Uning ilmiy ishlarida o’simliklar daraxt, buta, chala buta va o’t o’simlikka ajratilgan. Bundan tashqari barg to’kadigan va doimiy yashil, suv o’simliklarini esa chuchuk suv o’simliklari va dengiz o’simliklariga bo’lgan. Rimlik tabiatshunos Kay Pliniyning (eramizning 24-79 yillari) 37 bo’limdan iborat «Tabiiy tarix» nomli asari zoologiya va botanikaga bag’ishlangan. Ushbu asarning botanika bo’limida Rim agronomiyasi va sistematikasi yoritilgan bo’lib, bundan tashqari 1000 ga yaqin o’simlik tavciflab berilgan. SHu jumladan, o’simliklarni parvarish qilish, tuvak yasash va payvandlashga doir ma’lumotlar keltirilgan. Eramizning birinchi asrida yashagan Rimlik shifokor Dioskorid asarida 500 ga yaqin o’simliklarning o’sish joyi va tarqalishi haqidagi ma’lumotlar berilgan. Botanikani fan sifatida rivojlanishi XV asrlarga borib taqaladi. Bu davrga kelib, Teofrastning lotin tilidagi asarlari grek tiliga tarjima qilingan, Pliniy va Dioskoridning asarlari tahlil qilina boshlangan edi. Dunyo bo’ylab sayyohat qiluvchi qiziquvchilar va botanik olimlarning mehnatlari samarasi sifatida bog’lar turli joylardan keltirilgan o’simliklar bilan bezala boshlangan va ular «Botanika bog’lari» deb atalgan. - Uning ilmiy ishlarida o’simliklar daraxt, buta, chala buta va o’t o’simlikka ajratilgan. Bundan tashqari barg to’kadigan va doimiy yashil, suv o’simliklarini esa chuchuk suv o’simliklari va dengiz o’simliklariga bo’lgan. Rimlik tabiatshunos Kay Pliniyning (eramizning 24-79 yillari) 37 bo’limdan iborat «Tabiiy tarix» nomli asari zoologiya va botanikaga bag’ishlangan. Ushbu asarning botanika bo’limida Rim agronomiyasi va sistematikasi yoritilgan bo’lib, bundan tashqari 1000 ga yaqin o’simlik tavciflab berilgan. SHu jumladan, o’simliklarni parvarish qilish, tuvak yasash va payvandlashga doir ma’lumotlar keltirilgan. Eramizning birinchi asrida yashagan Rimlik shifokor Dioskorid asarida 500 ga yaqin o’simliklarning o’sish joyi va tarqalishi haqidagi ma’lumotlar berilgan. Botanikani fan sifatida rivojlanishi XV asrlarga borib taqaladi. Bu davrga kelib, Teofrastning lotin tilidagi asarlari grek tiliga tarjima qilingan, Pliniy va Dioskoridning asarlari tahlil qilina boshlangan edi. Dunyo bo’ylab sayyohat qiluvchi qiziquvchilar va botanik olimlarning mehnatlari samarasi sifatida bog’lar turli joylardan keltirilgan o’simliklar bilan bezala boshlangan va ular «Botanika bog’lari» deb atalgan.
- O’simliklar nafaqat o’t ko’rinishida balki quritilgan holda ham kollektsiya qilingan va bu kollektsiya vaqt o’tishi bilan dorivor, manzarali va noyob o’simliklar bilan boyib borgan. Bunday o’simliklar to’plamini «Quritilgan bog’lar», keyinroq Gerbariylar deb nomlashgan. Tabiiy va quritilgan holdagi ko’plab o’simliklarni o’rganish keyinroq o’simliklar sistematikasini rivojlanishiga asos solgan. Italyalik botanik TSezalpin (1519-1603) tuzgan o’simliklar sitemasi ham diqqatga sazovordir. U o’simliklar dunyosini ikkita bo’limga ajratgan: 1)Daraxt va butalar; 2)CHalabuta va o’tlar. Meva va uning ichidagi urug’larning xonalarda joylashishiga ko’ra, 15 ta sinfga bo’lgan. TSezalpin tuzgan sistemaning 15-sinfini moxlar, paporotniklar, qirqbo’g’imlar va zamburug’lar tashkil qilgan. TSezalpin fikricha, bu o’ziga xos tiriklik «o’lik tabiat» bilan o’simliklar orasidagi oraliq o’rinni egallaydi. O’simliklar sun’iy sistemasining rivojlanishida shved olimi Karl Linneyning (1707-1778) hissasi katta. Linney terminologiyaga alohida e’tibor qaratib, o’simlik qismlarini aniq nomlar bilan atashni asoslab berdi. Ingliz olimi N. Gryu va italiyalik olim Malpigi (1671) o’z kuzatishlar natijasida turli o’simliklarda tsellyulozali po’stlar bilan ajratilgan bo’shliqlar (xaltachalar yoki pufaklar) borligini aniqladilar va tsitologiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shdilar.
- 2. O’simliklarning oziqlanish xususiyatlari
- O’simliklar dunyosi oziqlanish xususiyatlariga ko’ra yuqorida aytib o’tganimizdek ikki guruhga:
- 1. Avtotrof
- 2. Geterotroflarga bo’linadi.
- Avtotroflar - xlorofilli yashil o’simliklar avtotrof o’simliklar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o’simliklar oziqlanish uchun kerakli organik moddalarni o’zlari tayyorlaydi. Avtotroflar ham o’z navbatida uchga bo’linadi:
- 1. yashil avtotroflar;
- 2. xlorofilsiz avtotroflar;
- 3. parazit va saprofitlar - ular evolyutsion jarayon natijasida xlorofilini yo’qotib parazit hayot kechirishga moslashgan o’simliklardir.
- - Geterotroflar - bu guruhga o’sishi va rivojlanishi uchun zarur organik moddalarni boshqa, ya’ni avtotrof o’simliklarda tayyorlanadigan moddalar hisobiga yashaydigan o’simliklar kiradi.
- - Geterotroflarning bir qismi tirik organizm hisobiga oziqlangani uchun parazitlardeyilib, ularga insonlar va hayvonlar organizmida, ekinlarda parazitlik qiluvchi zamburug’lar hamda bakteriyalar kiradi.
- - Geterotroflarning yana bir qismi saprofitlardeyilib, faqat o’simlik va hayvon qoldiqlari yoki chirindilar hisobiga hayot kechiradi. Masalan, saprofit bakteriyalar va zamburug’ (mog’or zamburug’)lar. O’simliklar olamini o’rganishda bir qancha ilmiy tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.
- 3. Botanikaning asosiy bo’limlari
- O’simliklar morfologiyasi– o’simliklarning tashqi tuzilishini, organlar tuzilishidagi mutanosiblik hamda qonuniyatlarini, o’simliklarda tashqi muhit ta’sirlari tufayli vujudga kelgan o’zgarishlarni o’rganadi. O’simliklar tuzilishiga ko’ra vegetativ va generativ organlarga bo’linishi, organlar tuzilishidagi qutblilik, simmetriyalilik qonuniyatlari va metamorfozi chuqur tahlil qilinadi. O’simlik organlari tuzilishiga ko’ra funktsiya bajaradi yoki vazifasiga mos holda tuzilishga ega bo’ladi. SHuning uchun ham o’simlik organlarining morfologik tuzilishi bilan birga ularning bajaradigan vazifalari ham o’rganiladi;
- O’simliklar anatomiyasi - o’simliklarni ichki tuzilishini o’rganadi;
- O’ s i m l i k l a r f i z i o l o g i ya s i - o’simliklar organizmida bo’lib turadigan hayotiy jarayonlarni, metabolizm qonuniyatlarini (o’simliklar organizmidagi modda almashinish jarayonini), ya’ni o’simliklarning oziqlanishi, o’sish va rivojlanishi, harakati hamda ta’sirchanligini o’rganadi;
- O’ s i m l i k l a r s ist ye matikasi - ularni bir-biri bilan yaqin (o’xshash) lik belgilariga asoslangan holda ma’lum bir sistematik kategoriyalar (tur, turkum, oila, qabila, sinf, bo’limlar) ga joylashtiradi;
- D ye ndrologiya-daraxt va butalarni o’rganadi;
- Algologiya-suv o’tlarini o’rganadi;
- Briologiya-moxlarni o’rganadi;
- Mikologiya-zamburug’larni o’rganadi;
- Pal ye obotanika – qazilma holdagi o’simlik namunalarini tahlilqilish asosida hozirgi o’simliklar o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |