Mavzu: boshqaruv faoliyatida nizolar va


Idrokdagi tasavvurlar tizimi nizo omili sifatida



Download 101,86 Kb.
bet4/15
Sana24.03.2022
Hajmi101,86 Kb.
#507395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-MAVZU Boshqaruv faoliyatida nizolar. Muloqot madaniyati. Karyera va uning bosqichlari. Boshqaruv kompetensiyalari

Idrokdagi tasavvurlar tizimi nizo omili sifatida. Nizoning yuzaga kelishidagi yana bir turkum sabablarga nizoli vaziyatda inson idrokida yuzaga keluvchi tasavvurlar tizimini kiritish mumkin. Rossiyalik tadqiqotchi A.G Shmelev kichik guruhlardagi nizolarni yuzaga keltiruvchi omillarni o‘rganar ekan, nizoli vaziyatning nizo darajasiga o‘sib o‘tishini aynan shunday tasavvurlar tizimi bilan asoslaydi. Xususan, inson idrokida sodir bo‘luvchi
«egotsentrik tasavvurlar tizimi»da nizo ishtirokchisi butun vaziyatning markaziga o‘z manfaatini, maqsad va ehtiyojlarini qo‘yadi. Bunday kimsa nizo oqibatini faqatgina shaxsiy manfaatining qondirilishi nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Atrofdagi odamlar, narsa va hodisalar esa maqsadga erishish vositasi sifatida qabul qilinadi. Ziddiyat taqozosi bilan yuzaga kelgan vaziyatga bunday yondoshuv nizoning yanada keskinlashuviga asos bo‘ladi.
Nizoli vaziyatga va ishtirokchilarga nisbatan namoyon bo‘luvchi ikkinchi xil munosabat «alterotsentrik tasavvurlar tizimi»ga asoslanadi va bunda asosiy e’tibor o‘zga tomonning manfaati va maqsadlarini qondirishga yo‘naladi. Atrofdagi barcha voqea va hodisalar (shu jumladan ishtirokchining
o‘zi ham) o‘zga tomonning maqsadini qondirish vositasi sifatida aks ettiriladi. Har qanday nizoli vaziyatning yuzaga kelish sababi sifatida o‘zini asosiy gunohkor deb hisoblaydigan kimsalarni aynan shu toifaga kiritish mumkin. Bunday odam haddan tashqari kuyunuvchan, o‘zganing manfaati va xohishlariga e’tibori baland bo‘ladi. Bu toifa kimsalar ishtirokidagi ziddiyat nizo darajasiga ko‘tarilib yetmaydi, lekin vaziyat taqozosi bilan o‘zganing manfaati uchun qayg‘urish natijasida uning ichki nizosi rivojlanib boradi va o‘zga tomonga nisbatan adovat o‘ti alanga ola boshlaydi. Tashqi tomondan tinch va sokin munosabatlar ostida ko‘ngil tug‘yoni va adolatsizlikdan nolish belgilari o‘rin oladi.
Nizoli vaziyatda shakllanadigan uchinchi xil munosabat shakli
«sotsiotsentrik tasavvurlar tizimi» deb ataladi. Bunday tizim avvalgi ikki monotsentrik (bir markazli) tizimdan farqli o‘laroq politsentrik, ya’ni ko‘p markazli ko‘rinishga ega. «Sotsiotsentrik tizim»da vaziyatni hal etish nizoning barcha ishtirokchilari manfaatiga yo‘nalgan bo‘lib, inson muammoli vaziyatni hal etishda ko‘pchilikning ehtiyojini nazarda tutadi.
Albatta, nizoli vaziyatni muvaffaqiyatli va o‘rinli hal etish insoninng aynan «Sotsiotsentrik tizim»ga moyilligi orqali ta’minlanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday odam u yoki bu nizoli vaziyatlar taqozosi bilan uchchala sanab o‘tilgan tizimlar bo‘yicha tajribaga ega. Lekin nizoli vaziyat yuzaga kelganda iloji boricha «Sotsiotsentrik tizim» doirasida harakat qilish har qanday rahbar va xodimning xohish va irodasidadir.
Nizoni hal etish strategiyalarining asosiy mohiyati vaziyatga iloji boricha sovuqqonlik bilan qarash va iloji boricha hissiyot tug‘yoniga berilmaslikdan iboratdir. Aynan shunday mushohadalilikka asoslangan yana bir yondoshuv nizoli vaziyat manbai va adresatini bir-biridan ajratishni taqozo qiladi. Ko‘p hollarda nizoning asl sababi bir yoqda qolib, o‘z nolishimiz va tajovuzimizni boshqa kimsalarga qaratish hollari ham uchrab turadi. Achinarlisi shundaki, odam ko‘p hollarda nizoning asl sababi bo‘lmish o‘z ichki ziddiyatlari va tafovutlarini tahlil etishga qurbi yetmaydi. Bunday tahlilga moyillik ma’lum ko‘nikma va psixologik malakani talab qiluvchi holat bo‘lib, aynan shunday psixologik mutasaddilik ichki nizolarimiz asl sababini tezda anglab olishga va atrofdagilar bilan muvozanatli munosabat qurishga imkon yaratadi. Bunday vaziyatda ichki zo‘riqishimizni yengillashtirish usullaridan biri jismoniy harakatlar bilan mashg‘ul bo‘lish hamdir. Odatda, har qanday ruhiy zo‘riqish tanamizning turli qismlarida o‘z aksini topadi. Shuning uchun tanadagi zo‘riqishni jismoniy faollik orqali susaytirish ichki nizoni kamaytirish imkoniyatlaridan biridir.
«Sen-Men» ma’lumot. Odatda har qanday nizo ishtirokchisi o‘z manfaatlari kamsitilayotgan deb ta’kidlaydi hamda ko‘pincha o‘zga tomonni ziddiyat sababchisi deb ayblashga moyil. Ko‘p hollarda nizoli vaziyatning rivojlanishi o‘zga tomonning ayblari va kamchiliklarini fosh etishdan boshlanib o‘zaro haqoratgacha o‘sib o‘tadi. Nizo ishtirokchilarining e’tibori o‘zganing shaxsi va hayot uslubi doirasiga qaratiladi. Masalan, «Agar Sen
shunday qilmaganingda aynan shu natija bo‘lmas edi», «…yana Sen unutib qo‘ydingmi…», «Senga necha marta tayinlash kerak bu vazifani…». E’tibor berilsa, nizo keskinlashuvidagi asosiy muloqot shakli o‘zga kimsaning shaxsiga va hatto shaxsiyatiga yo‘nalganlikdir. Bunday munosabat qurilganda nizoning yanada rivojlanib borishi tabiiy holdir. Lekin shu rivojlanishni to‘xtatish va jarayonni ijobiy tomonga burib yuborish usuli ham bor. U ham bo‘lsa e’tiborni o‘zgaga emas, balki o‘z ichki kechinmalariga qaratishdan iboratdir. Masalan, gap egasidagi «Sen» o‘rniga «Men» iborasi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonga ko‘chish – «Kitobimni olib kelmaganing oqibatida men juda noqulay ahvolga tushib qoldim, axir bugun darsga tayyorlanmoqchi edim», «Seni 1 soat poylab turib ichimda turli hislar o‘tdi, biron narsa bo‘lib qolmadimikan, deb ko‘p xavotirlandim…», «Bu vazifani Senga bir necha marta eslatish men uchun juda noqulay, xuddi iltimoslarim javobsiz qolayotanday his etyapman o‘zimni». E’tibor berilsa, nizo ishtirokchisi nizo jarayonini o‘zga kimsa sha’niga emas, balki shu vaziyat tufayli yuzaga kelgan o‘z ichki kechinmalarini bayon etishga qaratyapti. Bu uslub «Sen»ga yo‘nalgan ma’lumot uzatishning «Men» shakliga o‘tishi deb ataladi. Ushbu uslub qo‘llangan paytda ko‘pincha o‘zga tomon o‘zini himoyalashdan voz kechadi va hatto o‘z aybini tuzatishga harakat qila boshlaydi ham.

Download 101,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish