Bozor iqtisodiyotining doimiy muam-molari va ularning hal qilinishi yo`llari.
Ijtimoiy xo`jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo`lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilish muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avva-lo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob toppish kerak bo`ladi: 1)qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha ishlab chiqarish zarur?
2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vo- sitasida ishlab chiqariladi?
3)bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - << nima, qan- day qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?>> tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an`anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko`p yillar da-vomida mavjud bo`lib kelayotgan an`analar, milliy, diniy, iqlim va bosh-qa omillar ta`sirida hal etilsa, ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqti- sodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqa-li hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o`zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizmining o`ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalarida kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta`minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog`liq. Bunda mavjud bo`lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foyda-lanish ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona za-rar ko`rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to`plami jamiyat talablarini to`la qondira olishi e`tiborga olinadi. Bozor iqtisodi- yoti sharoitida faqat talab mavjud bo`lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo`lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foyda-si hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ish-lab chiqarishning umumiy xarajatlari o`ratsidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqorili- gi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitqllarning oqib o`tishini ta`minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo`lishi o`zini o`zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yan- gi korxonalarning kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabi- ga nisbatan jadal ravishda o`sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxi- ning pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo`qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo`qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo`lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning “muvozanatli” hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o`zgarishlar ro`y bermaguncha bu muvozanat buzil- maydi. O`z-o`zidan aniqki tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko`rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko`ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo`lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning ta- labdan ortda qolishi ro`y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko`tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natija-da tarmoq o`zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyat barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste`mol-chi talabi alohida, muhim ro`l o`ynashini ta`kidlash lozim. Iste`molchilar-ning tovarlarni sotib olish maqsadida pul daromadlarnin sarflashga tay-yorliklari bozor talabi sifatida namoyon bo`ladi. Agar bunday talab haj-mi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqa-rishga rag`bat sezadi, ya`ni iste`molchi talabining ko`payishi, bu mahsu-lotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste`mol-chi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmini qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste`molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda mu- him ro`l o`ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko`p darajada resurslarni yetkazib beruvchilarga ham bog`liq. Resurslar-ga bo`lgan talab – bu hosilaviy talab, ya`ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlardan kelib chiqadi. O`z daro-madlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslarni yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste`molchi talabi- dan muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga bo`lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste`molchining afzal ko`rishi uning talabi orqali na-moyon bo`ladi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni yetkazib beruv- chilar o`z manfaatlarini ta`minlash uchun bu talabga mos ravishda , yani yuqori foyda olish uchun pul to`lash qobilyatiga ega bo`lgan iste`mol-chilarga zarur bo`lgan turdagi va miqdordagi tovarlarni ishlab chiqara-di va yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qan-day tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti ham o`ziga xos javob bo`ladi. Bunda uchta uzviy bog`liq masalaga e`tibor beriladi:
-resurslarning alohida tarmoqlar o`rtasida taqsimlanishi;
-korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
-har bir korxona resurslarining uyg`unlashuvi va texnologiyani tanlash.
‘’Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim;
Do'stlaringiz bilan baham: |