Mavzu: Boshlang`ich sinf matematika fani dasturlari tahlili


Matematika o’qitishning umumiy pedagogik dasturlar tahlili



Download 48,13 Kb.
bet6/7
Sana13.09.2021
Hajmi48,13 Kb.
#173369
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang`ich sinf matematika fani dasturlari tahlili

2.1 Matematika o’qitishning umumiy pedagogik dasturlar tahlili
Darsning didaktik maqsadida ushbu mazmunidan ularga darsning strukturasi bog’liqligi kelib chiqadi, ya’ni darsning alohida bo’limlarining birlashashi, ularning organik birligi darsning qismlarini to’ldiradi va bir-birini bog’laydi. Darsning rejasini tuzishda mavzuning didaktik maqsadiga javob beruvchi asosiy qismlarni o’ylab tuzishdan boshlash kerak. Agar u dars yangi bilimlarni bayon qilishdan iborat bo’lsa, masalan: uch xonali sonlarni yozma qo’shish haqidagi mavzu bo’lsa, o’qituvchi oldin o’quvchilarga qay holda, yozma qo’shish algoritmini bayon qilishni, undan keyin esa o’tgan darsdan nimalarni takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o’zlashtirish mumkinligini, ya’ni, mavzudan oldin uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo’qmi, yangi mavzuni o’zlashtirish uchun o’quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya qilishligini o’ylab ko’rishi kerak. Shundan keyin o’qituvchi qaysi o’quv materiali bilan darsning har bir bo’limining strukturasini to’ldirish zarurligini, o’qitishning qaysi metod va usullarini, qanday ko’rgazmalar tayyorlash va qo’llash mumkinligini hisobga oladi. Darsning har bir bo’limini bajarish uchun qancha vaqt talab qilishni aniqlash zarur. Tabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy didaktik maqsadini yechadigan bo’limga qaratilishi zarur. Darsga tayyorgarlik ko’rishda darsda o’quvchilarga beriladigan vazifani bajarish usularini ko’rsatish, ya’ni misol va masalalarni yechib qo’yish, sxematik yozuv va grafik ishlarni tayyorlash, o’qituvchining o’zi uchun foydalidir. Darsning maqsadi, uning strukturasi va mazmuni aniqlangandan keyingina darsning rejasi tuziladi. Darsning rejasida uning mavzusi va asosiy didaktik maqsadi, foydalaniladigan ko’rgazma qurollar va uni jihozlash ko’rsatiladi. Tartib bo’yicha dars bo’limlarining strukturaviy nomi va uning mazmuni, mumkin qadar vaqtning taxminiy bo’linishi ham ko’rsatiladi. Dars ishlanmada texnologik xarita mumkin qadar to’laroq yoritiladi. Suhbatni olib borishga yordam beradigan savollar o’quchilarga havola etiladi va o’quvchilardan kutadigan javoblar uchun o’quv ishining metod va usullari yoziladi. Misol va masalalar yechishga oid tavsiya va ko’rsatmalar beriladi. Shunday qilib o’qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi lozim: 1. O’quv dasturi va o’qituvchi rejasida darsning o’rnini aniqlash. 2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash. 3. Dars mazmunini aniqlash. 4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish. 5. Dars rejasini tuzish. 6. Dars ishlanmalar (konspektini) tuzish. 7. Dars o’tish metodlarini aniqlash. 8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash. 9. Darsda va uyga beriladigan misol va masalalarni yechib chiqish. 10. Ko’rgazma qurollarni tayyorlash va h.k. 4. Matematika darsini o’tkazish. Tuzilgan matematika darsining reja yoki konspekti o’qituvchiga o’quvchilar bilan bajaradigan ish turining umumiy yo’nalishi va ketma - ketligi, misollar, algebraik ifoda namunalarini ko’rsatib turadi. O’qituvchi dars o’tishda tuzgan reja yoki konspektidan erkin foydalanadi. Ba’zan, tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug’iladi, masalan, o’quvchilar o’qituvchining bayonini o’zlashtirolmagan bo’lsalar, qo’shimcha tushuntirish o’tkazadi, o’quvchilar qiynalgan bo’lsalar zaruriy yordam ko’rsatadi, bilimlarni mustahkamlash uchun bajarilgan mashqlar yetarli bo’lsa, ba’zilarini qoldirish mumkin, ya’ni bilimlarni o’quvchilar qanday tushunganligini bilish maqsadida so’rash, topshiriqlarni bajarishini tekshirib ko’rish mumkin. Boshlang’ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo’nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba’zi masalalari nazariy xarakterda bo’lsa, boshlang’ich maktabda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun amaliy faoliyat natijasida va amaliy faoliyat uchun kiritiladi. O’quvchilarning to’g’ri to’rtburchak tushunchasini o’zlashtirish- lari, ular endilikda to’g’ri to’rtburchak ta’rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy keltirib chiqarishni va ba’zi xossalarini isbotlashni bilishlarini, ta’rifi, alomatlari va xossalaridan amaliy masalalarni yechish uchun foydalana olishlarini bildiradi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar to’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o’lchash yo’li bilan aniqlaydilar va to’g’ri to’rtburchakni yasash, uning perimetri va yuzini o’lchash va hisoblash uquvini egallaydilar. O’quvchilarda boshlang’ich maktabda shakllanadigan amaliy uquvlardan ko’pchiligi butun o’rta maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, Masalan, son haqida 1 va 5 sinflar o’quvchilari ega bo’lgan tasavvurlar tubdan farq qiladi.


Download 48,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish