Mavzu: Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislashda Kern-Irasek metodikasi.
Re’ja:
1.Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasining maqsad va vazifalari.
2.Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy yo’nalishlari.
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlash.
4.”ILK QADAM” davlat dasturi orqali bolalarni savodga o’rgatish.
5.Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini tahlili.
6.Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorgarligini tashxislash usullari.
Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi.
ALISHER NAVOIY
Davlat talablarida maktabgacha ta`lim-tarbiyaning mazmuni. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang`ich turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun»i va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi.
Insоn, uning har tоmоnlama uyg‘un kamоl tоpishi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharоitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimоiy xulq-atvоrning andоzalarini o‘zgartirish respublikada amalga оshirilayotgan islohotlarning asоsiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning bоy intellektual me`rоsi va umumbashariy qadriyatlar asоsida, zamоnaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnolоgiyalarning yutuqlari asоsida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekistоn taraqqiyotining muhim shartidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va tehnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama: intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida quyidagi keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
-bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shartshroitlar yaratish;
-maktabgacha ta’lim mtashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarni zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;
- 2200 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari» orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’limtarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi.
Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qadam» dalat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. Sog`lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Davlat talablari asosida tuzilgan «Ilk qadam» dalat o‘quv dasturiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari hamda o‘zlari uchun turli sohalar bo‘yicha dasturlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar, qiziqarli kitoblar, aqlan va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o‘yinchoqlar va ta’lim tarbiya qurollari yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to‘la-to‘kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta’limni mukammal o‘zlashtirishga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin hozirlaydi.
Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalariga tayangan holda «Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi» fanining maqsadi talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning metod va usullari bilan tanishtirishdan iborat.
«Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi» fani quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
- talabalar maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini yaxshi bilishlari;
- bolalarning maktab ta’limiga umumiy va maxsus tayyorgarligi tushunchalarini bilishlari;
- bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashni aniqlash yo‘llari va metod, usullari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |