Mavzu: boshqaruv faoliyatida nizolar va


Nizolarni bartaraf etish yo‘llari



Download 101,86 Kb.
bet3/15
Sana24.03.2022
Hajmi101,86 Kb.
#507395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-MAVZU Boshqaruv faoliyatida nizolar. Muloqot madaniyati. Karyera va uning bosqichlari. Boshqaruv kompetensiyalari

Nizolarni bartaraf etish yo‘llari.


Nizo predmeti doirasida munosabat qurish. Nizolarni boshqarishning eng maqbul imkoniyati jarayonning boshlang‘ich ikki bosqichidadir. Aynan o‘zaro ziddiyat va nizoli vaziyat yuzaga kelayotganini anglash davrida shaxs keyingi bosqichlarga o‘tib ketmasligi va jo‘sh urishni boshlamagan hislarning oldini olish mumkin. Nizoning bu davrida e’tiborni ziddiyat predmetiga qaratish lozim. Har qanday nizoni yuzaga keltiruvchi sabab uning predmetida joylashgan. Binobarin, nizoning rivojlanishi diqqatni predmetdan munosabatlar sohasiga o‘tkazish bilan xarakterlanadi. O‘zaro ziddiyatdan kelib chiquvchi nizo munosabatlari hissiy tug‘yonda o‘ aksini topadi. Psixologiya fanida hissiyot inson munosabatlarini aks ettirish jarayoni, deb ta’riflanishi ham bejiz emas. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib quyida nizoli
vaziyatni to‘xtatishning asosiy sharti va imkoniyati sifatida nizo predmeti doirasida harakat etish zarurati ta’kidlanadai. Bunday harakatda hamma e’tibor nima sababdan nizo kelib chiqqanligi va muammoni hal etishga intilish, iloji boricha shaxsiy munosabatni oshkora etish doirasiga o‘tib ketmaslik lozim.
Diqqatni ko‘chirish. Nizoli vaziyat rivojlanayotganligini anglaganilgan zahotiyoq biron narsaga diqqatni ko‘chirish, begona ob’ektlarga e’tiborni qaratish lozim. Bunday paytda vaziyatni hazilga yo‘yish, biron bahona topib xonadan chiqib ketish va umuman, vaziyatdan diqqatni chalg‘itish lozim.
Aniqlanishicha, inson nizo bosqichlari, ularning har bir xususiyati haqida garchand ko‘p bilimga ega bo‘lmasin, o‘z-o‘zini idora etish doim ham oson ish emas. Shu munosabat bilan nizoli vaziyatni boshqarish malakasini shakllantiruvchi quyidagi osongina mashqni taklif etish mumkin. Har qanday nizoli vaziyat bo‘lib o‘tgandan so‘ng shu vaziyatning boshlanishi, rivojlanishi, har bir bosqichdan o‘tishini ko‘z oldingizdan o‘tkazing. Miyangizda xuddi kinfoilmga o‘xshash tasavvurlar yordamida bo‘lib o‘tgan jarayonni qayta tasvirlang. Nizoning qaysi qismida tetik harakat qilganingiz va qaerda jarayon rivojalanishini to‘xtatish imkoniyatim bor edi, deb o‘zingizdan so‘rang. Shundan so‘ng ushbu voqea tasvirlangan «kinofilmni» teskari holda ko‘z odingizdan o‘tkazing, ya’ni nizoning oxiridan toki boshlanish nuqtasiga qadar vaziyatni qayta tasavvur etib chiqing. Bir voqeani boshidan oxiriga va qayta tarzda jonlantirish o‘xshash vaziyatlarni nazorat eta olish iikonini yanada oshiradi, jarayonga sovuqqonlik bilan qarash, shu kabi vaziyat yana qaytalaganda uni chetdan kuzata olish malakasini yaratishda birinchi qadam bo‘lib hisoblanadi. Nizoning boshlang‘ich bosqichlarida vaziyatdan o‘zini ajrata olish qurbiga ega bo‘lgan odam hohlasa nizoni rivojlantirmay, bamaylixotir muhokama kilishi yoki bo‘lmasa, hozircha boshqa narsalarga diqqatini yo‘naltirgan holda o‘zga tomon yupangandan so‘ng yana masalani muhokama etishga qaytish imkoni bor.

Download 101,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish