Bozorda iste’molchi o’zini qanday tutishi, avvalo, uning tovar, narx haqidagi tasavvuri, moliyaviy imkoniyatlari, didi, bilim darajasiga bog’liq bo’ladi. Narx to’g’risidagi qaror qabul qilishda sotuvchining xulq-atvori o’z faoliyatidan kutiladigan samara; vositalar aylanmasi, foydali savdo chegirmalari va assortiment samarasiga bog’liq. Raqobatchilar xulq-atvori ishlab chiqarilayotgan tovarlarga narxlarda, yangi tovarlar chiqarish va ularni sifatini yaxshilashda ifodalanadi. Marketingda xaridorlarni segmentlashda ishlab chiqarish vositalari va iste’mol bozorida ikki xil yondashuv bor. Chunki bu ikki xil bozordagi xaridorlarning xulq-atvorlari ham har xildir. Marketingda xaridorlarni segmentlashda ishlab chiqarish vositalari va iste’mol bozorida ikki xil yondashuv bor. Chunki bu ikki xil bozordagi xaridorlarning xulq-atvorlari ham har xildir. Ishlab chiqarish vositalari xaridorlar ma’lum bir tovarni korxona faoliyatini va bozorni chuqur tahlil qilib, savdodan keladigan nafni aniq bilganlaridan keyingina sotib oladilar. Iste’mol buyumlari xaridorlari segmentlash belgilari juda xilma-xildir, bu belgilarni tanlash jarayoni juda murakkab. Geografik belgilar o’zi ma’muriy chegaralanishini, yerni holatiga qarab bo’linishini, iqlimiy bo’linishlarni o’z ichiga oladi. Masalan, xaridor qaysi ma’muriy hududiy chegarada ko’proq joylashgan. Respublikamizda 12 ta hududiy bo’linmalar bor. Bu bo’linmalar bir-biridan aholini zichligi, soni va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi bo’yicha farq qiladi. Aholining ham sotib olish imkoniyatlari har xil. Shuningdek, bu hududiy bo’linmalar yerning holatiga qarab ham bir necha guruhlarga bo’linishi mumkin. Masalan, serhosil, sersuv vodiylar, yangi o’zlashtirilgan yerlar, dasht, cho’l, yarim cho’l hududlari. Geografik belgilar o’zi ma’muriy chegaralanishini, yerni holatiga qarab bo’linishini, iqlimiy bo’linishlarni o’z ichiga oladi. Masalan, xaridor qaysi ma’muriy hududiy chegarada ko’proq joylashgan. Respublikamizda 12 ta hududiy bo’linmalar bor. Bu bo’linmalar bir-biridan aholini zichligi, soni va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi bo’yicha farq qiladi. Aholining ham sotib olish imkoniyatlari har xil. Shuningdek, bu hududiy bo’linmalar yerning holatiga qarab ham bir necha guruhlarga bo’linishi mumkin. Masalan, serhosil, sersuv vodiylar, yangi o’zlashtirilgan yerlar, dasht, cho’l, yarim cho’l hududlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |