Birinchi bosqich (2015 yil sentabrdan – 2015 yil dekabrgacha)da tadqiqot muammosiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek, pedagogik ta’lim mazmuni o’rganildi. Shu asosda tadqiqot ishining maqsadi, obyekti, predmeti, ilmiy farazi va vazifalari belgilandi. Maqbul metodlar aniqlandi. Dastlabki tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun materiallar tayyorlandi.
Ikkinchi bosqich (2016 yil yanvardan – maygacha)da asosiy e’tibor tajribasinov ishlarini tashkil etishga qaratildi. Tajriba sinov ishlarini o’tkazish uchun tajriba maydoni belgilab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |