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish ishlarida faol qatnashish, federatsiya va uning tuzilmalari tomonidan uyushtirilgan barcha tadbirlarda ishtirok etish, federatsiyaning rahbar faollarini saylash va saylanish, jamiyatlar faoliyati to'g'risida to'la axborot olish huquqiga egadirlar. Har bir a'zo jamiyat tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqib ketish huquqiga ega.
A'zolik badallarining miqdorini Federatsiya Kegashi maxsus yo'riqnomada belgilaydi. Nafaqaxo'r va nogiron shaxslar kirish badalini to'lashdan ozod etiladilar.
Federatsiyaning oliy va ijroiya organlari. Federatsiyaning oliy organi Konferentsiyadir. U besh yilda bir marta chaqiriladi.
Konferentsiyaning vakolatiga quyidagilar kiradi:

  • Federatsiyaning Nizomini tasdiqlash, zarurat tug'ilganda unga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish;

  • Federatsiyaning tarkibiga kiruvchilarning asosiy faoliyat yo'nalishlarini belgilash;

  • Federatsiyaning Kengashini, nazorat - taftish qo'mitasini saylash, hisobotlarini eshitish, muhokama qilish va tasdiqlash;

  • Konferentsiyaning muhokamasiga Federatsiya Kengashining tashabbusi bilan boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.

Konferentsiyaning qarorlari qatnashchilarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Konferentsiyalar oralig'i davrida kamida 22 kishilik federatsiya kengashi federatsiyaning ijroiya organi hisoblanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy birlashmalarning rahbarlari va federatsiya raisining o'rinbosari - ijrochi direktor lavozimiga ko'ra kengash tarkibiga kiradilar.
Kengash a'zolarining besh nafar nomzodi iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha idoralararo kengash tomonidan tavsiya etiladi va kengash a'zoligiga kiritiladi.
Federatsiya kengashining vakolatlari:

  • Federatsiyaning raisini saylash, konferentsiyalar oralig'ida zarurat tug'ilganda, kengash a'zolarini o'zining tarkibiga kiritish va tarkibidan chiqarish;

  • Federatsiya raisining o'rinbosari - ijrochi direktorini tasdiqlash;

  • Federatsiyaning faoliyatini asosiy yo'nalishlar bo'yicha muvofiqlashtirish;

  • Konferentsiyalarda qabul qilingan qarorlarni ijro etish;

  • Federatsiyaning faoliyatiga rahbarlik qilish;

  • Nizomning talablarini amalga oshirish, o'z a'zolarining ishlarini takomillashtirish uchun tavsiyaviy, me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;

  • Hududiy birlashmalarning ish yuritish va boshqarish tartibini tasdiqlash;

  • Davlat va nodavlat tashkilotlar bilan uzviy aloqani ta'minlash;

  • Kengashning yillik sarf - harajatlari, ishchi apparati va shtat birliklarini tasdiqlash;

  • Kengash a'zolarining hisobotlarini eshitish;

  • Federatsiyaning jamoat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligini amalga oshirish;

  • Federatsiyaning tarkibiy bo'linmalari va hududiy birlashmalarining ish yuritish va boshqarish tartibini tasdiqlash;

  • Tarkibiy bo'linmalar va hududiy birlashmalarning moliyaviy, statistik va boshqa turdagi hisobotlarini ko'rib chiqish;

  • Federatsiyaning faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo'lgan moliyaviy va moddiy texnika bazasini yaratish;

  • Federatsiya kengashining a'zolariga vazifalarni taqsimlash va h.k.

Federatsiya kengashi raisining vakolatlari:

  • Federatsiyaning asosiy vazifalari, faoliyat yo'nalishlari, huquq va majburiyatlarining bajarilishini tashkil qilish;

  • Federatsiya apparati xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish, vazifalarning taqsimotini tasdiqlash;

  • Federatsiya kengashining majlislarini tayyorlash va olib borish;

  • Federatsiyaning hududiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Federatsiya qoshidagi korxona, tashkilot yoki muassasalarning faoliyatini uyushtirish;

  • Banklarda hisob raqamlarini ochish;

  • Federatsiya manfaatlaridan kelib chiqqan holda respublika hududida yoki chet ellarda faoliyat ko'rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro manfaatli shartnomalarni tuzish;

  • Federatsiya kengashining qarorlarini imzolash;

  • Federatsiya kengashining faoliyatiga oid buyruq va farmoyishlar chiqarish;

  • Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan, chet ellarda iste'molchilarni va federatsiya manfaatlarini himoya qilish;

  • Kadrlarni tanlash va joy - joyiga qo'yish va boshqalar.

Federatsiyaning mulki va moliyaviy asosi. Federatsiyaning
moliyaviy manbalari:

  • Kirish va a'zolik badallari;

  • Federatsiya huzuridagi Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo'llab - quvvatlash jamg'armasining mablag'lari;

  • Hayriya va grantlar;

  • Homiylar tomonidan berilgan mablag'lar va asosiy vositalar;

  • Ijaraga berilgan, hadya etilgan va sotib olingan asosiy va boshqa binolar, inshootlar, jihozlar, qimmatbaho qog'ozlar va boshqa moddiy boyliklar;

  • O'zaro ishonch asosida jalb qilingan uchinchi shaxsning mablag'lari;

  • Bank yoki tashkilotlardan iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha maqsadli loyihalar uchun olingan kreditlar;

  • Nizomning maqsadi va vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan, federatsiya tomonidan tashkil etilgan yoki federatsiya bilan shartnoma asosida ishlaydigan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlaridan tushgan daromadlar va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar.

Federatsiya tomonidan qurilgan, sotib olingan yoki belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy - maishiy va boshqa ob'ektlar, shuningdek, transport vositalari, xo'jalik ashyolari va boshqa ko'chmas mulklar federatsiyaning mulki hisoblanadi.
Federatsiya o'z mulki bo'lgan ob'ektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berish, ijara asosida topshirish, o'z tasarrufidan chiqarish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq tarzda ushbu mol - mulk bilan bog'liq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Federatsiya banklarda o'zining hisob raqamlarini, shu jumladan, valyuta hisob raqamini ochishga haqli.
Federatsiyaning daromadlari federatsiya a'zolari orasida taqsimlanishi mumkin emas, shuningdek, ayrim shaxslar yoki guruhlarning manfaati uchun ham xizmat qilishi taqiqlanadi. Federatsiyaning barcha mablag'lari qonunchilikda belgilangan tartibda faqat Nizomning maqsadlarini amalga oshirish uchun sarflanadi.
Rais muhr va mablag'larni ishlatish uchun mas'ul shaxs hisoblanadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish