Mavzu: boshlang'ich sinf matematika darslarida tejamkorlik va iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda ertak masallardan foydalanishning metodik asoslar reja: kirish bob


III BOB. Sinov-tajriba ishining natijalari va uni muhokama qilish



Download 169,43 Kb.
bet9/15
Sana02.06.2022
Hajmi169,43 Kb.
#629806
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TEJAMKORLIK VA IQTISODIY

III BOB. Sinov-tajriba ishining natijalari va uni muhokama qilish.
3.1§ Talabalarni iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishga tayyorgarligini holatini o‘rganish.
Talabalar iqtisodiy tayyorgarligini o„rganish uchun dastavval uning dasturi va metodlarini tuzish zarur. Bunda birinchi va bitiruvchi kurslar talabalarida iqtisodiy tayyorgarlikni quyidagi elementlarining mavjudligini va sifati (kengligi va chuqurligi, turg„unligi) ni o„rgandik:

Iqtisodiy tayyorgarlikning yuqorida ko„rsatilgan har bir elementi bo„lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilarida aniq topshiriqlar va savollarda aks ettirildi. Jumladan, iqtisodiy ta‟lim-tarbiya nazariyasi tuchunchasiga maktabda iqtisodiy ta‟lim-tarbiyaning maqsadi, uning ijtimoiy ta‟lim-tarbiya tizimi, maktabning iqtisodiy tarbiya bo„yicha vazifalari va h.k. qo„shdik.
Boshlang„ich ta‟lim yo„nalishini bitiruvchi talabalarning iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish bo„yicha metodik tayyorgarligida quyidagi elementlarni aniqlashga harakat qildik:

  • matematika predmeti bo„yicha aniq darslarning iqtisodiy vazifasi va darsning iqtisodiy tarbiya bo„yicha imkoniyatlarini namoyon qilishni;

  • ijtimoiy foydali – unumli mehnatning ma‟lum bir turi bo„yicha aniq bir darsda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish bo„yicha qo„llaniladigan metodik usul

(pryom) larini tanlashni;
Shuningdek, mazkur fan bo„yicha aniq to„garak va mavzuni o„rganishda qo„llaniladigan metodik qism(usul) larni tanlashni;

  • aniq dars, mavzu uchun predmetlararo bog„lanishni amalga oshirishning iqtisodiy tarbiyadagi imkoniyatlarini aniqlash;

  • ishlab chiqarish – texnika mazmuniga ega bo„lgan va turli kasb vakillari mehnat faoliyati bilan bog„liq masalalar tuza bilish;

  • predmet bo„yicha ishlab chiqarish ekskursiya marshutlarining rejaini ishlab chiqishni, ekskursiyada o„quvchilar bilishi lozim bo„lgan individual va jamoaviy topshiriqlarni tuza bilishini.

Talabalarning iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish bo„yicha tayyorgarligini o„rganishda suhbat, topshiriqlar, testlar, anketa-so„rovnomalar, kafedra, fakultetda o„tkazilgan darslarni tahlil qilish kabi metodlardan foydalandik. Bundan tashqari talabalarning iqtisodiy tayyorgarligi bo„yicha jurnal, pedagogik adabiyotlar, konferensiya materiallari o„rganildi.
Boshlang„ich ta‟lim yo„nalishida ta‟lim olayotgan bo„lajak o„qituvchilarning iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish bo„yicha tayyorgarligini o„rganish uch bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda birinchi kurs va bitiruvchi kurs talabalarining politexnik va iqtisodiy saviyalari aniqlandi. Buning uchun ajratilgan vaqt davomida ular yozma shaklda 1-ilovada bayon qilingan savollarga javob berdilar. Bunda talabalarni bir-birlari bilan maslahatlashishga yoki adabiyotlardan foydalanishga imkon bermaydigan sharoit yaratildi.
Ikkinchi bosqich - bitiruvchi kurs talabalarining iqtisodiy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo„yicha bilimlarini aniqlashni ko„zda tutadi.
Uchinchi bosqich - bitiruvchi kurs talabalarining iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish bo„yicha ko„nikmalarini boholashga qaratildi.
Yuqorida bayon qilingan tadqiqot dasturi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti va Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida amalga oshirildi.
Oliy o„quv yurti talabalarining politexnik va iqtisodiy saviyalarini o„rganish natijalarini qarashga o„tamiz.
Birinchi va bitiruvchi kurs talabalari 36 ta savolga javob berishlari kerak edi.
Ularda 16 tasi politexnik va iqtisodiyot (“iqtisod va uni tashkil etish”, 20 tasi “Bozor iqtisodiyoti munosabatlari”) bilan bog„liq savollarni tashkil qildi.
Bitiruvchi kurs talabalariga taqdim etilgan mazkur savollardan maqsad ularning oliy o„quv yurtida ta‟lim olish davrida politexnik va iqtisodiy saviyalarining dinamikasini kuzatishdan, ularning bilimlarini kengaytirilganligini qayd qilishdan iborat edi.
Birinchi va bitiruvchi kurs talabalari bilan anketa so„rovlari yilning oxirida o„tkazildi.
Birinchi va bitiruvchi kurslar talabalari javob berishlar lozim bo„lgan savollar guruhlari quyidagilardan iborat bo„ldi:

  1. “Iqtisodiyot va uni tashkil etish”: xalq xo„jaligining asosiy tarmoqlari tizimi. Moddiy ishlab chiqarish bilan bog„liq tarmoqlar. O„simchilik va chorvachilik tarmoqlari. Qishloq xo„jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash.

Fermer xo„jaliklari. Mahsulot tannarxi. Foyda. Mehnat unumdorligi. Pul. Inson ehtiyoji. Oila byudjeti. Oila daromadlari va xarajatlari.

  1. “Bozor iqtisodiyoti munosabatlari”: bozor va uning turlari. Mulk va uning shaklari. Davlat mulki, xususiy mulk. Aralash mulk. Oila mulki. Raqobat va uning bozor, ishlab chiqarishga ta‟siri. Biznes. Biznes loyiha. Tadbirkor. Talab va taklif. Shartnoma. Ishlab chiqarish intizomi. Tovar ayirboshlash. Isrofgarchilik.

Tadqiqot natijalarini qayta ishlashda faqatgina aniq, mukammal bayon qilingan javoblarni to„liq va to„g„ri deb hisobladik. To„liqmas va aniqmas javoblarni zarur va yetarli misollar va ta‟riflari bo„lmagan yoki bilimlarining bo„shligi yoki tushunchalarning yo„qligi tufayli bir qancha xatolarga yo„l qo„yganlarini kiritdik. Noto„g„ri yoki xato hisoblangan javoblarga biron-bir ilmiy bilimlarni aks ettirmaganlarni kiritdik.
Endi olingan natijalar va ularning tahlilini qarashga o„tamiz.
1. Iqtisodiyot va uni tashkil etish.
5-jadval


Download 169,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish