Amaliyotda yosh mezonidan ham keng foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda bozorning eng shiddatli sektoriga aylangan yoshlar sektori xuddi shu mezonga asoslangan va bu sektor bozorda o’z ishtiroki uchun kurash olib borayotgan juda ko’p korxonalar diqqat-e’tiborida turadi. Jins masalasi bozorni tabiiy ravishda segmentlash omili hisoblanadi. Ayollarning erkaklarga nisbatan boshqacha o’z ehtiyojlari bor, ular marketing strategiyasi vositalariga ham turlicha munosabatda bo’ladilar, shu sababli, odatda bozorda ayollar sektori ajralib turadi, kiyim-kechak, poyafzal, kosmetika bozorlarida bu sektorning o’rni ayniqsa katta. Bozorni tadqiq etishda ko’proq makon omili e’tiborga olinadi, demak, iste’molchilar xulqi, xatti-harakatlari, muayyan hududlar (katta shaharlar, sanoat markazi, shuningdek tumanlar)ga mansub bo’lishini ko’rsatadigan ta’sir o’rganiladi. Tumanlar o’rtasidagi ijtimoiy farqlar iqtisodiyot rivojlanishiga qarab yo’qolib borishi, saqlanib qolishi yoki hatto kuchayib ketishi ham mumkin. Bu farqlar tabiiy va jamg’arilgan resurslar, shuningdek ishchi kuchi resurslari bilan bog’langan, urbanizatsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatadigan tegishli asosiy fondlar bilan belgilanadi. Farqlarni keltirib chiqaradigan yana bir omil - bu fan va san’at markazlarining mavjudligi va ularning kengayib borishi hisoblanadi, ularning ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga ta’siri hamma joyda yuqori qadrlanadi. Marketing faoliyatida bu jihatlardan tashqari yana oilaning hayoti davri deb atalmish hodisaga asoslanadigan segmentlash ham mavjud, ya’ni hayot davrining bosqichlariga qarab oilada o’ziga xos ehtiyojlar va daromad hajmi vujudga keladi. Tumanlar o’rtasidagi ijtimoiy farqlar iqtisodiyot rivojlanishiga qarab yo’qolib borishi, saqlanib qolishi yoki hatto kuchayib ketishi ham mumkin. Bu farqlar tabiiy va jamg’arilgan resurslar, shuningdek ishchi kuchi resurslari bilan bog’langan, urbanizatsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatadigan tegishli asosiy fondlar bilan belgilanadi. Farqlarni keltirib chiqaradigan yana bir omil - bu fan va san’at markazlarining mavjudligi va ularning kengayib borishi hisoblanadi, ularning ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga ta’siri hamma joyda yuqori qadrlanadi. Marketing faoliyatida bu jihatlardan tashqari yana oilaning hayoti davri deb atalmish hodisaga asoslanadigan segmentlash ham mavjud, ya’ni hayot davrining bosqichlariga qarab oilada o’ziga xos ehtiyojlar va daromad hajmi vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |