Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda sintaksis elementlarini o‘rganish. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni punktuatsiya elementlari bilan tanishtirish Reja



Download 248,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana03.04.2022
Hajmi248,23 Kb.
#525896
1   2   3   4   5
Bog'liq
5. maruza

5- Punktuatsiya haqida tushuncha
Ma’lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar 
yig‘indisidir. „Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim 
vositalaridan biri sanaladi“. Boshlang‘ich sinflarda to‘rtta tinish belgisi: gap 
oxirida nuqta, so‘roq, undov belgisi hamda uyushiq bo‘lakli, undalmali gaplarda 
vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda 
o‘rgatiladigan tinish bclgilari kam bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchi har bir sinfda 
tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o‘qituvchi, 
avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o‘rnini ko‘rsatadi. Tinish belgisi 


fikrni to‘g‘ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini 
tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun 
gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qo‘yilmagan) yaxlit matn o‘qitiladi; 
o‘quvchilar bunday matnni o‘qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga 
ishonch hosil qiladilar. 
Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch 
asos bir-biriga o‘zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo‘yishda, avvalo, 
bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni 
gapning qurilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarga tinish 
belgilarining qo‘llanilishini o‘rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo‘llashni 
belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi. 
6-Kichik yoshdagi o‘quvchilarni punktuatsiya bilan tanishtirish 
yo‘llari:
1-sinf o‘quvchilari savod o‘rgatish davridayoq nuqta, so‘roq va undov 
belgilari bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar „Alifbe" o‘qimasalar ham, rasmga 
qarab gap tuzadilar. 
O‘qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to‘xtam (pauza) bilan 
ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasayishini tushuntiradi. Bolalar, o‘qituvchi 
topshirig‘iga ko‘ra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va o‘rtasida 
to‘xtam qilish hikoya mazmunini aniq tushunishga yordam berishiga ishonch 
hosil qiladilar. Ular gapni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgana boshlaydilar. Bu gap 
oxiriga nuqta qo‘yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion grafik 
chizmadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so‘zlarni 
sanaydilar va o‘qituvchi rahbarligida chiziqcha bilan belgilaydilar.
O‘zbekiston bizning Vatanimiz(- - - ). Boshqa gap tuzib, uni ham 
chiziqcha bilan belgilaydilar. 
Biz uni sevamiz (- - - ).
O‘qituvchi uni og‘zaki izohlaydi. So‘roq va undov belgilari ham savod 
o‘rgatish davrida tanishtiriladi. Bunda ovozning biroz ko‘tarib o‘qish zarurligi 


tushuntiriladi. Undov belgisini qo‘yishda esa gapning his-hayajon ifodalashi va 
alohida ohang bilan o‘qilishi izohlanadi.
II sinfda ,,Gap“ bo‘limi materiallarini o‘rganish paytida nuqta, so‘roq 
belgisi va undov belgisini qo‘yish o‘quvchilarga atroflicha o‘rgatiladi.
IV sinfda ,,Gapning uyushiq bo‘laklari“ mavzusi o‘rganilganda vergul 
qo‘yilishi sharhlanadi.
O‘quvchilar turli xil mashqlarni ishlash jarayonida chiziq, ikki nuqtaning 
qo‘llanishi bilan ham amaliy tanishadilar. Masalan, olma,olcha, nok – meva. 
Kitob – bilim bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i.
Dastur talabiga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda qo‘shma gap bilan ham 
tanishtiriladi. Bunda sodda gap bilan qo‘shma gap o‘zaro taqqoslanadi. Ish 
ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. (Maqol.) Bahor keldi, ariqlarda suvlar 
to‘lib oqa boshladi.
Shu bilan bir qatorda ammo, biroq, lekin, shuning uchun bog‘lovchilari 
qatnashgan qo‘shma gaplarda vergulning qo‘yilishi ham tushuntiriladi.
Ona tili darslarini o‘qish darslari bilan boglash sintaksis va punktuatsiya 
elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridan biri hisoblanadi. 
O‘quvchilar bu darslarda sintaksis sohasidagi bilimlariga asoslangan holda 
ifodali o‘qish, so‘zni aniq ishlatish, o‘z fikrlarini grammatik to‘g‘ri 
shakllantirishga o‘rganadilar. Shunday qilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
gap haqidagi elementar bilimlari og‘zaki va yozma nutqda gapdan ongli 
foydalanishni ta’minlaydi. Xullas, o‘quvchilarga tinish belgilari haqidagi 
qoidalarni mukammal o‘rgatish uchun sintaktik-punktuatsion tahlil, bayon va 
insholarda tinish belgilarining qo‘llanishini sharhlash kabi mashqlardan 
foydalaniladi. 
Savol va topshiriqlar 
1.Sintaksis nimahi o‘rganadi. 


2. Boshlang‘ich sinflarda sintaksisni o‘rganishdagi lzchillikni tushuntiring
3.Gap, so‘z birikmasi, bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar mavzusini 
o‘tishda qanday o‘yinlardan foydalaniladi. 
4. Sintaksisni o‘rganishda o‘quvchilar o‘zlashtiradigan bilim, ko‘nikma va 
malakalar nimalardan iborat ekanligini izohlang.
5.Punktuatsiya nimani o‘rgatadi? 
6.Tinish belgilari boshlang‘ich ta’limda qachondan boshlab o‘rgatiladi? 
7.4-sinfda qaysi mavzularni o‘qitishda tinish belgilaridan foydalaniladi? 
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar 
1.
Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. (Boshlang‘ich 
ta’lim talabalari uchun darslik). – T.: Noshir, 2009, 283-286-betlar. 
2.
Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek tilida punktuatsiya. – T.: O‘zFAN, 1951. 
3.
Abdurahmonov G‘. Punktuatsiya o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 
1968, 6-bet. 
4.
Nazarov K., Egamberdiyev B. O‘zbek tilida imlo-ishora qoidalari. – T.: 
O‘qituvchi, 1996, 3-bet. 

Download 248,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish