Mavzu: Bozor iqtisodiyoti – iqtisodiyotining o’zini-o’zi taribga solish va boshqarish tizimi
Reja:
Kirish
1.Bozor ijtimoiy xo’jalik shakllari. Tovar va pul munosabatlari.
2.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
3.Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bozor, bozorning vazifalari, bozor iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti qonunlari, bozorning tuzilishi, to’yingan bozor, to’yinmagan bozor, pinhoniy bozor, istе'mol tovarlari va xizmatlar bozori, rеsurslar bozori, intеllеktual tovarlar bozori, moliya bozori, mеhnat(ishchi kuchi) bozori, axborot bozori, bozor ob'еkti, bozor sub'еkti, bozor sеgmеnti, bozor infratuzilmasi, tovar birjasi, fond birjasi.
Market, market economy, the structure of market, foodstuff and service market.
Infrastruktura (lot. infra — quyi, asos, structura — tuzilish, o’zaro joylashuv), milliy xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va sotsial sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar kompleksini ifodalaydi.
Bozor infrastrukturasi: milliy xo’jalik infrastrukturasining muhim qismi bo’lib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bozor infrastrukturasi turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida ayirboshlash munosabatlarini normal amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bozor infrastrukturasi ham murakkab tuzilishga ega. Ayrim soha, tuzilma, muassasalar, tashkilot va xizmatlar faqatgina alohida turdagi bozorlarda ayirboshlashni normal bo’lishini ta’minlashga xizmat qilsa (masalan, tovar birjalari, savdo uylari, auktsion kabilar tovarlar bozori uchun mehnat birjalari mehnat bozori, fond birjalari qimmatbaho qog’ozlar bozoriga), boshqalari barcha bozorlar turiga (chunonchi, reklama va boshqalar) xizmat qiladi.
Uchinchi turdagilari ishlab chiqarish, sotsial va qishloq xo’jaligi infrastrukturasiga ham taalluqli. Bularga umumiy tarzda xizmat qiluvchi sektorlar (yo’l, transport, energetika, suv ta’minoti, aloqa tizimi va boshqalar) kiradi.
Bozor infrastrukturasi — inson aql-zakovati bilan sinab ko’rishlar va xatoliklar usuli orqali dunyoga keltirilgan, muttasil rivojlanib boradigan va o’zining murakkabligi bilan olimlar, davlat arboblari va amaldorlar, tadbirkorlar va barcha fuqarolarning favqulodda e’tiboriga muhtoj bo’ladigan ulkan tizimdirki, u inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida duch keladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste’molchilar sifatida bu sohalarni yaxshilanishidan manfaaatdormiz.
Bozor infrastrukturasi tovarlar va xizmatlar harakatini tartibga solishda qatnashadi.
Bozor infrastrukturasi turli tuzilmalar orqali kishilarning vaqtini tejaydi. Bozor iqtisodiyotida «Vaqt-pul» bo’ladiki, o’zi shug’ullanib vaqtini ketkazmaslik uchun yakka tartibda ko’rsatiladigan xizmatdan foydalanishni afzal biladilar.
Infrastrukturaning maqsadi — to’lovga qobil talab qilingan sharoitlarda o’zaro yon berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat.
Infrastruktura «hazrati oliylari» — talabga bo’ysunadi, unga har tomonlama monand bo’lishga intiladi.
Iste’mol ehtiyojining cheklanishi infrastruktura bo’g’inlarini bozor qoidalariga binoan «raqsga tushishga» majbur qiladi, raqobatni kuchaytiradi, unga madaniy tus bag’ishlaydi.
Infrastruktura qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor o’yini qoidalarini buzish qiyinroq bo’la boradi.
Albatta, infrastruktura tuzilmalari turli xizmatlar ko’rsatgani uchun xarajatlarni qoplashi, foyda olish, soliqlar to’lashi kerak. Bu so’zsiz tovarlar va xizmatlar narxini ortishiga sabab bo’ladi. Lekin o’z maqsadlariga erishish uchun:
— o’z ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib boradi;
— bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, ishlab chiqarishga bozor talabini etkazish orqali ishlab chiqarish qoidalarini joriy tartibga solinishi ta’minlanadi;
— tovarlarni bozor narxini belgilaydi, shu maqsadda birja mexanizmidan foydalaniladi;
— tovarlar va xizmatlar bozorida marketing asosida buyurtmachi rolini bajarib, barcha iste’molchilar nomidan ish olib boriladi.
Infrastrukturaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, yuvib-tozalash, quritish, saralash, ajratish, qadoqlash, o’rash, paketlash, konteynerlash, saqlash, to’plash, sovitish va iste’molchilarga bir maromda etkazib berish.
2.Sanoat mahsuloti bo’yicha: qabul qilish, o’rash, paketlash, saqlash, talabga binoan iste’mol uchun etkazib berish.
3.Barcha turdagi mahsulotlar bo’yicha ulgurji iste’molchilarga etkazib berish uchun tovarlarni to’plash va aksincha, katta turkumdagi tovarni chakana iste’molchilarga talabga binoan etkazib berish uchun kichik turkumlarga bo’lish.
4.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar va qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlovchilarning avans olishlarini ta’minlovchi f’yuchers va forvard bitishuvlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish.
5.Umumdavlat va regional miqyosda ishchi kuchiga talab va taklifni o’rganish va ishchi kuchini qayta tayyorlash, ishsizlik nafaqalarini berish.
6.Tadbirkorlarni o’qitish, ishsizlarni, xususiy biznes shart-nomalarini ro’yxatga olish.
7.Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash.
8.Tadbirkorlik — tavakkalchilikni (xatarni) sug’urtalash.
9.Tovar tashishni ta’minlash.
10.Tadbirkorlar manfaatini huquqiy himoyalash.
11.Tadbirkorlar ehtiyojiga konsalting, injiniring, auditor, loyiha-smeta va boshqa xizmatlarni ko’rsatish va boshqalar.
Infrastruktura tarkibiga: chakana va ulgurji savdoni ta’minlovchi savdo shoxobchalari, auktsion, tijorat do’konlari, dehqon bozorlari, tijorat-vositachi markazlari, savdo-sanoat palatalari, savdo uylari, yarmarka pavilonlari ko’rgazmalari, tovar birjalari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, davlat tashkilotlari: davlat soliq inspektsiyalari, davlat kontrakt sistemasi antimonopol qo’mitasi, baholarni nazorat qiluvchi inspektsiya, davlat sug’urta xizmati va boshqalar kiradi.
Moliya bozori infrastrukturasi tarkibiga bank tizimi, jumladan: tijorat banklari, valyuta, fond birjalari, brokerlik, sug’urta, xolding kompaniyalari boshqa turdagi moliya-kredit, xizmat ko’rsatish, auditor firmalari kiradi.
Mehnat bozori infrastrukturasi mehnat birjalari, ishchi kuchi band bo’lishlik xizmati, ishchi kuchi migratsiyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilot va boshqalarni o’z ichiga oladi. Davlat tomonidan kadrlarni tayyorlash markazlariga bandlik, nafaqa, xayriya-shafqat, tadbirkorlarni qo’llovchi fondlar va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, transport xizmati, omborlar tizimi, yuridik xizmat, axborot va reklama bilan ta’minlovchi muassasalar kiradi.
Bozor infrastrukturasida birjalar va yarmarkalar alohida o’rin tutadi.
Bozor va xizmatlar bozorining rivojlanishida tovar birjalari va yarmarkalarining roli katta.
Moliya bozorida esa fond birjalarining roli beqiyos.
Tovar, xom ashyo birjalari ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat korxonalaridir. Birja savdosini oddiy savdodan farqi bor.
Oddiy savdo-sotiqda tovarning naqd bo’lishi, xaridor uni ko’zi bilan ko’rishi, qo’li bilan ushlab ko’rishi, sifati haqida shaxsan qanoat hosil etishi yuz beradi. Bu erda xaridor va sotuvchi yuzma-yuz turadi.
Birjada holat boshqacha: operatsiyalarda tovar egasi va xaridorning o’zi qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni maxsus shaxs-lar — brokerlar yuritishadi. Birjada savdo-sotiq naqd turgan tovarlar bilan qilinmaydi. Tovar birjadan juda uzoq masofada, boshqa mamlakatda turgan bo’lishi mumkin. Shu tovardan namuna va uning sifat sertifikati bo’lsa etarli.
Dastlab, birjalar bozorlar asosida vujudga kelgan, lekin evolyutsion jarayon natijasida ular shunchalik o’zgardiki, hozirgi zamon birjasida tovarlar oldi-sotdisi birinchi darajali rol o’ynamay qoldi.
Birjalar uchun:
a) kelajakda tovarlar narxini aniqlash, hamda narx oshkoraligini ta’minlash;
b) rejadagi real talab va taklifni aniqlash, moslashtirish;
v) narxlar kotirovkasini aniqlash;
g) baholar o’zgarishini (tebranishini) sug’urta qilish asosiy o’ringa chiqdi.
Birja savdosining ob’ekti bo’lib, asosan yalpi ishlab chiqariladigan bir turdagi va o’zaro almashinadigan xom ashyo tovarlari yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Odatda, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: don, oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, rangli va qimmatbaho metallar.
Birjada eng katta o’rin egallovchi tovarlardan biri kofe hisoblanadi.
Tovarlar birjasi savdo-sotiq operatsiyalarini bevosita predmeti bo’lib, maxsus kontrakt hisoblanadi. Bunday kontraktlar o’z navbatida zudlik bilan bitim tuzish imkonini beradi. Bu kontraktda faqat tovarlarning bahosi va uni etkazib berish vaqti kelishiladi, xolos. Birjani prezident va kengash boshqaradi. Tovar birjasi daromadi birja muomilasi ishtirokchilari to’laydigan xizmat haqidan tashkil topadi. Tovarlar birjasida mollar naqd bo’lishi shart emas.
Birja savdosida tashkil topgan narxlar birja kotirovkalari deb ataladi. Ular har kuni e’lon qilinib boriladi.
Tashkil qilish printsipi bo’yicha TB ikki xil bo’ladi. Ochiq hamda yopiq birjalar:
Ochiq birjada birja a’zolari bilan bir qatorda boshqa sohibkor, tijorat bilan shug’ullanuvchi, xohlovchilar qatnashishi mumkin.
Yopiq birjada — faqat birjaning a’zolari bo’lganlargina qatnashadi, savdo bitimi tuziladi.
Birja a’zolari uni tashkil etish uchun naqd pul qo’yishadi, ya’ni birja aktsioner jamiyati singari tashkil topadi. Uning ustavi asosida ish yuritiladi.
Aktsionerlik jamiyatidan birja korporatsiyasining farqi, unda birja sertifikati divident olish huquqini emas, shu birjada bitim tuzish imkonini beradi, xolos.
Birja bitimlarining 2 turi mavjud: real tovar va f’yuchers bitimlari.
Real tovarlar bitimida tovarlar birjaga keltirilgan bo’lsa yoki ular tayyor holda bo’lsa, mavjud tovarlar bo’yicha kontrakt tuzilgandan keyin 14 kun ichida tovarlar sotib oluvchilarga etkazilishi shart.
F’yuchers bitimi tovarlarni kelgusida etkazib berishni ko’zda tutuvchi savdo. Tuzilgan shartnomada ko’rsatilgan narx bilan tovar xaridorga etkazib berilayotgan vaqtda narxi farq qilishi mumkin. Uni qaysi tomonga farq qilishiga qarab broker yoki xaridor foyda ko’rishi mumkin. Tovarlar xaridorga 6 oydan 14 oygacha bo’lgan muddatda etkazilishi mumkin.
Birjalar maxsus va universal bo’lishi mumkin. Amsterdam universal birjasi, Liverpul, London maxsus birjalari. Maxsus birjalarda ayrim yoki bir guruh tovarlarga talab va taklif butun bir mamlakat doirasi yoki dunyo miqyosida to’planadi. Oltin savdosi bo’yicha hech qanday birja
London birjasiga tenglasha olmaydi.
Birjaning yana bir belgisi — uning yuksak darajada tashkil etilgan va uyushgan bo’lishidir. Bu erda tartibsiz, ko’r-ko’rona savdo-sotiq bo’lmaydi.
Tovarlar bozorida birjadan tashqari, yarmarkalar ham muhim o’rin tutadi.
Yarmarka so’zi nemischa so’z bo’lib, yillik bozor degan ma’noni anglatadi. Yarmarkalar o’rta asrlarda o’arbiy Evropa (Jeneva, Lion, Leyptsig, Antverpen yarmarkalari va boshqalar) iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynagan.
Kapitalizm rivojlanishi bilan yarmarkalarning xarakteri o’zgaradi, u mavjud tovarlarning yirik miqdori olib kelinadigan markazdan namunalar va standartlar sotiladigan yarmarkaga, ko’rgazmaga aylanadi.
Xarakteri va mazmuniga ko’ra, yarmarkalar universal, ko’p tarmoqli, ixtisoslashgan bo’ladi. Qatnashuvchilar tarkibiga ko’ra, jahon, regional, xalqaro, milliy, mahalliy yarmarkalar mavjud.
Xalqaro yarmarkalar faoliyatini koordinatsiyalash maqsadida 1925 yili Parijda xalqaro yarmarkalar ittifoqi tashkil etildi. Xalqaro va milliy yarmarkalar soni yil sayin ortib borayotir.
Xalqaro yarmarkalar jahon savdosining rivojlanishiga, turli mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, ishlab chiqarish rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Rossiyada yarmarkalarning paydo bo’lishi 13- asr o’rtalariga to’g’ri keladi. Sobiq Ittifoqda 1922 yildan boshlab yarmarkalar paydo bo’lgan.
O’zbekistonda birinchi milliy yarmarka (xalq iste’mol tovarlari ulgurji savdosi bo’yicha) 1995 yilda tashkil etildi. Hozirgi paytda tez-tez milliy turli-tuman yarmarkalar, ko’rgazmalar o’tkazilib turilibdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tilar ekan, respublikamizda ham hozirgi paytda bozor infratuzilmasini jahon talablari darajasida shakl-lantirishga harakat qilinyapti. Chunki, keng tarmoqli bozor infratuzilmasi — fond va ulgurji bozorlar, birjalar, kredit va moliya muassasalari, lizing va konsalting kompaniyalari, tadbirkorlarga xizmat qilishi lozim bo’lgan boshqa tuzilmalar tom ma’noda shakllantirilmas ekan, ular to’la kuch bilan ishlamas ekan, biz iqtisodiyotimizni ochiq, erkin, eng muhimi, samarali, qisqa qilib aytganda haqiqiy bozor iqtisodiyotiga aylantira olmaymiz.
Buning uchun birinchi navbatda bozor infratuzilmasining huquqiy asoslari yaratilyapti.
1992 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Birjalar va birja faoliyati to’g’risida»gi Qonunini qabul qildi. Bu qonun bilan birja va birja faoliyati to’g’risidagi asosiy qoidalar belgilandi.
O’zbekistondagi ulgurji va birja savdosi respublika aktsiyadorlik uyushmasi «O’zulgurjibirja savdo» (1994) tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yilning 9 fevralida «1995 yilda birinchi navbatda zarur bo’ladigan tovarlar bilan iste’mol bozorini to’ldirishning qo’shimcha choralari to’g’risida»gi 42-sonli qarori asosida barcha viloyat markazlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston tovar-xom ashyo birjasining bo’limlari ochildi.
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat ko’rsatish mexanizmi to’g’risida», «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» va boshqa qonunlar qabul qilindiki, ularga mu-vofiq ravishda infratuzilmaning zarur tizimlari shakllantirildi.
1996 yil 18 iyunda 220- sonli qarori bilan «Xususiylashtirilgan investitsiya fondlari to’g’risidagi nizom» tasdiqlandi. Xususiylashtirilgan investitsiya fondlari (XIF) aholining keng qatlamini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tuzildi.
1993 yil «Sug’urta to’g’risida» qonun qabul qilingach, «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasi «Madad» agentligi, keyinchalik «O’zagrosug’urta», 1996 yil mayida qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilariga maslahat — auditorlik va axborot xizmati ko’rsatish uchun maxsus agentlik «Konsauditinform» tashkil etildi. «Vaqt» milliy depozitariysi (1994, 8 iyun) qimmatbaho qog’ozlarni hisobga olish, saqlash va harakatini boshqarish vazifasini bajarmoqda.
Respublika banklar faoliyati «Banklar va bank faoliyati to’g’-risida» qonuni asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda Markaziy bank respublikaning bosh banki hi-soblanadi. Uning viloyat va Toshkent shahrida boshqarmalari bor. O’zbekiston hududida 30 dan ortiq hissadorlik-tijorat banklari faoliyat ko’rsatmoqda.
Bozor infratuzilmasining shakllanishi o’z navbatida milliy bozorning shakllanishini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |