Bozor uning vazifalari
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo`lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo`jalik yuritish sharoitida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo`llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo ‘’bozor’’ va ‘’bozor iqtisodiyoti’’ tushinchalarining bir-biridan farqlanishini ta`kidlab o`tishimiz lozim. Chunki, ko`pincha bu ikki tushin-chani bir ma`noda ifodalash, ba`zi adabiyotlarda sinonim so`zlar sifatida qo`llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatida bo-zor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro`y berishi natijasida natijasi
natijasida vujudga kelgan bo`lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayriboshlash jarayonini o`z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor mu-nosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo`lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko`rsatuvchi iqti-sodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste`mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya`ni ayriboshlash fazasini o`z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o`xshab ko`rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qiladigan joy deb o`yalashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e`tibor berilsa, u ko`p qir-rali bo`lib, mazmuni o`zgaruvchi ekanligini, turli davrlarda turli ma`noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayriboshlash-ning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u ibtidoiy jamoa tu-zumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlabki tovar almashuv, tovar ay-riboshlash yoki maydoni degan ma`noni anglatadi. Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a`zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo`lgan bo`lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlar-ning paydo bo`lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotti qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayriboshlash T-T ko`rinishida, ya`ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayriboshlash shaklida bo`lgan. Bunday ayriboshlashda vaqt va masofa bo`lmay, bir vaqtning o`zida o`sha jiyda almashuv jarayoni sodir bo`lgan. Keyinchalik tovarlar-ning bunday tarzda ayriboshlashning ziddiyatlarining kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-T-P ko`rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Pulning kelib chiqi-shi bilan savdogarlar, ya`ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste`-molchiga, bir joyda ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug`ullanadi-gan maxsus guruhlar paydo bo`ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berdi, iste`molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog`laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo`lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo`lib qoldi. En-di bozor tushinchasining mazmuni o`zgarib, yangi ma`no kasb etadi, ya`-ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo`la boshla-di. Oldi-sotti jarayonida yangi o`ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining paydo bo`lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada ken-gaydi. Edilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ish-lab chiqarish va vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o`tib ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o`zaro ta`siri to`gridan-to`g`ri emas, balki bilvosita – bozor orqali sodir bo`la boshladi. Shunday qilib, hozirgi davrda bozor shlab chiqaruvchilari bilan iste`mol-chilarning ko`p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o`zaro bir-birlariga bo`lgan ta`sirini bog`laydigan bo`g`in, jamiyat taraqqiyotida modda al-mashinuvini ta`minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |