Bog'liq 1 MAVZU Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti Boshqaruvda intel
Ijtimoiy funksiya:
Ijtimoiy hodisalar (turli kasb faoliyati va ularga haq to‘lash tafovutlari, insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning mavjudligi.
Rag‘batlantirish funksiyasi:
Ijro harakatlari me’yorda o‘tishini ta’minlashdan iborat bo‘lib, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish vositalarini o‘z ichiga oladi. Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chiqaradi va Boshqaruvpsixologiyasi aynan shu munosabatlar tarkibini o‘rganadi.
Boshqaruvpsixologiyasiningpredmetivavazifalari. Ko‘rib o‘tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub’ekti va ob’ekti o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o‘zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.
Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv fanida subordinatsiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinatsiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki
bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘rganadi.
Tizimning bunday qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, ular o‘rtasidagi hamjihatlik shakllarini yanada mukammallashtirish koordinatsiya tadbirlarida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruvdagi subordinatsiya va kordinatsiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi. Demak, vertikal aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal aloqalar o‘zaro koordinatsiyani, ya’ni tizimning teng va mustaqil qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o‘zining rasmiy va norasmiy ko‘rinishiga ham ega.
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi ixtiyoriylik va o‘zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta’kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv metodlarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadidagi ta’sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir
Tashkilot personaliga ta’sir etish uslublarini uch guruhga bo‘lamiz: ma’muriy, moddiy va ma’naviy shakllarda ta’sir etish. Bularning har birida ma’lum psixologik mazmun namoyon bo‘ladi va boshqaruv psixologiyasi fan sifatida bu choralarning xodimga ta’sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
Bunday ta’sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Boshqaruv ob’ektiga ta’sir etish uslublariga ko‘ra, uning bevosita va bavosita ta’sir shakllari ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv sub’ekti va ob’ekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko‘z oldimizga keltirsak, boshqaruv sub’ekti sifatida rahbarni, ob’ekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub’ekti, balki ob’ekt sifatida ham tushunish zaruratini qo‘yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.