2-BOB. ONA TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY O`QITISH VOSITALARIDAN FOYDALANISH USLUBIYOTI
2.1. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida axborot
texnologiyalardan foydalanish
Ta‘lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan
yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirgan
kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini egalashga erishgan-komillikka intiladigan barkamol
avlodni voyaga yetkazishdir. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan
islohatlarda umumta’lim maktablari hal qilivchi kuchga aylangani ayni haqiqatdir.
Maktablarda kelajak avlod vorislarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan imkoniyatlar o‘z
navbatida, pedagog xodimlardan sifatli ta’lim-tarbiya berishni, o‘quvchi yoshlardan
esa puxta bilim olishni talab etadi. Bu o‘z navbatida har bir o‘qituvchi zimmasiga
yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi.
Boshlang’ich ta’lim ta’lim-tarbiyaning poydevoridir. Poydevor qanchalik
mustahkam bo‘lsa imorat shunchalik chidamli bo‘lganidek, mukammal boshlang‘ich
ta’lim olgan o‘quvchilar yuqori sinflarda va ta’limning keyingi bosqichlarida hech
qiynalmasdan yanada yuksak natijalarga erisha oladi. Shuning uchun boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari o‘quvchilar savodini chiqarishda, ularga mustahkam bilim berish
va ularda zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda barcha imkoniyatlarni
ishga solishlari, ilk ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli olib borishi lozimdir. Bu vazifa
har bir o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi va bu mas’uliyatni to‘laqonli
his etgan holda mehnat qilish zamirida esa ijodkorlik, izlanish,ilg‘or va innovatsion
texnologiyalarni, ilg‘or ish tajribalarini, samarali didaktik materiallarni o‘qitish
jarayonida mahorat bilan qo‘llash faoliyati yotadi.
Hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, yoshlarga ta’lim va tarbiya
berishning hozirgi bosqichi bu jarayonga axborot-kommunikatsion
texnologiyalarining, kompyuter texnikasining keng ko‘lamda kirib kelishi bilan
xarakterlanadi. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga
oshirilishi tufayli bugungi kunda deyarli barcha maktablar kompyuter texnikasiga ega
bo‘ldilar va maktab jamoalari ta’lim jarayonida mazkur texnika imkoniyatlaridan
unumli foydalanmoqdalar. Respublikamizda ta’lim jarayonida axborot
kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish uchun tegishli ilmiy-metodik bazani
yaratish va mustahkamlash jarayoni ketayotir. Yaratilgan va ta’lim muassasalariga
qadar yetkazib berilayotgan elektron darsliklar, ayrim olingan mavzular bo‘yicha dars
loyihalari, slaydlar to‘plamlari ,Xalqaro baholash dasturlari bo ‘yicha o‘quvchilarni
zamon talablari bo ‘yicha baholash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar fikrimizning
dalilidir.
Umumiy o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yodashuv asosidagi davlat ta’lim
standartlarida har bir o‘quvchining tayanch va fanga oid kompetensiyalarini
umumjahon ta’lim standartlari doirasiga olib chiqish vazifasi qo’yilgan.
O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishni esa zamonaviy axborot
texnologiyasisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishda ona tili ta’limi muhim
omillardandir. Ona tilini o‘qitishda axborot texnologiyalardan unumli foydalanish
ta’lim samaradorligini beqiyos oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham umumiy
o‘rta ta’limning har ikkala bosqichida ona tili ta’limi samaradorligini oshirish uchun
qilinadigan sa’yi-harakatlar bugungi kunning ham talabidir desak yanglishmaymiz.
Kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standartlarida o’quvchining
savodxonligini oshirish maqsad qilib belgilangan ekan, bunga boshlang’ich
sinflardanoq jiddiy e’tibor qaratish lozim. Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini
o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning keng imkoniyatlari
yaratilgan va bular sirasiga o‘quv adabiyotlarining yangi avlodlari: elektron o‘quv
qo‘llanmalar, elektron darsliklar, qisqa interaktiv o‘quv dasturlari, audio
qo‘llanmalar, multimediali darslarni kiritish mumkin. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining ona tili darslarida o‘quvchilarning savodxonligini oshirishida eng
qulay va zamonaviy usullardan biri-dars jarayonida multimedia darslaridan
foydalanish, o‘quvchilarda ijobiy o‘quv motivlarini hosil qiluvchi avvaldan
dasturlashtirilib disklarga yozilgan o’quv topshiriqlari yordamida og‘zaki va yozma
matnlar yaratishga mo‘ljallangan kommunikativ modullar asosida ishlashdir.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so‘z yasash, gap tuzish va matn yaratishga
mo‘ljallangan kommunikativ modullar o‘quvchilarni aniq, jadal fikrlashga, oxirgi
maqsad sari intilishga, lozim bo’lsa o‘z fikrini himoya va isbot qilishga o‘rgatadi, o‘z
nutqiy mahoratini mustaqil rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur
fikrlarning rivoji uchun imkoniyat yaratish esa, yana va yana o‘qituvchiga, uning
pedagogik mahoratiga, zamonaviy texnika vositalarini tushunishi va uni
o‘rganilayotgan mavzu doirasida tadbiq eta bilishiga bog‘liqdir. So‘zimizning isboti
sifatida 4-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini
oshirishga mo‘ljallangan o‘yin topshiriqlardan namuna keltiramiz.
1-topshiriq. Berilgan maqollarni multimedia ekraniga tering. Ifodali o‘qing va
ma’nolarini sharhlang.
1. Odam bo‘laman desang,
Ona tilingni sev.
2. Mehnat qilgan elda aziz.
3. Til bilgan el biladi.
4. Ona-yurting, oltin beshiging.
2-Topshiriq. Odam, yurt, oltin so‘zlariga yaqin ma’noli so’zlarni toping. Eng
ma’qulini tanlab daftaringizga ko‘chiring.
Yoki “Davom ettir ” didaktik o‘yinidan foydalanish mumkin. Monitordan
o‘quvchilar biror gapning boshlanishini o‘qiydilar, keyin o‘zlari jumlalarni oxiriga
yetkazadilar. Masalan:
1. Qish fasli tugagach, bahor fasli kirib keldi.
2. Bahor fasli ................... oyidan boshlanadi
3. Bahor fasli ……………oylaridan iborat.
4. Issiq o‘lkalardan qaldirg‘och, …………………kabi qushlar uchib keladi.
Bolalar nuqtalar o‘rniga quyidagi so‘zlarni qo‘yib davom ettiradilar.
1. Qish fasli tugagach, bahor fasli kirib keldi.
2. Bahor fasli mart oyidan boshlanadi
3. Bahor fasli mart, aprel, may oylaridan iborat.
4. Issiq o‘lkalardan qaldirg‘och, jiblajibon, turna kabi qushlar uchib keladi.
Bunday topshiriqlarning miqdori, mazmuni va shakli turlicha bo‘lishi tabiiy.
O‘qituvchi buni darsning xarakteri, maqsadi. Dars jarayonidagi ehtiyoj va
imkoniyatga qarab belgilaydi.
Dars jarayonida yozilishi va tahlil qilinishi lozim bo‘lgan maqollar o‘qituvchi
tomonidan diktafonda qiroat qilinadi. O‘quvchilar eshitganlarini imlo qoidalari
hamda tinish belgilariga rioya qilgan holda kompyuter ekraniga terishi lozim. Tayyor
maqollar o‘qituvchi tomonidan qiroat bilan mikrofonda o‘qiladi, boshqalar esa
eshituv asbobi (naushniklar) orqali qiroatni tinglaydilar. O‘qilayotgan maqollarni esa
multimediya ekranida ko‘radilar va tanqidiy fikr bildiradilar. Bu topshiriqni
bajarishda o‘quvchilar so‘zlarni to‘g’ri va chiroyli talaffuz qilishga, imloviy
xatolardan saqlanishga, jumlani shoshilmay qiroat bilan o‘qishga harakat qiladilar.
Bir yo‘la qiroat san’ati sirlaridan ham bahramand bo‘ladilar.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan
foydalanish o‘quvchilarda jadal fikrlash, zamonaviy texnika bilan erkin ijodiy
muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi va rivojlantiradi. O‘quvchida tez bilib olishga,
ixcham va jadal fikrlashga, o‘z bilim va malakasini darhol namoyish yetishga
ishtiyoq, o‘z bilimiga ishonch ortadi. Qisqa qilib aytganda, kompyuter bilan muloqot
o‘quvchini o‘z-o‘zidan ta’lim jarayonining sub’ektiga aylantiradi. Kompyuter dasturi
uni faol ishlashga, tez fikrlashga, fikrni aniq va qisqa ifodalashga o‘rgatadi.Bunday
samara esa bugungi kunda ayni muddaodir.
Demak, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishni davr talab
qilayotir.Bu talabga javob bera olish uchun o‘qituvchi bunday texnologiyani puxta
bilishi, yuksak mahorat bilan qo‘llay olishi, o‘rganiladigan materiallarning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni to‘g’ri tanlay olishi lozim. Bu
boshlangich sinflarda, ayniqsa muhim.
Axborot — kommunikatsion texnologiyalari barcha sohalar qatori ta’lim tizimiga ham izchillik bilan kirib kelmoqda. Jumladan, axborotlashtirilgan multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta‘limga joriy etish orqali o‘tiladigan fanlar mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘ liq va mukammal ravishda singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari boshlang‘ich ta’limda multimedia vositalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos afzalliklari ham bor. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin: − ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi; − o‘quvchini izlanishga undaydi; − o‘quvchi ta’lim jarayonini bir vaqtning o‘zida ko‘radi, uni eshitadi, o‘quvchilarga kengroq qamrovdagi va kattaroq hajmdagi materiallarni tezroq yetkazib beriladi; − o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi; − o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; − mashg‘ulotlarni jonli va muloqotli tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi; − ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab ularni − o‘quvchilarga xohlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi; − o‘z-o‘zini namoyish etish imkoniyatini beradi, ta’lim mazmunini yoritishda animatsiyalardan foydalanishning keng imkoniyatlari yaratiladi. Shuning bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning va o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy tarbiyasi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, shu orqali jamiyat ma’naviyatini shakllantirishga erishish mumkin. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirib, uni mustahkamlab borish lozim. Albatta bu ishlarni oiladan boshlash kerak, ya’ni oilada farzandlarimizdagi ma’naviy sifatlarni tarbiyalashdan boshlash zarur, chunki ularga berilgan tarbiya o‘zlari bilan o‘sib takomillashib boraveradi. Shuning uchun ham farzandlarimiz ma’naviyatini shakllantirish va uni yuksaltirishni avvalo oiladan, keyin esa bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizimida olib boriladi. Qolaversa, boshlang‘ich ta’limda ona tili fani mazmuniga Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur, an’ana va milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirish hamda muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, saranjom-sarishtalik, odobli, mehnatsevar bo‘lish kabi insoniy sifatlarni shakllantirib borish lozim. O‘quvchilarga ma’naviy tarbiya berishni quyidagi uch yo‘nalishda olib borgan ma’qul: O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’sirlar. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf etish. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning multimediali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va undan amaliyotda keng foydalanishga erishish. Shuningdek, multimedia usuli ta’lim samaradorligini oshirishda quyidagi ta’limiy va tarbiyaviy afzalliklarga ega: axborotning xilma-xilligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi; “Inson — kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi ancha keng bo‘ladi va undan har tomonlama axborotlarni oladi; o‘quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu o‘z navbatida ularga ishonchni shakllantiradi; o‘quvchilar tafakkurini faollashtiradi; o‘quv faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; o‘z-o‘zini namoyish etish imkonini beradi; turli fikr va mulohazalarga diqqatni jalb qilishni o‘rganadi; yangi fikr-mulohazani bildirishga va o‘zlashtirishga ruhan tayyor bo‘ladi. Bugungi kun o‘quvchisi, ularning orzu-intilishi, qiziqishlari orasida ham katta farq bor. Shundan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida ro‘y berayotgan yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lishi, o‘z sohasiga doir zarur ilmiy yangiliklarni mehnat faoliyatiga tatbiq etishi, faqat darslikka tayanib qolmasdan, mavzu ko‘lamini o‘quvchilarga anglata bilishi, o‘z ustida tinmay izlanishi, o‘zida bor bilimlarni yanada kengaytira borishi lozim. Donishmandlarimiz aytganidek: «O‘qitish — ikki barobar o‘qish demakdir». Demak, har bir o‘qituvchi-murabbiy bu o‘gitga amal qilar ekan, aslo kam bo‘lmaydi. Eng katta farq esa hozirgi kun o‘qituvchisining ish faoliyati innovatsion axborot texnologiya dunyosi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rni borligida. O‘qituvchilik kasbining qator mas’uliyatlarini sanab o‘tish mumkin. Bular qatoriga bola ruhiyatini o‘rganish, undagi salbiy jihatlarga qarshi kurasha olish, o‘quvchilari qalbida o‘z faniga qiziqish uyg‘otish barobarida Vatanga, oilaga, ota-onaga, do‘stlariga nisbatan mehr-muhabbatli qila olish, har bir o‘quvchining oilaviy sharoitini o‘rganib, otaonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilarni kiritish mumkin. Biz o‘qituvchilar yosh avlod ongiga shakl beruvchi, ularni yuksak pog‘onalarga olib chiquvchi sharafli kasb egalari ekanligimizni ham unutmasligimiz kerak. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi har bir inson uchun hayotda bilishi shart hisoblangan to‘g‘ri so‘zlash, ifodali o‘qish, o‘z fi krini mustaqil bildira olish, og‘zaki va yozma nutq hamda savodxonlikning imkon qadar yuqori darajasini egallashlarida ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu ham uning zimmasidagi mas’uliyatning bir ko‘rinishidir. O‘qituvchi xalqi shunday xalqki, u har bir o‘quvchisini o‘z farzandidek qabul qiladi, uning yutug‘idan to‘libtoshib faxrlanadi, iztirobiga bab-baravar sherik bo‘ladi. Ba’zi hollarda ayrim o‘quvchilarning og‘ir oilaviy sharoiti, ota-onasi qaramog‘ida emasligi va bu uning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, ba’zan bolalar tarbiyasi faqat maktabdagina nazorat ostida bo‘lishi, bunday o‘quvchilarning muntazam darslarda qatnashmasligi kabilar o‘qituvchilarimiz dilini xiralashtiradigan jihatlar hisoblanadi, chunki o‘qituvchi uchun bolaning begonasi bo‘lmaydi, u barchasini o‘z farzandidek ko‘rib yashaydi... Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni muntazam ravishda olib borish lozim. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik omillarni ham ko‘plab topsa bo‘ladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga mustahkam didaktik asos bo‘la oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, o‘ziga xos innovatsion jarayon bo‘lib, bunda o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |