3. Davlatning iqtisodiyotini tartibga solish usullari va vositalari.
1. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi va uning amalga oshirilishi to`g`risidagi nazariy qarashlar.
1. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi va uning amalga oshirilishi to`g`risidagi nazariy qarashlar.
O`z –o`zini tartibga solishning bozor mexanizmlari amal qilishi.
Iqtisodiyotni markazlashgan tarzda ma` muriy usullar yordamida tartibga solish.
Tartibga solishga davlatning aralashuvini bozor mexanizmlari bilan uyg`unlashtirish orqali erishish.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish to`g`risidagi qarash Djon Meynard Keynsga tegishli. U “Ish bilan bandlik, prosent va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil.) kitobida iqtisodiy inqiroz va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qiladi. Shu sababli davlat fiskal va monetar tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag`batlantirishi va aholining ish bilan bandligini ta`minlashi zarur degan g`oyani ilgari suradi. A.Smitning iqtisodiyotini tartibga solishning bozor mexanizmi xususidagi uchta asosli qoidasi.
Bozorni tartibga solishga davlat aralashmasligi lozim uning vazifasi tinchlikni saqlash, me`yorida soliqlar belgilash, adolatli sud qilishni ta`minlash bilan cheklanishi zarur
Bozorni tartibga soluvchi asosiy kuch – bu “ ko`rinmas qo`l”, ya`ni talab, taklif va raqobat .
Bozor o`z- o`zini boshqaradi. Buni bozor talabi va tovar taklifining o`zaro bog`liqligini ta`minlaydi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklash va tartiblashda bozor mexanizmiga ustuvorlik berish masalasi birinchi marta A. Smit tomonida asoslab berilgan .
(“Xalqlar boyligining tabiati va sabablari xususida tadqiqot ”asarida)
Taklif nazariyasi. Ratsional kutish nazariyasi
Davlat iqtisodiyotini tartibga solish siyosatida ustivorlik tovarlar taklifining yalpi talabga moslashtirishga berilishi lozimligini qayd qiladi
Davlat bozor konyukturasida kutilayotgan inqirozli holatlarni oldindan taxminlash va uning oqibatlarini yumshatish bo`yicha chora-tadbirlar belgilashga qaratish zarurligini qayd qiladi
Monetarizm
Asoschisi amerikalik iqtisodchi M.Fridmen. Uning fikriga ko`ra, davlatning iqtisodiyotiga eng kam darajada aralashuvi pul muomalasi doirasida bo`lishi kerak.
Monetaristlar ning inflatsiyani jilovlashga qaratilgan tavsiyalari:
Pul emissiyasini ishlab chiqarishning o`sishiga mos ko`paytirish
Davlatning aholiga turli to`lovlarini kamaytirish hisobiga sosial dasturlarini qisqartirish.
Neokonservativ oqim yo`nalishlari.
Iqtisodiyotga davlat aralashuvini zarur qilib qo`yuvchi omillar:
Milliy iqtisodiyotga bozor vositasida bajarish mumkin bo`lmagan yoki samarali bajarib bo`lmaydigan vazifalarni hal qilish ( mudofaani ta`minlash, ichki tartibni saqlash , aholini ijtimoiy himoyalash. )
Ishlab chiqarish va iste`mol oqibatida vujudga keladigan ijobiy samara va salbiy oqibatlarni bartaraf qilish.(tozalash qurilmalari va uskunalarini o`rnatish , atrof muhitni muhofaza qilish)
Foydali iste`molni kengaytirish va sog`liq uchun zarar keltiruvchi tovarlar iste`molini cheklash
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi.
Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash , mavjud tuzumni mustahkamlash va uni o`zgarib turuvchi sharoitlarga moslashtirish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning vazifalari.
Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug`diruvchi huquqiy asosni yaratishni va ijtimoiy muhitni ta`minlash.
Raqobatni himoya qilish .
Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash.
Resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash.
Iqtisodiyatni barqarorlashtirishni va iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish.