1. Milliy iqtisodiyotning asosini tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular har qanday jamiyatning hayotiy faoliyatini ta’minlab, inson ehtiyojini qondiradi va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sharoit yaratadi. Barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotda yaratilayotgan va iste’molga taklif etilayotgan ne’matlar hajmi ularga bo’lgan talabga muvofiq kelishi lozim yoki boshqacha qilib aytganda, muvozanatlik holatining quyidagi asosiy sharti bajarilishi kerak:
Haqiqatan sarf qilingan xarajatlar rejalashtirilayotgan harajatlar (E)-bu uy xo’jaliklari, firmalar, hukumat va chet elliklar tomonidan tovar va xizmatlarni harid qilishga rejalashtirilgan mablag’lar miqdoridir (E=C+I+G+Xn). Haqiqatan sarf qilingan harajatlar esa bu ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardir. Firmalar sotish hajmi o’zgarishi munosabati bilan o’zlarining tovar-moddiy zahiralarini ko’zda tutilmagan holda ko’paytirsalar yoki kamaytirsalar haqiqatan sarf qilingan xarajatlar rejalashtiri layotgan xarajatlardan farq qilishi mumkin. Shunday qilib, zahiralar iqtisodiyotning muvozanat holatiga intilishida muhim rol o’ynaydi. Agar firmalar iste’molchilar sotib olishni hohlaganlariga qaraganda ko’proq tovarlar ishlab chiqarishsa, bunda ular o’zlarining tovar-moddiy zahiralarini ko’paytiradi va aksincha, ishlab chiqarish iste’molchilar talabiga nisbatan kam bo’lsa, unda firmalar o’z tovar-moddiy zahiralarining bir qismini sotib yuboradi. Zahiralarning o’zgarishi ishlab chiqarish va daromad miqdorlarini bevosita o’zgarishiga olib keladi, ya’ni zahiralar qanchalik ko’proq jamlansa, ishlab chiqarish va daromad (Y) shuncha ko’p qisqaradi. Mabodo, zahiralar kamayishi ro’y berayotgan bo’lsa, unda firmalar ishlab chiqarishni kengaytirishga majbur bo’ladi va daromadlar oshib boradi. Bunday urinishlar muvozanat holati boshlanmaguncha, ya’ni daromadlar yoki haqiqatan sarf qilingan xarajatlar va rejalashlashtirilgan xarajatlar bir-biriga muvofiq kelmaguncha (Y-E) davom etaveradi.
«Keyns xochi» Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi qisqa muddatli davrdagi daromadlar va rejalashtirilayotgan xarajatlar bunday o’zaro bog’liqligining soddalashtirilgan tasviri Keyns xochi nomini olgan. Keyns xochi daromadning (Y) rejalashtirilayotgan xarajatlarga (E-C+I+G+Xn) bog’liqligini aks ettiradi. Investitsiyalar esa bu xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Rejalashtirilayotgan investitsiyalar miqdori foiz stavkasi ya’ni investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun olinadigan kreditlarga sarflangan xarajatlar bilan aniqlanadi. Foiz stavkasi qancha yuqori bo’lsa, investitsiya qilishni hohlovchilar va rejalashtirilayotgan xarajatlar shuncha kam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |