Talab egri chizig‘iga - narx va talab miqdorining o‘zaro bog‘liqligi Har bir tovarning talab miqdori — bu xaridorlar xohlagan va sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar sonidir. Biz ko‘rishimiz mumkinki, talab miqdori ko‘p omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil qilganda shuni bilishimiz mumkinki, faqat bitta omil — tovarning narxi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Agar bitta pufakning narxi 20 $ gacha ko‘tarilsa, siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar pufakning narxi 0.20 $ gacha tushib ketsa, siz ko‘proq pufakchalarni xarid qilasiz. Iqtisodiyotda ko‘p tovarlar uchun narx va talab miqdorining o‘zaro munosabati haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar buni talab qonuni deb ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning narxi ko‘tarilsa unga bo‘lgan talab miqdori kamayadi, va aksincha tovarning narxi tushganda unga bo‘lgan talab miqdori ko‘payadi.
Individual, ya’ni yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo'lib turmaydi, balki o'zgaruvchan bo'ladi. Talab miqdorining o'zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ulaming ichida eng ko'p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o'rtasidagi bo'ladigan bog'liqlikni quyidagi Л-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.
1-jadval
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bogiiqlik
Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o'sishiga va aksincha, narxning o'sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko'rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o'zgarishi o'rtasida bo'ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o'rtasidagi teskari bog'liqlikni oddiy ikki o'lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko'rsatadi ( 2 -chizma). Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o'rtasidagi teskari bog'liqlikni tasviriy aks ettiradi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo'lgan tovar miqdorini ko'rsatadi.
Ma’lum vaqt oraligMdagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizrnatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boMadi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 2 - jadvalda ko'rsatilgan.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklif miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bogMiqlikdagi o'zgarishi taklif qonuni deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |