Mavzu: Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislashda Kern-Irasek metodikasi


Odamlar nima uchun sport bilan shug‘ullanadilar? a) ikkita sababga – 4. b) bittaga – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0. 19



Download 141,04 Kb.
bet13/21
Sana13.07.2022
Hajmi141,04 Kb.
#789112
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
mmmm

18. Odamlar nima uchun sport bilan shug‘ullanadilar? a) ikkita sababga – 4. b) bittaga – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
19. Kimdir ishdan bosh tortsa nega bu axloqsizlik, noto‘g‘ri, yomon deyiladi? a) qolganlar u uchun ishlashi kerak (mazmuni: kimdir jabr chekadi) yoki dangasalik qilyapti hech narsa sotib ololmaydi deyilsa – 2. b) noto‘g‘ri javob- (-2).
20. Nima uchun xatning ustiga marka yopishtiriladi? a) xatni pochta orqali jo‘natish uchun – 5. b) agar jarima to‘lanish kerak bo‘lsa – 2. v) noto‘g‘ri javob – (-2). Natijalarni ishlash quyidagi sxemalar bo‘yicha olib boriladi: ballarning summasi alohida savollar bilan aniqlanadi. Yig‘ma fikr rivojlanganligining birinchi darajasini +24 va undan baland. Ikkinchi daraja +14 dan +23 gacha- o‘rta yuqori. Uchinchi daraja 0 dan +13 gacha – o‘rta (me’yor). To‘rtinchi daraja (-1) dan (-10) gacha – past. Beshinchi daraja (- 1) va undan past –juda yomon.
«Grafik diktant». O‘quv topshirig‘ini qabul qilish, o‘quv amaliyotini bajarish, ya’ni ixtiyoriy (erkin) e’tibor rivojlanganligi darajasini aniqlash uchun L.A.Venger metodikasi bo‘yicha tashxis o‘tkazish.
Yo‘riqnoma:
– Katakli daftar varog‘idan olish va bolaga chiroqli naqshlar chizishni o‘rgatishni taklif etish. – Men senga chiziqni qanday tortishni aytaman, sen men aytgandek qilib chiz. – Sen o‘ng qo‘ling qayerdaligini eslaysanmi?. To‘g‘ri, bu o‘sha qalam ushlab turgan qo‘ling. Qani uni yonga cho‘z-chi. Qayerni u ko‘rsatib turibdi (eshikni va boshq). – Demak, men qachon chiziqni o‘ng tomonga tortinglar desam sen eshik tomonga qaratib chizasan. – Chap qo‘ling qaerni ko‘rsatyapti? (derazani yoki boshq). -To‘g‘ri. Men qachon chap tomonga, desam sen chiziqni deraza tomongan tortasan. – Men faqat qaysi tomonga chiziqni chizishni aytmay, balki uning o‘zunligiga qancha ya’ni, bir katak yoki ikki katak bo‘lishini ham aytaman. – Faqat men aytgan narsani chizinglar. Chiziq tortayotganingda to‘xtab, kutib tur, qachon men yangi chiziqni qanday chizishni aytganimdan so‘ng oldingisi to‘xtagan joydan boshlash kerak. Bolaga naqshni qaerdan boshlab chizishni ko‘rsatish (varaqning ustki chap burchagidan, chekkasidan biroz joy tashlab) va aytib turish kerak: bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Endi o‘zing xuddi chizganingga o‘xshatib davom ettir. «Diktant» to‘g‘ri bajarilgan holda quyidagi naqsh hosil bo‘lishi kerak: Agar bola xatoga yo‘l qo‘ysa, tuzating: Bu naqsh mashq uchun edi. Bola uni chiza turib yo‘riqnomani tushunishi kerak. Mustaqil chizishni davom ettirayotganida uni oxirigacha etkazish zarur. Naqsh oxiriga etgach, bolaga navbatdagi naqshni qaerdan boshlash kerakligini ko‘rsating va aytib turing: -Ikki katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Ikki katak chapga. Ikki katak pastga. Bir katak o‘ngga. Ikki katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Ikkita yuqoriga. Bitta o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Ikkita o‘ngga. Bitta pastga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita pastga. Naqshni chizishni o‘zing davom ettir. Endi chizish jarayonida hech qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berilmaydi va xatolar tuzatilmaydi. Naqsh qatorini oxirigacha to‘liq chizib bo‘lingach, quyidagilarni aytib turishni boshlang: – Ikki katak tepaga, ikki katak o‘ngga, bir katak pastga, bir katak chapga («chapga» so‘zini ovozda alohida ta’kidlash kerak). Bir katak pastga. Ikki katak chapga. Ikki katak tepaga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Bir katak pastga. Chizishni o‘zing davom ettir: Va, nihoyat oxirgi naqsh: – Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Uch katak o‘ngga. Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Chizishni o‘zing davom ettir:

Download 141,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish