Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, iqtisodiy resurslarni iste`molchilarga yetkazib berishdan iboratdir.
Bozor subyekti – ayriboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo`linib, shu bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o`z subyektlari manfaatini bir-biriga bog`lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ay-rim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o`rtasida bevosita aloqa mavjud bo`lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud bo`lib, ular hech qachon bir-birini ko`rmaydi yoki bilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |